1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu: Farmatsevtik injiniring fanidan fizik kattaliklar va ularni o’lchash. Maqsad
Download 0.54 Mb.
|
1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu Farmatsevtik injiniring fan-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-LАBORАTORIYA ISHI Mavzu: Quritish qurilmasida qurish jarayonini tasvirlash Ishning maqsadi
Nazorat uchun savollar
1.Ekstraksiyalash jarayoni. 2.Ekstraktsiyalash jarayonining prinsipial sxеmasi. 3.Pеrkolyatorning ishlash prinsipi. 4.Ikki pog`onali diffuzion qurilmaning ishlash prinsipi. Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi. Adabiyotlar 1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil. 2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil. 3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil. 4. Pharmaceutical Process Engineering, Second Edition, Anthony J. Hickeyand David Ganderton, NY, USA, v.195 14-LАBORАTORIYA ISHI Mavzu: Quritish qurilmasida qurish jarayonini tasvirlash Ishning maqsadi: Materialni quritishda nam miqdorini aniqlash, issiqlikni va havoni solishtirma sarf miqdorini aniqlash. Ishning ahamiyati: Quritish jarayonlari variantlarini I-x diagrammada tasvirlashni o’rganish. Ishning nazariy asoslari Quritish — qattiq va pastasimon materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoniga aytiladi. Quritish asosan ikki usulda olib boriladi. 1. Konvektiv quritish - nam material bilan qurituvchi agent to’g’ridan-to’g’ri o’zaro aralashadi. 2. Kontaktli quritish - issiklik tashuvchi agent va nam material o’rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo’ladi. Quritish jarayonida materialdan namlik bug’lanadi va ana shu bug’lar gaz, havo bilan qo’shilib, bir jinsli aralashma hosil qiladi, qaysiki bunga termodinamikaning asosiy qonunlari qo’llaniladi. Demak: nam, quruq havo va suv bug’larining aralashmasidan iborat, quritish jarayonida, (asosan nam havo) namlik va issiklik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Nam havoning asosiy xossalari quyidagi parametrlar bilan harakterlanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya. Absolyut namlik - nam havoning hajm birligiga to’g’ri kelgan suv bug’larining miqdoriga aytiladi va ρsb (kg/m3 ) bilan belgilanadi. Agar nam havo o’zgarmas nam saqlashda x = const sovutilsa, ma’lum temeraturaga yetgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi, bunday jarayonga shudring nuqtasi deyiladi. Bu sharoitda havo tarkibida maksimal miqdorda suv bug’i bo’ladi. Xavoning to’yinish paytidagi absolyut namligi ρt (kg/m3) orqali ifodalanadi. Nisbiy namlik - havo absolyut namligining to’yinish paytidagi absolyut namlik nisbatiga aytiladi. Havoning nisbiy namligi (to’yinish darajasi) foiz hisobida quyidagi ifoda bo’yicha topiladi: (14.1) bu yerda: ρsb - tekshirilayotgan nam havodagi suv bug’larining parsial bosimi, Pa; ρt - berilgan temperatura va umumiy barometrik bosimda to’yingan suv bug’larining bosimi, Pa. Nam saqlash - 1 kg absolyut quruq havoga tug’ri kelgan suv bug’larining miqdori. Bu parametr x (kg/kg) yoki d (g/kg) bilan belgilanadi va quyidagi nisbatda ifodalanadi: (14.2)
(14.3) bu yerda: ρk.x.. - absolyut quruq havoning zichligi; tsb - nam havoning berilgan hajmdagi suv bug’lari massasi; tk.x - nam havoning berilgan hajmdagi absolyut quruq havosining massasi. Mendeleev-Klapeyron tenglamasidan foydalanib, quyidagi ko’rinishdagi ifodani olamiz: (14.4) bu yerda: Rb- suv bug’i doimiysi; T- aralashmaning absolyut temperaturasi, K. Absolyut quruq havoning parsial bosimini Pk.xyu umumiy aralashmaning bosimi P ga almashtirsak va Dalьton qonuniga asosan: qaysiki Pab=φ·Pt bo’lsa, (14.5) Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling