Mavzu: Quritish apparatining hisobi


Download 79.13 Kb.
bet1/2
Sana23.05.2020
Hajmi79.13 Kb.
#109473
  1   2
Bog'liq
15-mavzu


Mavzu: Quritish apparatining hisobi.

Savollar.



  1. Real quritkichlarning moddiy balansi.

  2. Real quritkichlarning issiqlik balansi.

  3. Real quritkichdagi diagrammada tasvirlash.

  4. Issiqlik sarfi va havo sarfini aniqlash formulalari.


Javoblar.

1.Quritgichlarning nazariy hisobi. 7.1-rasmda quritish qurilmasining sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilma ventilyator, isitkich (kalorifer) va quritish kamerasidan iborat. Isitkichga kirayotgan havoning parametrlarini I0, t0, φ0, x0 bilan belgilaymiz. Isitkichda havo t1 temperaturagacha qizdiriladi, bunda uning namlik saqlashi o’zgarmaydi (x0 = x1), nisbiy namligi kamayadi (φ1), entalpiyasi ortadi (I0). Shu parametrlar bilan qizigan havo quritish kamerasiga kiradi.


7.1-rasm. Quritish qurilmasi.
Quritish kamerasida havoga qo’shimcha issiqlik berilmaydi va havo o’zidagi issiqlikni yo’qotmaydi deb qabul qilamiz. Bu protsess nazariy quritish deb ataladi. Havo orqali materialga berilgan issiqlik miqdori namlikning materialdan bug’lanishi uchun sarflanadi va hosil bo’lgan suv bug’i orqali materialdan qaytadi deb qabul qilinadi. Nazariy quritishda havoning entalpiyasi o’zgarmay qoladi (I = const).

Quritkichdan chiqayotgan havoning parametrlari t2, φ2, I2, x2, biroq I2 = I1; x2 = x1; t2 < t1; φ2 > φ1. Sxemadan ko’rinib turibdiki, nam materialning massasi G1 (kg/soat), uning namligi W1 (%), qurigan materialning massasi G2 (kg/soat) va uning namligi W2 (%).

7.2-rasmda quritish protsessi I – x diag-rammasida tasvirlangan. Isitkichdagi havoning t0 temperaturadan t1 temperaturagacha qizdirish protsessi AB chiziq bilan ifodalangan. BC chiziq esa quritish kamerasida sodir bo’ladigan protsessni ko’rsatadi. Quritish kamerasidan chiqayotgan havoning holati C nuqta bilan belgilanadi.



Diagramma yordamida (7.2-rasm) namlikni

7.2-rasm. Quritish protsessi- bug’latish uchun zarur bo’lgan havo sarfi l (kg) va issiqlik

ning I – x diagrammada ifo- sarfi q (kJ) ni aniqlash mumkin:

dalanishi.

(1)



7.3-rasm. Quritish kamerasida havoni qo’shimcha qizdirish usuli

bilan materiallarni quritish.
(2)

2.Real quritgichning moddiy va issiqlik balanslari. Real quritkichlardagi protsess nazariy quritishdagi protsessdan shu bilan farq qiladiki, bunda I2 ≠ I1 bo’ladi. Bunga sabab shuki, real quritkichlarda issiqlikning bir qismi atrof-muhitga yo’qoladi. Ayrim paytlarda quritish kamerasiga qo’shimcha issiqlik kiritiladi (7.3-rasm).

Uzluksiz ishlaydigan quritkichning moddiy balansini tuzish uchun quyidagi belgilarni qabul qilamiz: G1nam materialning massasi, kg/soat; W1 – uning namligi, %; G2 – quruq materialning massasi, kg/soat; W2 – uning namligi, %; W – bug’langan namlik miqdori, kg/soat; L – havoning sarfi (quruq havo hisobida), kg/soat.



Moddaning kirishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx0; 3) nam material G1.

Moddaning chiqishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx2; 3) qurigan material G2.

Moddiy balans tenglamasini tuzamiz:



Bundan

yoki .

Bu yerda (3)

Quritish protsessi uchun quruq moddalar bo’yicha ushbu balans tenglamasini tuzish mumkin:

Bu so’nggi ifodadan quritish oxiridagi materialning massasini aniqlaymiz:



Bug’langan namlikning (yoki materialdan chiqarilgan suvning) miqdorini quyidagi tenglama orqali ham topish mumkin:



yoki


Moddiy balans asosida real quritkichning issiqlik balansini tuzamiz.



Issiqlikning kirishi (kJ/soat); 1) havo bilan LI1 = LI0 + Qn (bu yerda: LI0 – isitkichga kirgan havoning issiqligi, Qn – isitkichda havoning bergan issiqligi): 2) material bilan G1c1θ1 (bu yerda: c1 – nam materialning issiqlik sig’imi, θ1 – materialning dastlabki temperaturasi); 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθtr (bu yerda: Gtr – transport qurilmalarining massasi, ctr – transport qurilmalari materialining issiqlik sig’imi, θtr – transport qurilmalarining dastlabki tempetaturasi); 4) quritish kamerasiga kiritilgan qo’shimcha issiqlik qk.

Issiqlikning sarflanishi (kJ/soat): 1) quritkich chiqayotgan havo bilan LI2; 2) quritilgan material bilan G2c2θ2; 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’’tr; 4) issiqlikning atrof-muhitga yo’qolishi Qy.

Issiqlik balansini tuzamiz:



(4)

bundan


(5)

yoki L(I2 – I1)=∑Q.



Oxirgi tenglamaning o’ng va chap tomonlarini W ga bo’lib, quyidagi ifodani olamiz:



deb belgilaymiz, bo’lgani uchun

(6)

yoki


(7)

Tenglamaga kiritilgan Δ kattalik quritish kamerasi ichidagi kiritilgan va sarflangan issiqliklar ayirmasining 1 kg bug’langan namlikka nisbatini belgilaydi. Bu yerda asosiy kaloriferda isitilgan havo bilan kirgan va chiqqan issiqliklar hisobga olinmaydi. Ko’pincha ∆ quritish kamerasining ichki balansi deb ataladi.

(6) tenglamadan ko’rinib turibdiki, Δ ning ishorasiga ko’ra I2 ning qiymati I1 ning qiymatidan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Agar Δ = 0 bo’lsa, u holda I2 = I1.


Download 79.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling