Laboratoriya ishi mavzu: xom-ashyo tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash


Download 28.54 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi28.54 Kb.
#1770119
Bog'liq
5 labaratoriya ishi



5 - LABORATORIYA ISHI
MAVZU: XOM-ASHYO TARKIBIDAGI NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH

Ishning maqsadi: Charm va mo’yna xom ashyosi tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash.
Kerakli asbob va uskunalar: Charm yoki mo’yna xom ashyosi bo’lagi, alyumin byuksa, quritish shkafi, eksikator.

Charm va mo’yna xom ashyosi tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash usullari maydalangan namunalarni quritishga asoslangan. Bu usullar davomiyligi, quritish yo’llari va har xil haroratda olib borilishi bilan bir - biridan farq qiladi.


a) Agar toza so’yilgan mol terisining namligini aniqlash kerak bo’lsa namuna maydalanmasdan, parcha-parcha holatida, quritish shkafida 60-700C haroratda (xom ashyo pishish haroratidan oshmasligi kerak) 18-20 soat davomida quritiladi. Natijada bog’lanmagan suv parchalanadi. Namlik 40-50 foiz atrofida bo’lishi mumkin.
b) Ho’l tuzlangan, tuzlab quritilgan va quritilgan namunalar quritish shkafida 135 0C haroratda 8 soat atrofida quritiladi. Bu usul bilan mezdralanmagan yog’li xom ashyolarning ham namligini aniqlash mumkin. Bunda xom ashyo tarkibidan oqsillar bilan bog’langan suv ham ajralib chiqadi. Bu usul yordamida namlikni aniqlash uzoq (8-12 soat) davom etadi. Shu sababli, quritish davomiyligini bir muncha kamaytirish maqsadida, harorat 170-180 0C gacha ko’tariladi. Bunday usul bilan faqat yog’i kam bo’lgan xom ashyo namligini aniqlash mumkin. Yog’li xom ashyodagi yog’ tarkibida 150 0C va undan yuqori haroratda oksidlanish jarayoni borib, hosil bo’lgan, oksidlangan moddalar parchalanadi va uchadi. Shuning uchun, yog’li xom ashyo namligini aniqlashda qisqartirilgan usulni ishlatish noaniq natija beradi.
v) Ochiq distilyatsiya usuli bilan xom ashyo namligini aniqlash. Bu usulda yog’li terilar namligini qisqartirilgan muddatda, yuqori haroratda (165-170 0C) aniqlash mumkin. Distilyatsion modda sifatida o’simlik yog’lari (kungaboqar yog’i, paxta yog’i), parafin ishlatilishi mumkin. Distilyatsion moddaga asosiy talab, yuqori haroratda doimiy massaga ega bo’lishidir. Tahlilni bajarishdan oldin distilyatsion modda 2000C harorat atrofida, 2 soat davomida qizitiladi, so’ngra sovutiladi. Analitik tarozida aniq o’lchangan alyumin byuksaga, 15 gr distilyatsion modda solinadi. Yog’ solingan byuksaga, analitik tarozida o’lchangan 3 - 5 gr xom ashyo solinadi. Byuksa 1700C haroratgacha qizdiriladi. Qizdirish davomida yog’ yuzasida pufakchalar hosil bo’ladi. 2-3 minut davomida pufakchalar hosil bo’lishi tugasa, qizitish to’xtatilib, byuksa eksikatorda sovutiladi, so’ngra analitik tarozida o’lchanadi.
Charm va mo’yna xom ashyosi tarkibidagi namlik miqdorini tezkor usullar bilan jumladan, infraqizil lampa yordamida quritish usuli bilan ham aniqlash mumkin. Infraqizil nurlar xom ashyo tarkibiga singib, konvektiv quritishga nisbatan ancha tez quritadi. Bu usulning yutug’i bilan birga kamchiligi ham mavjud, ya’ni quritish tugaganligini ko’rsatuvchi ob’ektiv ko’rsatgichning yo’qligi, ba’zan esa, xom ashyoning parchalanib ketishidir.
Namlik miqdorini elektrometrik - ekspress usullari bilan ham aniqlash mumkin. Bunda har xil konstruksiyali elektronamlik o’lchagichlardan foydalaniladi.
Ishning olib borilishi
Tajriba ishini yuqorida ko’rsatilgan har uch xil usul bilan ham olib borish mumkin. Bu tajriba ishida uch usuldan biri tanlab olinadi. Masalan, b) usuli
3 - 5 gr maydalangan xom ashyoni doimiy massaga keltirilgan alyumin byuksaga solib, analitik tarozida o’lchanadi va quritish shkafida 135 – 140 0C haroratda, 8 soat davomida quritiladi. Namunalar eksikatorda, xlorid kalsiy ustida, 20 0C haroratga kelguncha saqlanadi va tarozida o’lchanadi.
Xom ashyodagi namlik miqdori, quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

bunda, a - namunaning quritishdan oldingi massasi, gr;
b - namunaning quritishdan keyingi massasi, gr.
Olingan natijalar rasmiylashtiriladi.
Topshiriq: Olingan natijalar rasmiylashtiriladi.
Download 28.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling