Mavzu: Quritish apparatining hisobi
Real quritkichdagi protsessni diagrammada tasvirlash
Download 79.13 Kb.
|
15-mavzu
3.Real quritkichdagi protsessni diagrammada tasvirlash. Nazariy quritishlarda Δ = o bo’lsa, real quritkichlarda esa Δ ≠ 0. Ikki xil sharoit bo’lishi mumkin: a) Δ > 0; b) Δ < 0. Avval Δ > 0 bo’lgan sharoit uchun I – x diagrammada quritish chizig’ining shaklini ko’ramiz. Berilgan shartlar bo’yicha dastlab nazariy quritishning chizig’i CB ni tuzamiz. Quritish kamerasiga qo’shimcha issiqlik kiritilganda (Δ >0), real quritkichning chizig’i B nuqtadan boshlanib, I1 = const chizig’ining yuqorisidan o’tadi (7.4-rasm). Real protsessning oxirgi nuqtasi C1 nazariy protsessga tegishli bo’lgan φ = const chiziqda yotadi. BC1 chiziqni tuzish uchun (1) va (6) tenglamalarini o’zaro solishtirib, quyidagi ifodani olamiz: (8) 7.4–rasm. Nazariy qurit-kichni grafik usulda hisoblash (Δ > 0). Bu ifoda, agar Δ ning qiymati ma’lum bo’lsa, BC1 chiziqning o’rnini topishga yordam beradi. Buning uchun BC chiziqning ustida ixtiyoriy olingan e nuqtadan eF gorizontal va eE vertikal chizig’ini o’tkazamiz. C nuqtadan G1G vertikal chiziqni to BC chiziqning davomi bilan G nuqtada kezish-guncha davom ettiramiz. BEe va BC1G; FBe va DBG uchburchaklarning o’xshashligidan quyidagi ifoda kelib chiqadi:
biroq C1G = (I2 - I1)Ml va DG = (x2 – x1)Mx; bu yerda Ml va Mx – entalpiya va namlik saqlashning masshtablari. Bu tenglamalardan quyidagi ifodani yozish mumkin: yoki
bu yerda ; biroq , natijada . (9) 4.Shunday qilib, Δ > 0 bo’lgan sharoitda BC1 chiziqni hosil qilishni ko’rib chiqamiz. Quritishning berilgan shartlari bo’yicha avval nazariy quritish chizig’ini tuzamiz. BC chiziqda olingan e nuqtadan eF kesmasini o’tkazamiz. eF kesmaning uzunligini (mm hisobida) o’lchaymiz va (9) formula bo’yicha eF kesmaning uzunligini (mm hisobida) aniqlaymiz. eE kesmaning qiymatini diagrammaga joylashtiramiz, so’ngra B va eE nuqtalar orqali real quritkich chizig’ini o’tkazamiz. Agar Δ < 0 bo’lsa, ya’ni quritkichda issiqlikning yo’qolishi mavjud bo’lsa, real quritkichning chizig’ini tuzish oldinga misoldan (ya’ni Δ > 0 bo’lgandagidan) farq qolmaydi. Faqat eE kesma nuqtadan pastga qarab chiziladi. Δ < 0 bo’lgan sharoit uchun real quritkichda protsessni o’tkazish 7.5-rasmda ko’rsatilgan. Havo va issiqlikning solishtirma sarflarini topishda (1) va (2) tenglamalardan foydalaniladi. Download 79.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling