Nazariy qism.
I. Bug’latish jarayonining moddiy balans tenglamasi:
,
bu yerda: Gbosh, Gox – eritmaning boshlang’ich (dastlabki) va oxirgi (bug’latilgan) moddiy sarfi, kg/s;
Xbosh, Xox – eritmaning boshlang’ich va oxirgi eritilgan moddadagi moddiy ulushlari;
W – bug’latilayotgan suvning moddiy sarfi, kg/s.
II. Bug’latish qurilmasining issiqlik balans tenglamasi:
bu yerda:
Q – bug’latishga sarflangan issiqlik miqdori, Vt;
cbosh, cox– boshlang’ich (dastlabki) va oxirgi (bug’latilgan) eritmalarning solishtirma issiqlik sig’imi, J/kg;
tbosh, tox– boshlang’ich eritmaning qurilmaga kirishidagi va oxirgi erirmaning qurilmadan chiqishidagi haroratlari, 0C;
iik.k– ikkilamchi bug’ning qurilmadan chiqayotgandagi solishtirma entalpiyasi, J/kg;
Qyo’q – atrof muhitga yo’qotilgan issiqlik miqdorining qiymati, Vt;
Qdeg – degidratatsiya issiqligi, Vt. (quyuqlashtirish uchun sarflangan issiqlik miqdori).
III. Bug’latishga sarflangan issiqlik miqdorini aniqlash:
bu yerda:
cc – tox ga mos kelgan suvning solishtirma issiqlik sig’imi, J/kg∙K.
Agar eritma bug’latish eritmasiga qizdirilgan holatda, ya’ni tbosh > tox bo’lsa, u holda Q = Gbosh cbosh (tox - tbosh) bo’lib manfiy ishoraga ega bo’ladi va bu yerda ma’lum qism suv eritmani sovishi tufayli bug’lanadi. Gbosh cbosh (tox - tbosh) qiymat o’z – o’zini bug’latish qiymati deb nomlanadi.
Atrof muhitga yo’qotilgan issiqlik miqdorini hisoblash uchun bug’latish qurilmasining Qisit + Qbug’ yig’indisining 3 – 5 % ni olish mumkin. Qyo’q ni quyidagicha aniqlash mumkin:
bu yerda:
α =αnur + αkonv – nurlanish va konveksiya issiqlik berish koeffisiyentlarining yig’indisi, Vt/m2K;
F – qurilmaning qoplama (izolyatsiya) qilingan yuzasi, m;
t – qoplama tashqi yuzasining temperaturasi, 0Cyoki K;
th – havo temperaturasi °Cyoki K.
Do'stlaringiz bilan baham: |