1-semestr “Milliy tarbiya asoslari” (amaliy mavzular). 1-mavzu: Milliy ong omillari


Download 134.68 Kb.
bet4/4
Sana24.01.2023
Hajmi134.68 Kb.
#1114293
1   2   3   4
Bog'liq
milliy tarbiya mavzular amaliy

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
  1. Kirish;

  2. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;

  3. Yakuniy qism.



7-mavzu;Glaballashuv va yoshlar tarbiyasi.


G loballashuv jarayonining asosiy belgisi va uni tezlashtiruvchi omil zamonaviy axborot texnologiyalari ekanligi keng tushuntiriladi. Globallashuv jarayonlari davlatlar va xalqlar o’rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi hamda globallashuv fenomenining salbiy jihatlari izohlanadi.
Har bir xalqning yaratgan boy ma’naviy merosi va salohiyati uning milliy qiyofasini saqlab qolish, bo’lajak taqdirini belgilash, taraqqiyot strategiyasi va yo’nalishlarini aniqlashtirishda muhim halqa bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, olamda kechayotgan mafkuraviy va ma’naviy buhronlar ostida uning jahon siyosati va xalqaro munosabatlar sahnasida o’z ovozi, nufuziga ega bo’lishi, dunyo tsivilizatsiyasiga daxldor ekanligi alohida o’rin tutadi.
Insoniyat tarixida, xususan, globallashib borayotgan bugungi dunyoda sodir bo’layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatar ekanmiz, jahondagi barcha voqelikni yaratuvchisi sifatida ma’naviyat va axloqning birlamchi omil ekanligini his qilish qiyin emas.
Albatta, globallashuv jarayonlari davlatlar va xalqlar o’rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi, tsivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi bilan belgilanadi. Ya’ni, Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda "globallashuv — eng avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir"1.
XX asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib bordiki, bu jarayondan o’zini to’la ajratib olgan birorta davlat yo’q deb to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas.
Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar uning ta’siriga ko’proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko’pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shundayli jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o’rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, ma’naviyatini tog’dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo’yish bilan barovar bo’lar edi.
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o’tkazgan va o’tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi.
Globallashuv milliy ma’naviyatga ham ta’sir o’tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan, iqtisodiy siyosat va ma’naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo’lgandagina muvoffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalalar olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli ko’mak berishlarini e’tirof etishga to’g’ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko’proq samara va muvoffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo’nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni tahlil qilish orqali siyosatchilarning to’g’ri yo’l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin.
Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Lekin uning xususiyatlarini to’laroq qamrab olgani, frantsuz tadqiqotchisi B. Bandining ta’rifi harakterlidir.
a) Globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
b) Globallashuv-jahonning gomogenlashuvi (yun.xonkodens tarkibi, kelib chiqishi jihatidan bir xillik, bir jinslik) va universallashuvi jarayoni;
v) Globallashuv-milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni.
Globallashuvning uchchala o’lchoviga ham e’tiroz bildirish mumkin. Biroq jahondagi jarayonlarni kuzatsak bularning uchchalasini ham ko’rish mumkin.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Maxatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan. “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman.”
Shu bois milliy istiqlol g’oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda, “dovullar”dan saqlash omili ekanligini anglash muhim.
Hozirgi zamon globallashuv jarayoni o’ta murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri yana ham murakkab bo’lgani sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga nisbatan raqobatda bo’lgan ikki guruh; globallar va aksilgloballar guruhlari vujudga keldi.
Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi.
Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo’lib, ular orasida ko’proq so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar, ular turli anjumanlar, seminarlar o’tkazish uchun to’planib turadilar.
XX asr o’rtasida globallashuvning tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o’zi ham keskin tezlashdi va shiddatli tus oldi. Bu tashkillashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Evropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlarining vujudga kelgani misolida ham ko’rish mumkin.
Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchaydi. Ular globallashuvning salbiy oqibatlariga emas, umuman uning o’ziga ham qarshi chiqa boshladilar.
Masalan, Rossiyalik faylasuf va yozuvchi A. Zinovev “Aksilglobalizm vektorlari” nomli anjumanda so’zlagan nutqida shunday deydi. “Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko’rsatishidan boshqa yo’lini ko’rmayapman. Faqat qarshilik! – degan edi.”
“Aksilglobalizm vektorlari” anjumanidagi yana bir ma’ruzachi A. Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi. “Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat.”
“Globallashuv”ni faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi turish ijtimoiy hayotdagi turli xil tabiiy, ijtimoiy bog’liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayoni “mafkuralashishdan”, uning maqsadlaridan xoli bo’lishi kerak.
Shu narsa ma’lumki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi.
Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o’zining aksini etarli darajada topishi kerak.
Ma’naviyatni bir uyga to’plangan boylikka o’xshatsak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yosh g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o’tkazishiga qarshi himiya choralarini ko’rishimiz tabiiy. Chetdan o’tkaziladigan mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko’rishdan avval qanday ta’sirlarni ma’qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim.
Globallashuv bir tomondan insoniyatning birlashishi va integratsiya jarayonlarini kuchaytiruvchi, uning farovonlik darajasini oshiruvchi, davlatlarning iqtisodiy va siyosiy jarayonlarini jadallashtiruvchi, mamlakatlar va xalqlarning texnologik ilmiy va madaniy yutuqlarini o’zaro almashishini faollashtiruvchi omil bo’lsa, boshqa tomondan boy, qudratli G’arb va qashshoq hamda zaif G’arb dunyosiga tegishli bo’lmagan davlatlar o’rtasidagi farqni tobora kuchaytiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, globallashuv jarayonlarini faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi turish ijtimoiy hayotdagi turli xil tabiiy, ijtimoiy bog’liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayonlari "mafkuralashishdan" hamda mafkuraviy ta’sir o’tkazish maqsadlaridan xoli bo’lishi kerak. Globallashuv imkoniyatlaridan uni harakatga keltiruvchi kuchlar o’z manfaatlari yo’lida foydalanishdan tashqari boshqalarning manfaatlari va qiziqishlari bilan hisoblashishlari o’ta muhim. Prezident Islom Karimov ta’riflaganidek, “globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va mar-kazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”2.
Globallashuvning turli taraqqiyot darajasiga ega mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va jahon siyosat maydonida nufuzi qanday ekanligiga bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983 yili “Garvard biznes revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. Muallif yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi5.
Globallashuv xalqaro munosabatlarning an’anaviy ishtirokchisi — davlatlardan tashqari umumdunyoviy jarayonlarga bevosita ta’sir etuvchi yangi sub’ektlarni — Xalqaro valyuta jamqarmasi, Jahon banki, YuNESKO, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, “katta sakkizlik” (AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Frantsiya, Kanada, Italiya, Rossiya), mintaqaviy tashkilotlar (Evropa Hamjamiyati, ASEAN, GUUAM va hokazo), transmilliy korpo­ratsiyalar (TMK), nodavlat tashkilotlar (masalan, “yashillar” harakati kabi), B. Geyts singari badavlat kishilarni­ siyo­­­­sat may­doniga olib chiqdi.
Sovet Ittifoqi barbod bo’lgandan keyin AQSh dunyodagi eng qudratli davlat sifatida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy sohada globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi va o’ziga xos sinov laboratoriyasiga aylanib qoldi. Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutining professori A. Valladao Frantsiyada chop etiladigan “Ijtimoiy fanlar” jurnalida ta’kidlashicha, turli xalq va millatlar sintezi negizida shakllangan amerika jamiyatining madaniy qadriyatlari o’zga mamlakatlar qabul qilishi uchun oson kechadi. Qolaversa, ushbu davlat madaniy mahsulot ishlab chiqarish in­dustriyasining (kino va videofilmlar, shou-biznes va hokazo) bozor sharoitiga moslashuvchanligi uning deyarli butun dunyoda sherik va hamkorlarini topishga imkon yaratadi. Hozirda turli mamlakatlarda namoyish etilayotgan kino hamda video-film­larning to’rtdan uch qismi amerika mahsuloti ekani ham shundan dalolat beradi.
AQShning globallashuv jarayonida tutgan o’rni haqida to’xtalib, Valladao bunday deb yozadi: «Amerika jamiyati ko’p jihatdan globallashib ulgurgani sababli o’zaro mushtarak va global dunyoning tezroq shakl­lanishidan manfaatdor ekani shubhasizdir»9­. Ammo bu jarayonning jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga salbiy ta’siri ko’pchilik mutaxassislarni tashvishlantirmoqda. Masalan, Michigan univer­siteti professori Y.Sholte nazarida «Zamonaviy globallashuv, bir tomondan, liberal demok­ratiyaga xos kamchiliklarni yorqin namoyon qiladi: tengsiz­likni yanada chuqurlashtiradi, atrof muhit holatiga putur etkazadi, ta’lim tizimini izdan chiqaradi; boshqa tomon­dan, u demokratik taraqiyot, iqtisodiy va ijti­moiy-siyo­siy islo-hot­larning muqobil yonda­shuv­larining yaratilishi va keng tarqalishiga zamin yaratadi»10. Amerikalik mashhur sotsiolog Seymur Lipset esa AQSh taraqiyot modelining ziddiyat­lari xususida fikr yuritib, uni ikki tomoni o’tkirlangan xanjarga o’xshatadi. Olimning fikricha, u bir jihatdan, shaxsda yuksak mas’uliyat, tashab­buskorlik, tadbir­korlik ko’nikmala­rining shaklla­nishiga xizmat qiladi, ammo boshqa tomondan, kishilardagi xudbinlik illatini qo’z­qatadi va shu tariqa shaxs­lararo munosabatlarni kes­kinlashtiradi, umummilliy man­faatlarga loqayd­lik va befarqlik kayfiyatini yuzaga chiqaradi.
G’arb liberal demok­ratiyasiga xos bu xususiyat boshqa, ayniqsa, rivojlanayotgan yoki yaqinda rivojlanish yo’liga kirgan mamlakatlarga nisbatan yuritilayotgan siyosatda yorqin namoyon bo’ladi. Deylik, ayrim rivojlangan mamlakatlar sanoat mahsulotlari, axborot va mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositalari orqali keng ko’lamdagi geosiyosat yuritish bilangina cheklanmay, o’z xalqining tabiati, madaniyati, mafku­rasiga xos jihatlarni muntazam ravishda dunyo xalq­lari turmush tarziga, ongu shuuriga, bir so’z bilan ayt­ganda, ular hayotining barcha jabhalariga izchil singdi­rishga intilmoqda. Bu hol, ayniqsa, endigina mus­taqil­likka erish­gan mam­la­katlar xalqining milliy o’zligi, madaniyatining vori­siylik an’analari hamda men­talitetiga putur etkazishi turgan gap.
Hozirgi kunda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni, inson faoliyatining barcha sohalarini o’z domiga tortmoqda. Ayniqsa, mafkuraviy va ma’naviy sohada o’z g’oya hamda mafkuralarini singdirish, ta’sir doiralarini kengaytirishda globallashuv jarayonlari muhim halqa bo’lib xizmat qilayotgani hammamizga ayon.
Birgina axborot-kommunikatsiya sohasidagi globallashuv jarayonini kuzatar ekanmiz, uning ta’siri jahonda g’oyaviy va madaniy gegemonlik uchun asosiy qurolga aylanayotganini ko’ramiz. Axborot texnologiyalari yuksalgan davlatlar esa, bu jarayonning harakatga keltiruvchi kuchlari bo’lmoqda. Bizningcha, globallashuv jarayoni bilan bog’liq ziddiyatlar, avvalo madaniy-ma’rifiy sohada yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Globallashuv yaratayotgan imkoniyatlardan hozirgi kunda ma’naviy bo’shliqni to’ldirishga harakat qilayotgan siyosiy va mafkuraviy markazlar foydalanmoqdalar. Buning oqibatida insoniyat tomonidan katta ma’naviy yo’qotishlar, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotganini, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarziga xavf solayotganini alohida qayd etish lozim. Mazkur xatarlar ma’naviyatga qaratilgan tahdidlar bo’lib, Prezident Islom Karimov mazkur xavflar haqida fikr yuritib, ularni quyidagicha ta’riflaydi: "Ma’naviy tahdid deganda, avvalo tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion xurujlarini nazarda tutish lozim, deb o’ylayman"3.
Ma’naviy tahdid inson erkinligiga, uni g’oyaviy qaram qilish, ruhiy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan bo’lib, u jozibali shiorlar va g’oyalar ostida yashirinadi, diniy va milliy rishtalarga bolta uradi, yoshlarning qalbini va ongini egallashga, ularning dunyoqarashiga zararli fikrlarni tiqishtiradi, oxir-oqibatda mamlakat xavfsizligiga va milliy manfaatlarga tahdid solib, jamiyatni inqiroz ko’chasiga olib keladi. Demak, mazkur xatarlar mamlakati, millati, o’zi yashab turgan jamiyatning kelajagi haqida qayg’uradigan, o’zini fuqarolik pozitsiyasiga ega, yurtga daxldorlik hissi yuksalgan har bir insonni tashvishga solishi, o’z navbatida uning oldini olish uchun o’z iqtidori va salohiyatini ishga solishni talab etadi.
Ma’naviy qurolsizlantirilgan va buning oqibatida ma’naviy ildizlari zaiflashgan xalq eng oddiy xavf-xatar oldida ham ojiz bo’lib qoladi. Bugun dunyodagi katta-kichik har bir mamlakat-ona sayyoramizning duch kelgan chorrahasida o’z manfaatini qidirib, voqea-hodisalarga baho berishda, avvalo, o’z manfaatlaridan kelib chiqar ekan, yanada hushyor va ogoh bo’lishga to’g’ri keladi. Niyati xolislikdan yiroq kuchlar bugungi globallashuv zamonida o’zga bir xalq, millat ma’naviyatiga qarshi kurash boshlar ekan, bir qarashda beozor ko’rinadigan "maftunkor, jozibali" vositalardan, jumladan internet, radio va televidenie imkoniyatlaridan, chiroyli ko’rinish va manzaralarga burkalgan ko’p seriyali kino mahsulotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan g’oyatda unumli foydalanadi. Bunda asosiy kuch va imkoniyatlar yosh avlod ongi va qalbiga ta’sir o’tkazish, ularni to’g’ri yo’llardan og’dirishga qaratiladi.
Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o’tkazayotgan salbiy ta’siri quyidagilarda namoyon bo’lmoqda:

8-mavzu:Yosh avlod tarbiyasidagi foydalaniladigan vositalar.


Inson, avvalo, tarbiyani ona qornida bo'lgan chog'idan boshlab ola boshlaydi. Ona qornida u ilk rivojlanish, ya'ni inson bo'lib shakllanish davrini boshdan kechiradi. Uning inson bo'lib shakllanishi o'z – o'zidan tarbiyani yuzaga keltiradi. Bola dunyoga kelganidan so'ng, u ilk tarbiyani ota – onasidan, oilasidan oladi. Bolada tarbiyaning shakllanishida ota – onaning , oilaning o'rni beqiyos. Tarbiya insonni inson ekanini ko'rsatib turuvchi eng oliy qadriyatdir. Inson tarbiyasida uning ma'naviyati, madaniyati, dunyoqarashi aks etadi. Kelajakda yuqori marralarni zabt etish ham tarbiyaga bog'liq. Tarbiyaning asosi esa bu oiladir. Ota – ona bola tarbiyasiga yuzaki qaramasdan, balki bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratmog'i lozim. Bola tarbiyasida uni koyish, qattiqqo'llik qilish unchalik ham samara bermaydi, aksincha bolani xushmuomalalik bilan, shirin so'z bilan tarbiyalash samaraliroqdir. Chunki yaxshi so'z bilan aytilgan gap tushunarli bo'libgina qolmay, buning natijasi ham ijobiy bo'ladi. Bola oilada vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshi va yomon nima ekanini tushunib yetadi. Bolaga tarbiya berishda ota – ona ham yaxshi xulq – atvor sohibi bo'lmog'i lozim. Agarda ota – onaning o'zi tarbiyasiz bo'lsa, u hech qachon farzandiga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida ota – ona muhim rol o'ynaydi. Zero, ''Qush uyasida ko'rganini qiladi ''. Tarbiya bir so'z bilan aytganda, insonni kelajakda kim bo'lishini belgilab beradi. Birinchi o'zbek professori Abdurauf Fitrat : '' Tarbiya – uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi '' – deya qismlarga ajratadi bu mening fikrimcha, ozodalik, tartiblilikdir. Ozoda, tartib – intizomli bo'lmoq insonni tarbiyali ekanining ilk namunasidir. Aqliy tarbiya bu bevosita ta'lim jarayoni bilan bog'liq. Ta'lim haqida so'z borar ekan Fitratning :''Hayot yo'lida birinchi masala – maktab masalasidir'' – degan fikrlarini aytib o'tish joiz. Demak, bolada aqliy tarbiyaning shakllanishi bevosita o'qituvchi bilan bog'liq ekan. O'qituvchi ham bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. O'qituvchi bolaga bilim berar ekan, albatta, kitobga yuzlanadi. Bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, darsliklar yaratilgan. Bola tarbiyasining rivojlanishida ushbu kitoblardagi ma'lumotlarning ta'siri nihoyatda katta. Kitoblarda keltirilgan ma'lumotlarni esa bola o'qituvchisi orqali tushunib yetadi. O'qituvchilar bolalarda kitobga bo'lgan mehr tuyg'usini uyg'otadi va bolalarda kitob o'qishga bo'lgan qiziqish ortadi. Ko'p kitob o'qigan bola dunyoqarashi keng, nutqi ravon, bilimli va o'z fikrini bayon eta oladigan shaxs bo'lib shakllanadi. Shunga ko'ra, o'qituvchi ham pedagogik talablarning barchasiga javob berishi kerak. Afsuski, ayrim o’qituvchilar borki, o’quv dargohiga o’zlariga ortiqcha zeb berib keladi va bolaga bilim berishga yuzaki qaraydi. Bu ta’lim jarayoning og’riqli nuqtalaridan biri. O’qituvchining o’ziga ortiqcha zeb berib kelishi dars davomida o’quvchilar e’tiborini tortadi. Bu esa o’quvchilarning bilim olishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bola, o’z e’tiborini darsga emas, o’qituvchining libosiyu, taqinchoqlariga qaratadi va dars davomida bularga mahliyo bo’lib o’tiradi. Yana shu kabi ayrim o’qituvchilar borki, yuzaki dars o’tishadi, bolaga yetarlicha bilim bera olmaydi. Axir dars – muqaddas ! Qanday qilib dars jarayoniga yuzaki qarash mumkin. Bilim olaman deb kelgan bolaga bilim bermaslikka va bolaning qimmatli bo’lgan vaqtini behuda sarflashiga sababchi bo’lishga hech kimning xaqqi yo’q! Shaxsan men bunday o’qituvchilarga ta’lim dargohda o’rin yo’q deb aytman. Yuqorida aytgan fikrlarim bilan men barcha o’qituvchilarni yomon demoqchi emasman. Shunday o’qituvchilar borki, o’qituvchi degan sharafli nomga loyiq. Ular o’z kasbini sevadilar va mahorat bilan o’quvchilarga bilim beradilar. Ta’lim sohasiga yurtimizda tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida maktab darsliklarida alohida “Tarbiya fani yaratildi. Ushbu fan haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni aytib o’tganlar : “Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy guliston yoxud axloq “ asari sharqona tarbiyaning noyob qo’llanmasi sifatida bugungi kunda ham o’zining qadri va ahamiyatini yo’qotgan emas. Biz “Tarbiya “ fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur. Demak, anglashiladiki, “ Tarbiya “ fani uzoq – yaqin o’tmishimizda yashab o’tgan ulug’ zotlar. Ushbu fanning yaratilishi bizning ta’lim – tarbiya sohasidagi yana bir yutug’imiz hisoblanadi. Axloq tarbiyasi deganda men insonining ma’naviyati va madaniyatini tushunaman. Ma’naviyat insonning ichki go’zalligini o’zida namoyon etadi. Madaniyat esa uni tashqi go’zalligini aks ettiradi. Biz go’zallik deganda, faqatgina insonning husni-jamolini tushunamiz. Asl go’zallik bu insonning yuksak ma’naviyatli, madaniyatli bo’lmog’idir. Bu fikrlardan so’ng buyuk ajdodlarimizdan Al – Xorazmiyning “Agar inson yaxshi xulq sohibi bo’lsa, u bir (1) ga teng, u yaxshi husn sohibi bo’lsa bir (1) ni yoniga nol (0) ni qo’sh o’n (10) bo’ladi, u boy – badavlat bo’lsa, 10 ni yoniga yana 0 ni qo’sh 100 bo’ladi, nasl – nasabli bo’lsa, 1000 ni yoniga yana 1 ta 0 ni qo’sh 1000 bo’ladi. Agar insonda birgina yaxshi xulq bo’lmasa, u 0 ga teng bo’ladi “– degan so’zlarini aytish joiz. Bundan ko’rinib turibdiki, inson yaxshi xulq sohibi bo’lmas ekan, bu olamda uning husn-u jamoli va boyliklarining umuman qadri yo’q. Bizning ajdodlarimiz yuksak xulq – atvor sohibi bo’lishgan. Ular bilan faxrlanamiz. Axir, ular orqali bizning sharqona tarbiyamiz shakllangan. Ming afsuslar bo’lsinki, hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon jamiyatimizga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan bir qatorda salbiy ta’sir ham ko’rsatmoqda. Ijobiy ta’siri bu yurtimiz rivojlanishiga hissa qo’shayotgan bo’lsa, salbiy tomoni esa, bu yoshlar ma’naviyatiga tahdid solayotganidir. Ma’naviy tahdid – inson ruhiyati, odobi, axloqi, kelajagi, umuminsoniy qadriyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi harakatlar yig’indisi. Jamiyatimizga xavf solayotgan ma’naviy tahdid bu – g’arblashish. Ulug’ allomalarimizdan biri aytganidek : “G’arblashish bu g’arblashish demakdir”. Endi o’ylab ko’raylik, g’arblashish yurtimizda qay tarzda yuzaga kelmoqda ? Men bu savolga :” Garblashishga asosiy ta’sir ko’rsatayotgan manba bu ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda efirga uzatilayotgan teleko’rsatuv va seriallardir “– deya javob beraman. Ayrim teleserial va teleko’rsatuvlar borki, umuman sharqona madaniyatimizga to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, ushbu seriallardagi qahramonlarning liboslari umuman sharq madaniyatiga xos emas, o’zaro hurmat mehr – oqibat kabi fazilatlarni o’zida aks ettirmagan, faqatgina ishq – muhabbat va qasos olish kabi g’oyalarni o’zida qamrab olgan xolos. Yana bu seriallarda voqealar rivoji shunday aks ettirilganki, unda insonlar bir – birini kamsitadi, haqorat qiladi, bir – biriga zarar yetkazadi, hattoki, o’z joniga qasd qiladi. Bularning barchasi o’sib kelayotgan yosh avlod e’tiborini tortmay qo’ymaydi. Natijada, insonlar bo’sh vaqtlarini kitob o’qishga emas, mana shunday behuda sarf qilmoqdalar. Aytingchi, ushbu seriallar orqali yoshlar behayolikni Ushbu seriallar va ko’rsatuvlar yoshlar ma’naviyati va madaniyatiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Yoshlar ongida g’arb kiyinish madaniyati va odob – axloqi yuzaga kelmoqda, bizning sharqona qarashlar esa yo’qolib ketmoqda. Yoshlar g’arbga taqlid qilgan holda o’z kelajaklariga bolta urmoqdalar. Afsuski, o’zimizning ayrim serial va ko’rsatuvlarimizda ham asosiy g’oya bu ishq – muhabbat bo’lib qolgan. Bu esa yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi og’riqli nuqtamizdir. Albatta, yoshlar ongiga vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi sharqona qarashlarni o’zida mujassam etgan filmlarimiz ham yo’q emas, lekin ular sanoqligina xolos. Menimcha, bunday film va ko’rsatuvlar sonini yanada ko’paytirib, yuqorida keltirilgan g’arb madaniyatiga xos bo’lgan ko’rsatuv va teleseriallarni umuman efirga uzatmasak, yana bir yuqori cho’qqini zabt etgan bo’lar edik. XULOSA Tarbiyali, ma’ naviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “ Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari “ buyuk maqsadiga erishuvida ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Mazkur masala o’ta dolzarb bo’lganligidan barcha zamonlar donishmandlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon faylasufi Aristotelning “ Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi “ degan so’zlari bor. Zardushtiylik ta’limoti uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi : “ Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal “. Shu uchchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy tarbiya xususida yanada yorqinroq so’z aytgan : “ Bolaning tabiati rivojlanishga moyil bo’ladi, uni qanday g’oyalar bilan to’ldirish ota – onaga va ustozga bog’liq “. Har birimiz o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga befarq bo’lmasligimiz kerak.

9-mavzu;Ma’naviy tarbiyada milliy tarbiya yo`llari.


0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ta Him — bu, inson, jamiyat, davlat manfaatlari yo‘lidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Ta’lim deganda, o‘quvni yuzaga keltiradigan tashkiliy va barqaror aloqa jarayoni tushuniladi. Xullas, ta’lim avvalo, o‘quvchilarda bilimlar, uquvlar va malakalar tizimlari shakllanishida ifodalanadigan ta’lim jarayonining nisbiy natijasidir, shuningdek, tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiya, ta’sir jarayoni, ya’ni inson qiyofasini shakllantirish jarayoni: bunda bilimning hajmi emas, balki uni shaxsiy sifatlar, o‘z bilimlarini mustaqil tasarruf etish uquvi bilan birlashtirish asos hisoblanadi. Ta’lim berish - o‘qitishning turi, o‘quvchilarga bilimlar, o‘quv va malakalar majmuini berishga va ulami o‘qitish jarayonida tarbiyalashga yo‘naltirilgan o‘qituvchining maxsus faoliyati. Ta’lim tizimi - ta’limning mazmuni, shakli va usullarini belgilovchi qoidalar (tamoyillar) asosiy ketma-ketlik, oddiydan murakkabga qarab borish tizimi. Uzluksiz ta’lim - inson butun hayoti mobaynida olishi mumkin bo‘lgan ta’lim. Uzluksiz ta’lim deganda, uning rivojlanishi tugamasligi, tadrijiy bog‘liq bo‘lgan bir necha bosqichlarga bo‘linishi, har bir bosqich yangi, ancha yuqori darajadagi bosqichga o‘tish uchun imkon yaratishi tushuniladi. «Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi: fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi»2. Uzluksiz ta’lim tizimi - yagona ta’lim tizimi, ta’limni shaxs ijodiy imkoniyatlarining muntazam rivojlanishini ta’minlovchi bir umrlik jarayon sifatida talqin etiladi va uning ma’naviy dunyosini har tomonlama boyitadi. Tizim shaxsning rivojlanish jarayonini, «pillapoya» tarzida uning qaror topishining imkonini beradi, «pillapoya»ning har bir pog‘onasi insonning o‘z ta’lim jarayonida yanada yuqori darajada erishishga tomon tadrijiy harakatini anglatadi. Inson - turmush rivojlanishi oliy bosqichi bilan singib ketgan mavjudot, ijtimoiy-tarixiy faoliyat subyekti. Inson tizim hisoblanadi, bunda jismoniy va ruhiy, jinsiy asoslanganlik va tan olingan shakllanganlik, tabiiylik, ijtimoiy va ma’naviylik yaxlit bir butunlikni hosil qiladi. Inson bir qator fanlaming o‘rganish obyektidir: masalan, antropologiya, tafakkur falsafasi, odam anatomiyasi, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va boshqalar. Insoniylik (gumannost lotincha humanus-insoniy) - insonni sevish, insonning qadr-qimmati, iztiroblarini hurmat qilish; hamkorlik, birga ishtirok etish, yordamlashish jarayonidagi muloqot va bu faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Insoniylik bilan kelisha olmaydigan har qanday faoliyat g‘ayriaxloqiy hisoblanadi, hattoki, «insoniyatga qarshi jinoyat» tushunchasi ham paydo bo‘lgan. Insoniylashtirish - jamiyatda insonparvarlik amallarini kuchaytirish, umuminsoniy qadriyatlami qaror toptirish, muloyimlik va insoniylik bilan uyg‘unlashgan holdagi tugallangan estetik shaklga ega bo‘lgan insoniy qobiliyatlami yuqori madaniy va axloqiy darajada rivojlantirish demakdir. Insonparvarlik («inson» arabcha; «parvar» fors-tojikcha; «lik»-o‘zbekcha ko‘plik qo‘shimchasi bo‘lib - kishiga g‘amxo‘rlik, gumanizm) odamzodning qadri, uning erkinligi qobilyatlari har tomonlama nomoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. 0 ‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish, umuman, jamiyatni insonparvarlashtirishning ajralmas tarkibiy qismidir. Bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlardan biri uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishdir. Bu esa ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish uni qayta qurishning eng asosiy va markaziy muammolaridan biridir. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviyaxloqiy jihatdan barkahiol, ruhan tetik, o‘z mamlakati va uning jahon hamjamiyatida tutgan o‘mi va rolida o‘zining fuqarolik mas’uliyatini to‘g‘ri va to‘la anglab yetgan imonli, komil inson shaxsini tarbiyalash maqsadlaridan kelib chiqadi. Ta’limni insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda yuksak axloq va fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning ornomusi, sha’ni va mas’uliyati kabi tuyg‘ulami, vatanparvarlikni, ma’naviy-ruhiy fazilatlami tarbiyalashdan iboratdir. Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik vazifasini amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. U tashkiliy, uslubiy, huquqiy-me’yoriy, pedagogik-psixologik tadbirlami o‘z ichiga qamrab oladi. Bunday tadbirlar majmudsi insonparvarlik g‘oyalarining va ta’lim-tarbiyadagi gumanitar vosita va uslublaming tabiiy ilmiy va texnik bilimlar doirasiga kirib borishni ta’minlashga va shular orqali tafakkuming texnokratik usulini yengib o‘tish va bartaraf qilishga qaratiladi. Ta’limni insonparvarlashtirishning bosh maqsadi — ilmiytexnik bilimlaming gumanitar ta’lim bilan chambarchas birligini va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashdan iboratdir. Uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirish ijtimoiy-madaniy qadriyatlami insonning ijtimoiy intizomi va uning ixtisoslik bo'yicha mehnat faoliyatining ajralmas va tabiiy belgilariga, xususiyatlariga aylantirishdan iborat bo‘lib, bo‘lajak mutaxassisning insonparvarlik sifat va fazilatlarining ustuvor bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. Ta’limni insonparvarlashtirish rejalari gumanitar turkumdagi fanlaming, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy fanlaming insonparvarlik xususiyatlaridan ham ta’lim-tarbiya jarayonlarida unumli va samarali foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish bilan birga, bu turkumga kirmagan fanlar, ya’ni fizika, kimyo, biologiya, matematika, shuningdek, texnika fanlari va umuman, talim tizimida o‘tiladigan barcha fanlaming ham tarbiyaviy tamoyillariga, insonning ma’naviy-axloqiy, ruhiy jihatdan takomillashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat va e’tibor qaratishni, ularning insonparvarlik xususiyatlarini kengroq ochib, tahlil etib ko‘rsatib berishni, talaba-yoshlami o‘qitish orqali ma’naviy-ruhiy jihatdan ham tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. 0 ‘quv dasturlarining, darslik va qoilanmalaming yangi avlodini yaratishda, ta’limning texnik vositalaridan * foydalanishda, ular uchun maxsus o‘quv dasturlari tayyorlashda ta’limni gumanitarlashtirishning mana shu tomonlariga, ya’ni yosh mutaxassislaming ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxs sifatida takomillashuvida har bir fanning ishtirokini eng yuqori darajada ta’minlashga katta e’tibor berilishi zarur.
10-mavzu: Ommaviy axbarot vositalarining o`rni.
O‗zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‗zida aks ettiradigan bamisoli bir ko‗zgu ekanligi hayotda o‗z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‗llagan tabrigida ta‘kidlanganidek, ―Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko‗tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadlarga erisha olamiz‖[1]. O‗zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan ―Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‗g‗risida‖gi qonunida (1- ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 125- qarorida (2-ilova) davlat va xo‗jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash vazifalari belgilab berildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi ―Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta‘minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‗oyat muhim qadam bo‗ldi. Mazkur qonun va qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida Mirzo Ulug‗bek nomidagi O‗zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‗zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‗zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‗iston davlat universiteti Jurnalistika bo‗limida ―Axborot xizmatlari‖ fani o‗qitilmoqda. Mazkur oliy ta‘lim muassasalariga 2019-2020 o‗quv yilidan e‘tiboran Axborot xizmatlari yo‗nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan ―Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmonida ―Davlat organlari, xo‗jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‗zaro hamkorligi yetarli darajada yo‗lga qo‗yilmagan‖i qayd etilib, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta‘minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o‗zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‗yicha bo‗linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta‘minlash orqali ko‗maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to‗la-to‗kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas‘uldirlar. Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo‗yildi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e‘lon qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‗lib xizmat qiladi. Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta‘minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O‗zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta‘minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o‗tishini ta‘minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo‗jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash zarur. Bu davlat va xo‗jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta‘minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g‗oyani ro‗yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o‗rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o‗rtasida o‗ziga xos ko‗prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta‘minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo‗lishini ta‘minlaydi.
Download 134.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling