fizik, kimyoviy, biologik, psixofiziologik.
Fizikaviy xavfli va zararli omillarga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish uskunasining harakatlanuvchi jismlari (tishli, zanjirli, tasmali uzatuvlar, harakatlanuvchi stollar, aylanuvchi detallar, boshqaruv qismlari va xakazo), mexanizm yoki mashina, xamda buziluvchi konstruksiyalar, tog‘ jinslarini yemirilishi;
• Ish hududi havosining chang va gazlar bilan ifloslanishini oshib ketishi;
• Uskuna, materiallar yuzasining haroratini ko‘tarilib yoki pasayib ketishi;
• Ish hududi havosining haroratini ko‘tarilib yoki pasayib ketishi;
• Ish joyidagi shovqin darajasini ko‘tarilib ketishi;
• Tebranish darajasini ko‘tarilib ketishi;
• Infratovush tebranish darajasini ko‘tarilib ketishi;
• Ultratovush darajasini ko‘tarilib ketishi;
• Ish hududida barometrik bosimni ko‘tarilib yoki pasayib ketishi yoki uni keskin o‘zgarishi;
- havo namligini ko‘tarilib yoki pasayib ketishi; havoni harakatlanishini ko‘tarilib yoki pasayib ketishi; havoni ionlashuvini ko‘tarilib yoki pasayib ketishi; ish hududida ionli nurlanish darajasini ko‘tarilib ketishi;
5-jadval.
elektr zanjirdagi kuchlanish darajasini ko‘tarilib ketib, odam tanasi orqali qisqa tutashuv sodir bo‘lishi mumkin; statik elektr darajasini ko‘tarilib ketishi; elektromagnit nurlanish darajasini ko‘tarilib ketishi; elektr maydon kuchlanishini ko‘tarilib ketishi; magnit maydon kuchlanishini ko‘tarilib ketishi;
tabiiy yorug‘likni yo‘qligi yoki yetishmasligi; ish hududida yorug‘likning yetishmasligi; yorug‘lik ravshanligini ko‘tarilib ketishi; to‘g‘ri va qaytarilgan yaltirashni; nur oqimini pulsatsiyasini ko‘tarilib ketishi; ultrabinafsha radiatsiyasi darajasini ko‘tarilib ketishi; infraqizil radiatsiyasi darajasini ko‘tarilib ketishi;
yarim mahsulotlar, asboblar va uskunalar yuzasidagi o‘tkir qirralari, g‘udurlari va g‘adir-budurlari;
ish joyini yer (pol) yuzasiga nisbatan 1,5 m va undan balandroq balandlikda joylanishi; vaznsizlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |