1-Seminar savollariga javoblar: Fanning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Download 20.63 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2021
Hajmi20.63 Kb.
#170937
1   2
Bog'liq
1-seminar Ulug'bek Kozibayev

Psixologiya fanining metodlari Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi navbatda o‘sha metodlar yordamida to‘plangan ma'lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo‘lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta'kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ilg‘ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko‘plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z vazifalarini echish va ma'lumotlarga ega bo‘lish uchun ko‘plab metodlarni sinovlardan o‘tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.


  1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari.

Psixologiya fanining predmeti “Psixologiya” so‘zi ikkita grek so‘zlaridan – “psyche” – jon, ruh va “logos” – ta'limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an'anaviy ma'noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni  bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta'rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba'zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta'minlaydi. An'anaviy ta'riflarda psixologiya fan sifatida ana shu “psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi”, – deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta'riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba'zan o‘z-o‘zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan obektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta'sir ko‘rsatishning usullarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik  bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga  aloqador bo‘lgan jarayonlarni, o‘zimizda, miyamiz, ongimizda ro‘y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o‘rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti-harakatlarini bevosita ko‘rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko‘rishmay qolganimizda uni sog‘inayotganligimiz bilan bog‘liq hisni bevosita ko‘rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o‘xshash holatlar psixologiya o‘rganadigan hodisalar va holatlarning o‘ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi.

Shunday qilib, psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‘rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo‘ysunadi. 1-rasmda psixik jarayonlarning namoyon bo‘lish shakllari, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aks ettirilgan. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o‘ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta'riflash mumkin.

Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o‘zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a'zosi, mutsaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta'sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog‘lom dunyoqarashlar, mutsaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo‘lishi, milliy iftixor va g‘urur tuyg‘ularining to‘g‘ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg‘undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o‘ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to‘g‘ri munosabatlarni shakllanishi yo‘llarini ham o‘rganishi kerak.

Aks holda yoshlar ongidagi o‘zgarishlarni aniq bashorat qilolmaslik, ularni to‘g‘ri tarbiyalash vositalarini tanlashda xatoliklarni keltirib chiqaradi. Yurtboshimiz I. Karimovning bu boradagi fikrlari juda o‘rinli: “Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.




  1. Kuzatish, so‘roq hamda psixologik testlar deganda nimalarni tushunasiz?

Kuzatish deganda kishini o’ziga bildirmagan holda kuzatish va bildirgan holatda kuzatish ni tushunishimiz mumkin. Kuzatish orqali biz insonlarni o’rganishimiz mumkin bo’ladi. Yaxshiroq o’ragnishimiz uchun esa kishini o’ziga bildirmagan holda kuzatish yaxshi samara beradi deb o’ylayman. Chunki bu holatda kuzatilayotgan kishi o’zinig kuzatilayotganini bilmaydi. Bu esa o’sha kishini yanada yaxshiroq bilib olishga imkon beradi.

So’roq – deyilganda insonni so’roqqa tutish orqali uning ruhiy holati, ichki dunyosi, psixologiyasini bir muncha bilib olish tushuniladi.



Psixologik testlar deganda insonning ruhiy holati, ichki dunyosi, psixologiyasini bir muncha bilib olishga yordam beruvchi testlar tushuniladi.
Download 20.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling