Amaliy matematika va informatika” kafedrasi “umumiy psixologiya va pedagogika” fanidan


Download 39 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi39 Kb.
#224164
Bog'liq
1- m.ish.psixologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” KAFEDRASI



UMUMIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKA” fanidan




Bajardi: 18.06-guruh talabasi

Alijonov Sirojiddin


Qabul qildi: R.Nuriddinov

Farg‘ona – 2020

1-topshiriq. Umumiy psixologiyaning vazifalari bo’yicha bilimlaringizni takrorlang.

Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta‟sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof iymon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo’lishi, milliy iftixor va g’urur tuyg’ularining to’g’ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg’undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o’ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to’g’ri munosabatlarni shakllanishi yo’llarini ham o’rganishi kerak.



2-topshiriq. Quyidagi javoblarni bir-biriga moslab chiqing.

Javoblar:



  1. Psixika - Tashqi olamning ongimizdagi inikosi, yani aks etishi

  2. Aristotel - Ilk psixologik ta’limot asoschisi

  3. Umumiy psixologiyaning predmeti - Muayyan shaxs

  4. Sezgi, hissiyot, idrok, tafakkur… - Psixologik jarayonlar

3-topshiriq. Umumiy psixologiyaning rivojlanish jarayoni qanday kechgan? Ularni yoritib bering.



Umumiy psixologiyaning shakllanishi

1

Birinchi bosqich

- psixologik bilimlar barcha fanlarning “otasi” bo’lmish, falsafa fani tarkibida rivojlandi. Bunda psixologoyaga jon, ruh deb ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko’plab tushunarsiz voqealarni jon, ruh uning xususiyatlariga bog’lab tushintirishga uringanlar

2

Ikkinchi bosqich

-tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida XVII asarda paydo bo’ldi. Kishining fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon bo’lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi – bu o’zini o’zi kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.

3

Uchinchi bosqich

-XX asrda shakllangan bo’lib, psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo’lgan psixik hodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaksiyasi kabilarni o’rganish hisoblangan. Kishining xatti-harakatlari ostida yotgan motivlar hisobga olinmagan.

4

To’rtinchi bosqich

-psixologiya psixik faktlarni, psixik hodisalarning mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sifatida shakllangan. Hozirgi zamon psixologiya fani psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq fanlar sohasidagi ko’plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan.

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling