1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-mashq. O‘zingiz o‘qiyotgan sinfxona haqida avval ma’lumotnoma matni


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

8.2-mashq.
O‘zingiz o‘qiyotgan sinfxona haqida avval ma’lumotnoma matni, 
so‘ng ijodiy-tavsifiy matn tuzing. 
8.3-mashq.
 O‘zingiz yoqtirgan shoir yoki yozuvchi haqida ma’lumotnoma va 
ijodiy-tavsifiy matnlar tuzing. 
Savol va topshiriqlar 
1. Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning o‘xshash jihatlari 
nimada?
2. Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning farqli jihatlari nimada? 
3. Insho matnining asosiy xususiyatlarini bayon qiling. 
4. Darsliklardagi yozuvchilarning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar qaysi 
matn turiga mansub?
Uyga vazifa 
8.4-mashq. 
Oilangiz a’zolari haqida avval ma’lumotnoma matni, so‘ng 
ijodiy-tavsifiy matn tuzing. Matnni og‘zaki bayon qilishga tayyorlaning. 
8.5-mashq.
Berilgan izohlardan nazm, tig‘, shukrona, mutafakkir, devon 
so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling:
1) buyuk donishmand; 2) yaratgan bergan ne’mat uchun savob ish qilmoq; 3) 
nayza, yoy kabi jang quroli; 4) nazmiy asarlar to‘plami; 5) she’riy shakldagi ijod.
 
9-dars 
INSHO – IJODIY ISH 
 
9.1-mashq.
Matnni o‘qing. Mazmunini og‘zaki ifodali bayon qiling.
 
INSHO — IJOD MAHSULI 
 
Insho arabcha so‘z, “yaratish”, “bino qilish”, “qurish” ma’nosini beradi. 
Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar 
tomonidan yoziladigan “ijodiy yozma ish” ma’nosida qo‘llanadi. 


Insho – muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z fikrlarini yozma shaklda 
bayon qiluvchi kichik asar. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrlash 
ko‘nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘ladi. 
Insho – o‘quvchi yaratadigan matn turi. Unda ma’lum bir mavzu mustaqil 
ravishda ochib beriladi. Inshoda o‘quvchining o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, 
ravon, savodli bayon qilish malakasi namoyon bo‘ladi. Inshoda mavzu bo‘yicha 
bilimlar yuzaga chiqadi. Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan asar, 
ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o‘quvchi ham insho 
yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim.
Katta-katta olimlar ijodiy ishlarini o‘quvchilik paytida insholardan 
boshlashgan. 
Insho yozish uchun, avvalo, bilim egallash zarur. Takror va takror yozish 
natijasida esa insho yozish ko‘nikma va malakasi shakllanadi. Yaxshi inshoning 
zamirida boy bilim va tinimsiz mashq yotadi. 
Har qanday ish tartib bilan bajarilganligi kabi insho ham reja asosida yozilishi 
kerak. Puxta reja inshoning sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Inshoda o‘quvchining o‘z fikri va boshqa manbalardan olgan ma’lumotlari 
ajralib turishi kerak. Boshqalarning fikrini o‘zinikiday qilib berish ko‘chirmakashlik 
sifatida salbiy baholanadi. 
Inshoning har bir turi o‘ziga xos shakl va mazmun xususiyatiga ega. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling