1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Ikkinchi matn 
ALISHER NAVOIY 
Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida 
tug‘ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. 
Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi. 
Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun 
jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy 
kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin 
dalilidir.
Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan 
Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun 
turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi 
Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar 
bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod 
qilganda bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”.
Savol va topshiriqlar 
1.Matnlardagi umumiy jihatlarni aniqlang. 
2.Мatnlardagi farqli jihatlarni bayon qiling. 
3.Qaysi matnda fikrlar aniq dalil va isbotlar bilan berilgan va undan ko‘zlangan 
maqsad nima? 
4.Qaysi matnda fikrlar obrazli va ta’sirchan berilgan va undan ko‘zlangan 
maqsad nima?
5.Matnning qaysi biri hissiyotga va qaysisi aqlga yo‘naltirilgan?
Bilib oling.
Ma’lumotnoma matnida voqea-hodisa yoki holat haqida oddiy axborot 


beriladi. Bunday matn obrazlilik va bo‘yoqdorlikdan, badiiy-tasviriy vositalardan 
xoli bo‘ladi. Ma’lumotnoma matnida so‘zlovchi axborotni o‘z nuqtayi nazarisiz
xolis bayon qiladi. 
Rasmiy matnlar ma’lumotnoma matniga misol bo‘ladi. 
Ijodiy-tavsifiy matnda dalillar so‘zlovchi yoki yozuvchining shaxsiy 
munosabati, nuqtayi nazari asosida ifodalanadi; badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanishi 
mumkin. 
Ilmiy, publitsistik va badiiy matnlar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy 
matnning ko‘rinishlari. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling