Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar


Download 40.5 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi40.5 Kb.
#1037087
Bog'liq
fonetik hodisalar


O’zbek tilidagi fonetik hodisalar

Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon kelgan tovushlar yoki qo`shimchalar ta’siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon bo`ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o`zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga almashadi. Nutq jarayonida sodir bo`ladigan o`zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o`zgarishlari deyiladi. Masalan, rus tilidagi лодка va город so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi. Лодка va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta’sirida yuz bersa, город va obod so`zlari talaffuzida o`zgarish tovushning so`z tarkibidagi mavqeyi bilan bog`liqdir. Birinchi holat kombinator o`zgarish bo`lsa, ikkinchi holat pozitsion o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz.


1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o`zgarishi farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o`zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg`unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir. Uning ikki asosiy ko`rinishi mavjud:
a) til garmoniyasi;
b) lab garmoniyasi.
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam so`zidagi [q] undoshi chuqur til orqa undoshi bo`lganligi bois, birinchi bo`g`indagi [a] unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo`ladi. Buning natijasida esa keyingi bo`g`inda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi.
Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo`ladi. Bunda unlilar ham til oldi - til orqalik jihatidan, ham lablanganlik- lablanmaganlik jihatidan o`zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga ko`ra, so`z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo`lsa, so`z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So`z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo`lsa, so`z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo`ladi. Masalan, boshqird, sog`in, bo`g`in so`zlaridagi kabi.
2. Assimilyatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo`ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilyatsiya yuz beradi: ket+di=ketti, ayt+di=aytti, ot+dan=ottan, yurak+ga=yurakka.
Keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilyatsiya yuz beradi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, uch+so`m=usso`m, tuz+sin=tussin.
Rus tilida отдать so`zi oддать tarzida talaffuz etiladi. Bu ham regressiv assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisban nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o`ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so`zining talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo`lmog`i lozim.
Assimilyatsiya to`liq va qisman bo`lishi mumkin.
To`liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi va to`lig`icha uning tusiga kiradi. Yuqorida keltirilgan so`zlarning hammasi to`liq assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Qisman assimilyatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biror tomondan qisman o`xshatadi (moslashtiradi): osh+ga-oshka, ish+ga-ishka so`zlarida jo`nalish kelishigidagi [g] tovushi oldingi [sh] tovushining ta’sirida [k] tovushiga aylanmoqda. Bu so`zda qisman assimilyatsiya yuzaga kelmoqda, ya’ni [g] jarangli tovushi o`zidan oldingi [sh] tovushiga faqat bir tomonlama – jarangsizlanish tomonidan o`xshamoqda, xolos, lekin to`liq uning tusiga kirgan emas. [Uchta] leksemasining ushta, [pochta] leksemasining poshta deb talaffuz qilinishi ham shu hodisaga misol bo`la oladi. Rus tilidagi кaробкa, вoдкa: inglizcha: goods, cats so`zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling