Tarzida talaffuz qilinadi, demak, uni ikki xil yozish mumkin


Download 0.65 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1570212
Bog'liq
ORFOGRAFIYA tayyori


ORFOGRAFIYA

O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari. Orfografiya (grek. Orthos- “to`g`ri” + grapho- “yozaman”) yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo`lib, u to`g`ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi.

O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari. Orfografiya (grek. Orthos- “to`g`ri” + grapho- “yozaman”) yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo`lib, u to`g`ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi.

Chunonchi, odam so`zida “d” ning yozilishi “d” grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so`zning yozilishi grafik prinsipga tayanadi. Savod so`zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi: so`z oxiridagi “d” jarangsiz “t”ga o`tadi (savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) – savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me’yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi.


Orfografiya
O'ZBEK ORFOGRAFIYASINING TAMOYILLARI
Tamoyil (prinsip) lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o'ynamaydi. O'zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o'zaro bog'liq holda ish ko'radi. Yozuvda xilma-xillikka yo'l qo'ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi.
Orfografiya so'zi ikkita grekcha so'zdan tashkil topgan, ya'ni orthos to'g'ri va grapho yozaman. Demak, orfografiya so'zining ma'nosi to'g'ri yozishdir. Shu sababli orfografiyaning asosiy vazifasi alifboning yozuvdagi qo'llanish qoidalari, so'zlarning yozilishi va bo'g'in ko'chirishdir.
O‘zbek tili alifbosidagi ba'zi tovushlar turli grafik formulalarga ega. Masalan, T harfining bosma shakli bilan yozma shakllari orasida ancha farq bor.
Garchi fonografik yozuv hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo'lsa ham, kundalik hayotda yozuvning boshqa turlari ham uchrab turadi, chunki har bir turning o'ziga xos afzal masalan, piktografik yozuv odatda reklama afzalligi bor. Masalan, ehtiyojlari uchun qo'llaniladi.
Orfografiya – adabiy tilning to’g’ri yozish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim.
1.Orfografiya grekcha orphos («to`g`ri») va grapho («yozaman») so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, «to`g`ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an’anaviy va differentsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik tamoyillar o`zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir.
Tildagi so'zlarni, o'zak negiz va affikslarni, yagona me'yoriy talab asosida yozish qoidalarining yig'indisi orfografiya deyiladi. Orfografiya yunoncha "orthos" - to'g'ri "grapbo" - yozaman, degan ma'noni anglatadi. Unda so'zlarning oʻzak va negizlari hamda va affikslarining to'g'ri yozilishi, qo'shma, takroriy va qisqartma so'zlar qismlarining qo'shib yoki ajratib yozilishi, bosh harflarning ishlatilishi, boʻgʻin ko'chirish qoidalari xususida batafsil ma'lumot beriladi. O'zbek adabiy tilining orfografiyasi quyidagi yozuv qoidalariga asoslanadi:
O'quvchilarda toʻgʻri yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoidasini oʻzlashtirishga asoslanadi. Imlo qoidalari bir so'znigina emas balki umumiylik mavjud boʻlgan butun soʻzlar guruhining yozilishini tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir so'zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan qoidaga muvofiq, butun so'zlar guruhini yozish imkonini yaratadi. Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so'zlarning yozilishini bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengilashtiradi va imlo qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta'kidlaydi. Im lo qoidalarini grammatik, fonetik, so'z yasalishiga oid materiallarini ma'lum darajada bilmasdan turib o'zlashtirish mumkin emas. Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling