1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

XUSHRO‘YBIBI VA ZAYNAB 
Xushro‘ybibi Zaynabning egachisidir. Mohirabonudan ikki o‘g‘ul va ikki qiz 
dunyog‘a kelib, to‘ng‘uchi Azimbek, undan keyingisi Xushro‘y (yoshlig‘ida Xushro‘y 
o‘rniga Xushra der edilar), uchunchisi Karimbek va to‘rtinchisi bizning Zaynab edi. 
Zaynab egachisi Xushro‘ydan yetti yosh chamasi kichik edi. Garchi bu ikki egachi-
singil bir qorindan talashib tushkan bo‘lsalar ham, sajiya − xarakterda tanib 
bo‘lmasliq darajada bir-birlaridan farqlik edilar. Sajiyadagina emas, surat va siymo 
vajida ham katta o‘zgaliklar bor edi.
Xushro‘y uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik edi. Zaynab qisqa bo‘y, 
go‘shtdor va oq tanlik edi. Xushro‘yning harakati yengil va lafzi tez edi. Zaynab 
lappos va o‘nta so‘zga arang bitta javob qaytaradirg‘an edi. Xushro‘yning ko‘zi 
o‘ynab, har sekuntda o‘yoqqa alang‘lar edi. Singlisi bo‘lsa birav bilan betma-bet 
kelib so‘zlashqanida ham ko‘zini hamisha bir nuqtadan uzmas edi.
 
48.3-topshiriq
. Berilgan so‘zlardan aysh-u kom, tojdor, bojdor, ko`lanka, 
anjuman, af’ol, nadim so‘zlarining ma’nosiga mos keluvchi so`zlarni toping: 
hukmdor, soya, rohat-farog`at, bojxona xodimi, soliq yig`uvchi, yig`in, majlis, 
yaqin, sirdosh do‘st, hamsuhbat, shoh saroyida eng yaqin xizmatkor, mahram va 
maslahatchi. 
 
47-48-darslаr 
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
 
47-48.1-topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o`qing.
OHANGLARGA YO‘G‘RILGAN SO‘ZLAR 


Tashqari eshikdan ta’zim qilib kirgan choshnagir ayol ovozini qo‘rquv bilan 
pasaytirib xabar berdi:
− Osmonda yulduzlar siyrak qoldi. Hademay tong yorishur. Hazrati oliy 
saharliksiz qolurlarmu?
Tong otib, azon aytilgandan so‘ng ro‘za o‘z kuchiga kiradi, hech kim hech 
narsa yeb-ichishi mumkin bo‘lmay qoladi. Uzun va issiq yoz kunida podshohni 
saharliksiz qoldirish begimlar uchun o‘zlari och-nahor qolishlaridan qo‘rqinchliroq 
edi. 
… Osmon oqarib qoldi. Tong yorishgan sari qandildagi shamlarning nuri xira 
torta boshladi.
Azon aytadigan payt o‘tib boryapti. Arkdan tashqaridagi masjidning imomi 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling