1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

47.2-mashq. 
O‘qing. So‘z-gaplarning ifodalayotgan ma’nosini tushuntirib 
bering. 
1. − Barakalla, o‘g‘lim, shunday bo‘lish kerak, orzu-niyatingga, murod-
maqsudingga yet,− deb olqishladi, uni yaxshi tarbiya qilishga ahamiyat berdi. 
2. 

Savob ishlarga rag‘bat qiling... − Xo‘p... xo‘p... (T.Malik) 
3. − Labbay, hazrat, sadongizdan aylanay, hazrat! (M.Shayxzoda) 
4. Mahmudxon (xatni qo'yniga solub, yugurub turub):
− Assalomu alaykum, boy pochcha, kelsinlar, qani, marhamat (joy ko'rsatub), 
qani,
o'tursinlar, manam hozir janobingizni kutib turuvdim. (boy kursiga o'tirur, 
fotiha o'qur)
Abdiqodirboy: Xayr, ziyoda davlat
, ollohu akbar.
Mahmudxon (turub): Xush ko'rduk.
Abdiqodirboy: Xush, salomat. Yangi xabarlar yo'qmi, afandim? 
5. 

Esonmisiz? Sarupolar muborak!
Kumushbibining qizlarg‘a bergan javobi eshitilar-eshitilmaslik edi:
− Qutlug‘ ... 
47.3-mashq. 
Marhamat, salomat bo‘ling, qulluq, osh bo‘lsin, yaxshi boring, xush 
ko‘rdik, labbay, jonim bilan kabi so‘zlardan qo‘llab, dialogik matn tuzing. 
47.1-topshiriq. 
Matnni o`qing. 
 
BEHUDA SO`ZDAN SUKUT AFZAL 


 
Behuda so`zlashdan ko`ra jim o`tirish afzal ekanligi haqida Rum qaysari, Hind 
rojasi, Chin fag`furi o`rtasida munozara bo`lib o`tgan edi. Ular o`zaro bir fikrga 
keldilar va bir ma’nodagi so`zlarni turli bayon ipiga tizdilar. 
Rum qaysari shunday dedi: 
− Aytgan barcha so`zlarimdan qattiq nadomat chekdim, ammo aytmagan 
so`zlarimdan hech pushaymon bo`lmadim! 
Hind rojasi aql daryosidan noyob dur hozirlab, bayon ipiga terdi-yu, dedi: 
− So`z o`qi kamonidan hali otilmagan ekan, u mening qo`l ostimdadir, og`iz 
kamonidan otilib chiqsa, unga endi egalik qilolmayman! 
U davom etib dedi: 
− Har so`z o`qi kamonidan uchsa va har kalima og`iz zindonidan ko`chsa, uni 
qaytarib olaman deyish xomxayollikdir! 
Chin fag`furi so`z bo`stonidan guldasta hozirlab, tuhfa qilgan holda dedi: 
− So`z qushi og`iz qafasida ekan, uning ixtiyori mening izmimdadir. Bordi-yu, 
u til oshyonasidan parvoz qilsa, hech qachon uni tutib bo`lmaydi! 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling