tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Aks holda, odamlar hukmdorni tushunmaydilar yoki
uning talabini bajarolmaydilar. Hukmdorlar dorini bemorning sevimli va ko‘p
tanovul qiladigan taomiga qo‘shib ichiradigan mahoratli tabibga o‘xshamoqlari
lozim. Zero, mehr-u muhabbat va rag‘batlantirishlar fuqarolar bilan muomalaning
eng asosiy usulidir.
(Farobiy)
49-50.2-topshiriq.
Gaplarni o`qing. Egalarni aniqlang.
Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otib
qo‘yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi:
tabiblar deydilarki, sil
kasalligini boshlang‘ich davrda aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar xastalik
o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, aksincha,
uni aniqlash oson-u, davolash mushkul.
Davlat ishlarida ham shunday: endigina paydo bo‘layotgan illat o‘z vaqtida
aniqlansa, uni yo‘qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukmdorlargina qodirdirlar.
Agar illat har kimga yaqqol ko‘rinadigan darajada avj olgan bo‘lsa,
hech qanday
dori-darmon kor qilmaydi. (Makiavelli)
Do'stlaringiz bilan baham: