1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Darslik 8-sinf ona tili yangi
47-48.4-mashq.
Kompyuter, Internet va qator boshqa axborot vositalari ta’lim sohasida keng qo‘llanmoqda. Ushbu jarayon va hodisa ijobiymi yoki salbiy? Fikringizni yozma bayon qiling. 47-48.6-topshiriq. Rasmda berilgan narsalar orasidagi bog‘liqlikni yozma bayon qiling. 49-50-darsлар SODDA GAP VA GAP BO‘LAKLARI YUZASIDAN TAHLIL 49-50.1-mash q. Matnni o`qing. OQILONA JAVOB Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazirlik qilgan kezlarida podsho doim uning so`zlariga quloq solib, shoir bilan maslahatda ish tutar ekan. Kunlardan bir kun erta tongda Husayn Boyqaro saroyga kirib ketayotib Navoiyga qarabdi-yu, ko`rsatkich barmog`i bilan boshini ko`rsatibdi. Ayni shu choqda Navoiy barmog`i bilan tilini ko`rsatibdi. Husayn bosh chayqabdi, saroyga kirmay, qaytib ketibdi. Bu manzarani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoralarning sababini so`rashibdi. Shunda Navoiy: − Qani, o`zlaring o`ylab topinglar, − debdi-da, imo-ishoralar sirini aytmabdi. Shogirdlar o`ylab-o`ylab, hech topisholmabdi. Nihoyat, ulardan biri shoirni so`zlatish maqsadida siyohdonni ag`darib yuboribdi. Shunda Navoiy: − Abdullatif, bunchalar parishonxotir bo`lmasangiz, axir siyohdonni ag`darib yubordingiz-ku! − debdi. − Kechirasiz, ustoz, − unga yuzlanibdi shogirdi, − haligi muammoning sababini o`ylab, xayolim qochibdi. Shunda Navoiy shogirdlariga bo`lgan voqeaning sir-asrorini aytib berishga majbur bo`libdi. − Husayn Boyqaro mendan: “Boshga baloni nima keltiradi?” – deb so`radilar. Men esa: “Til”, − deb javob berdim. Shogirdlar Navoiyning ziyrak va donishmandligiga yana bir marta qoyil qolishibdi. (M.Murodov, “Allomalar ibrati”) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling