Ekkan odamning hosili javohir bo’ladi deb bejiz aytmagan
Download 0.75 Mb.
|
1-oktabr sherbekova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oktabr - “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbiri ssenariysi.
- I boshlovchi
- II boshlovchi
ekkan odamning hosili javohir bo’ladi” deb bejiz aytmagan. 4-o’quvchi: Hazrat bobomiz yana shunday deb bizga murojaat qiladilar: Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila… I boshlovchi: Qadrli ustozlar! Sizni ushbu muborak kunlarda qutlug’ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklaymiz! Mehr va ma’rifat nuri qalbingizni hech qachon tark etmasin! Oktabr - “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbiri ssenariysi. 2 – “B” sinf Sahna “ Sizga ta’zimdaman, aziz ustozim!”, “Millatimiz qarog’isiz, aziz ustozlar!”, “Muallim – millatning shonu – shavkati, porloq kelajakning shams-u tal’ati!” kabi shiorlar, sharlar, gullar bilan bezatilgan. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi. I boshlovchi: Hayot so’qmog’iga qo’yganda qadam, Ilk bor qo’limda yangragan sozim. Mehr quyoshi-la ardoqlab har dam, Ziyo nurin sochgan aziz ustozim. II boshlovchi: Qalbim durlarini terib iplarga, She’r qilib kuylatgan sirli ovozim. Onamdek suyarman sizni hamisha, Mehri ummonimsiz, aziz ustozim. I boshlovchi: Yo’lingizga to’shay guldan poyondoz, Nuringiz so’nmasin qalbi mumtozim. Xizmatingiz qilay umrim boricha, Sizga ta’zimdaman aziz ustozim! II boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrdon o’quvchilar! Mana bugun butun mamlakatimiz bo’ylab bayram tantanasi, shodiyonasi taralmoqda. Bugun qalbi daryo, mehri ummon, fidoiy va zahmatkash kasb egalarining bayramidir. I boshlovchi: - Dunyoda kasblarning turi nihoyatda ko’p. O’qituvchilik kasbi ularning avvalidir . Qaysi kasb egasi borki eng avvalo savodini o’qituvchi qo’lida sochgan ezgulik urug’ini hech qachon unutmaymiz. Biz shogirdlar umr bo’yi sizning oldingizda ta’zimdamiz. (O’quvchilar ijrosida raqs) 1-o’quvchi: Ustoz – tafakkur beshigi. Unda shogirdlar ulg’ayadi, kamol topadi. Shuning uchun har bir inson umr bo’yi uning har bir so’zini, fikrlarini xotirlab yashaydi. 2-o’quvchi: O’qituvchi – ongni yoritguvchi nurdir. O’sha nur ta`sirida bizning ongimiz yorishadi, jilo topadi. Shu inson qo’lida qancha – qancha olim-u fozillar, shoir-u notiqlar, xalqning asl farzandlari o’sib kamol topadi. 3-o’quvchi: Ha, Alisher Navoiy hazratlari “Tarbiya ulug’ ish, odob urug’ini Boshga ko’tarmoq lozim, Ming rahmat shuning uchun Ardoqli o’qituvchim! ( O’quvchilar ijrosida ashula “ Aziz ustozlar!). I boshlovchi:- Dunyodagi eng mashaqqatli, ayni paytda sharafli kasb egasi bo’lgan siz, aziz ustozlarni umumxalq bayrami –O’qituvchilar va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. II boshlovchi: - Hech shubhasiz, biz barchamiz, siz bergan bebaho o’gitlarni, insoniylik fazilatlarini, siz qalbimizga chiqaradi. Bu kasb egalari oldida hammamiz har doim ta’zimdamiz. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling