Referati mavzu: Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlari reja


Download 57.5 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1433687
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Рустемова Динара

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti BT va STI yo’nalishi 107-guruh talabasi Rustemova Dilnoraning “Ona tili va Bolalar adabiyoti” fanidan tayorlagan

REFERATI


MAVZU:Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlari
REJA:

  • 1.Alisher Navoiyning ilm va ilmli kishilar haqida keltirgan fikrlari.

  • 2.Mutafakkir qarashlarida odobning ro’li.

  • 3.Mutafakkirning insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy qarashlari.


Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod chiqarishida ko’maklashadi, bu bilan uning hayot yo’lini-to’g’ri yo’lni belgilab beradi. Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham to’lay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi. Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amaliga qarab baho beradi. Odamiylikning mezoni bu-porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqparastlikdir. Uyg’oq qalb sohibi nazdidahar qanday holatda ham to’g’ri so’zni ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. Aksincha, sharoitga qarab o’zgaraverish o’z shaxsiyatini asrab, haq gapni aytishdan qo’rqish-bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka ham sherik bo’lib ketaverish-bu munofiqlik namunasidir. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri,badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa,olamda turkiy va forsiy tillda so’zlovchi biron bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”-, I.Karimov. Alisher Navoiy ilm-fanning inson kamolidagi o’rni, bilimlarni o’rganish asosida hosil bo’lgan aql va idrokning inson hayotidagi ahmiyti hamda aqliy tarbiya va uning mohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so’z yuritadi hamda mazkur sifatlarning har biriga to’laqonli ta’rif berib o’tadi. Qanoat,sabr,tavoze(adab), o’zgalarga nisbatan mehr-muhabbatli bo’lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko’ngillik (hilm) kabi hislatlarni ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi va ularning har biriga ta’rif bergandan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar bilan to’ldiradi. Asarda shuningdek, axloqiy fazilatlarning antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo’llari ham bayon etilgan.
Mutafakkir axloqlililkning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida muayyan mavqehamda hurmatga sazovor bo’lishga yordam beradi.Odobga ega bo’lishning inson hayotidagi rolini ko’rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: “Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo’ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi.
Yoshlarni ko’zga ulug’ ko’rsatadi. Ularning yurish-turushini xalq ulug’vor biladi. O’ziga qarshi xalq tomonidan bo’ladigan hurmatsizlik eshigini bog’laydi va kishini hazil mazaxdan va kamsitishdan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo’liga soladi va odam mijoziga odamgarchilik manzilida orom beradi. Kichiklarga undan muncha natija hosil bo’lgach, kattalarga allaqachon bo’lishini ko’rarasan.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki bu til va adabiyotining ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adbiyotning en yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik ko’p va xo’p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o’zini “Xitoydan yo Xuroson”gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o’z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtiradi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sirko’rsatdi.
Navoiy asarlarining umuminsoniy g’oyasi-insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do’stlik,tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgiva vafo, ma’rifatlilik yuksak badiiy shaklda ifodalash orqali o’zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqdagi fikrlarini turli ilmiy vs adabiy asarlarda ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qiladi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rganadi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettiradi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “Axloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir” .
Alisher Navoiy fikricha , inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy deb biladi:

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling