9-11-yosh O'g'il bolalar o'rtasida 1-o'rin Chortoq tumani


Download 1.21 Mb.
Sana29.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1308229
Bog'liq
sport bizni birlashtiradi stol tennis axborot


Namangan viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan mamlakatimizda stol tennis sport turini ommaviy rivojlantirishda yordam berish, yoshlarimizni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda yoshlarni sog‘lom bo‘lib yetishida ko‘maklashish, yosh mahoratli stol tennischilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, kelajakda o‘z yo‘llarini topishda har tomonlama ko‘mak berish,yosh avlodni sportga jalb qilish va jismonan va ma’nan yetuk bo‘lib yetishishida hissa qo‘shish maqsadida “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida stol tennisi musobaqasini viloyat bosqichi o‘tkazilganligi to‘g‘risida
AXBOROT
Joriy yilning 28-mart kuni Namangan viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabida mamlakatimizda stol tennis sport turini ommaviy rivojlantirishda yordam berish, yoshlarimizni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda yoshlarni sog‘lom bo‘lib yetishida ko‘maklashish, yosh mahoratli stol tennischilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, kelajakda o‘z yo‘llarini topishda har tomonlama ko‘mak berish,yosh avlodni sportga jalb qilish va jismonan va ma’nan yetuk bo‘lib yetishishida hissa qo‘shish maqsadida “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida stol tennisi musobaqasini viloyat bosqichi o’tkazildi. Musobaqani viloyat bosqichida “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori H.Mamatova kirish so’zi bilan boshlanib barcha musobqa ishtirokchilariga omad tiladi. Musobaqaga hakamlikga taklif etilgan Stol tennis bo‘yicha jaxon chempioni 1-toifalik murabbiy S.Qodirova barcha ishtirokchilarga belgilangan nizom bo‘yicha tushuncha berib qur’a tashlab musobaqani boshlab berdi. Musobaqada viloyatdagi barcha tuman shaxar Barkamol avlod bolalar maktabi to’garak a’zolari nizom asosida belgilangan yosh toifasida o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi. Musobaqa murosasiz kurashlarga boy tarzda o’tkazildi va yakuniy natijalarga ko’ra 9-11-yosh O'g'il bolalar o'rtasida 1-o'rin Chortoq tumani Tursunxo'jayev Saidislom 2-o'rin Namangan shaxar Muxammadov Mustafo. 3-o'rin Uychi tumani Mamadjanov Xojiakbar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. 9-11-yosh Qiz bolalar o'rtasida 1-o'rin Yangiqo'rg'on tumani Habibullayeva Parizoda 2-o'rin Pop tumani Yondoshaliyeva Shaxnoza 3-o'rin Chust tumani Bozorboyeva Shaxlolar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. 12-14-yosh O'g'il bolalar o‘rtasida 1-o'rin Yangiqo'rg'on tumani Sadriddinov Zoxid 2-o'rin Kosonsoy tumani Saidmuxammadov Isroil 3-o'rin Namangan shaxar Tolibov Xalilulloxlar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. 12-14-yosh Qiz bolalar o'rtasida 1-o'rin Yangiqo'rg'on tuman Moxirjanova Diyoraxon 2-o'rin Kosonsoy tumani Sobirjanova Dilshoda 3-o'rin Chust tumani Raximjonova Mushtariylar qo'lga kiritdi. Musobaqada ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Madaniy va ommaviy tadbirlar
bo‘limi boshlig‘i: B.Tojiraximov




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling