II boshlovchi:- Ustoz-murabbiy mehnati ta’bir joiz bo’lsa, elining yashash tarzini belgilab berishga xizmat qiladi. o’qituvchining fidoyiligi bilan qalblarni yoritgan ma’rifat nuri jamiyatni, vatanni yashnatadi.
I boshlovchi: Xalqning xalq bo’lib yashashini ta’min etuvchi kuch ham aslida ana shu oddiy muallimlarning oddiy va kamtarin yumushlaridan suv ichib turadi.
(O’quvchilar ijrosida raqs ijro etiladi)
She’riy kompozitsiya
I o’quvchi:
Yoshlarga murabbiy, ustoz, mualli
Niyati ularga o’rgatish ta’lim.
Saxiy quchog’ida bir olam quvonch
Qo’lida ulg’ayar shoiri olim
2-o’quvchi:
Ona Vatan tuy`gusi
Dil qatiga joylandi.
Fan cho’qqisin egallash,
Burchimizga aylandi.
Ming rahmat, buning uchu
Zahmatkash o’qituvchim!
Do'stlaringiz bilan baham: |