1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Bilib oling.
Atov gap – so‘zlovchi ko‘z o‘ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum 
yoki davrni gavdalantirishga, xotira yoki xayolida ular bilan aloqador voqea-
hodisani tiklashga xizmat qiluvchi vosita.
Atov gap bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham, aniqlovchi bilan kengayib 
kelishi ham mumkin: 1. Bahor. 2. Erta bahor 
46.2-mashq

Qatorning kesimga bog‘liq umumiy xususiyatini aniqlab, 
“ortiqcha” uchinchi gaplarni toping.
 
I. 1.Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hirirud daryosi va Injil 
anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. (P.Qodirov) 2. Ilk bahor 


kunlarida Humoyun Hindikush tog‘ining janubiy etaklariga yuzdan ortiq chodir 
tiktirdi. Ularning o‘rtasiga ko‘krakdor bir joyga ulkan saroparda o‘rnatildi. 
(P.Qodirov) 3.To’qqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. 
(O`.Hoshimov) 
II. 1.Erta bahor edi. Dam olish kuni edi. Kech turdim. 2.Ilk muhabbat bahor 
osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof. 3. Bola edim… Kuz edi… 
so`rida dars qilib yotibman. (O`.Hoshimov)
III. 1.Erta bahor. Kunlar ilib qolgan, ammo yerdan hali qishning zahri 
ketmagan. (O`.Hoshimov) 2. Dam olish kunlaridan biri. Ko‘chaga chiqdim. Kech 
kuz bo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. 3. Erta tong edi. Endigina 
ko‘tarilgan oftobning iliq nurlari derazalarga tushib, uylarni yorita boshlagan edi. 
(O`.Umarbekov)
Savol va topshiriqlar. 
1. Atov gap nega shunday nomlangan? Atov gap matnda qanday vazifani 
bajaradi? 
2. Atov gap qaysi zamonda keladi? 
3. Atov gap necha so‘zdan iborat bo‘ladi? 
4. Atov gaplardan qachon foydalanamiz? 
Uyga vazifa 
46.2-topshiriq. 
So‘z yoki qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatoliklarni toping 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling