1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars
Shaxsi (egasi) noma’lum gapda
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Darslik 8-sinf ona tili yangi
Shaxsi (egasi) noma’lum gapda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-
harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi — uning tarkibida egalik qo‘shimchasining yo‘qligi. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‘lmaydi. Yig‘ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. Do‘stning aybini yuziga aytish kerak. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Bu mavzuni o‘qish shart emas. Endi qattiq o‘qishga to‘g‘ri keladi. Atov gap va so‘z gaplar ham shaxsi noma’lum gaplardir. 45.2-topshiriq. Yuqoridagi ilmiy matn mazmunini jadvalda ifodalang. 45.2-mashq. Qatordagi gaplar tizmasining asosiy belgisini topib, uni davom ettiring: I. 1.Burch. Avj pardadagi buyuk so‘z... Bu shunday buyuklikki, chindan ham insonni o‘zidan ham yuksaklikka ko‘taradi. (I.Kant) 2. Rabbi us-soniy oyining yigirma uchinchi kuni. Hirotda juma namozidan chiqib kelayotgan Shohruh Mirzoga suiqasd qilindi. (Mirmuhsin) 3. ... II. 1. Urush bilan besh kunda bitadigan muammo tinchlik bilan besh yilda bitsa, ikkinchi yo`lni tanlash kerak! (O`.Hoshimov) 2.Burchini sevmay turib, uni bajarib bo‘lmaydi. (I.Goncharov) 3. ... III. 1. Tong… Ko`hi siyoh etaklarida subhi kozib emas, subhi sodiq. (Mirmuhsin) 2. Jo‘shqin! Jismga mos ism! 3. ... 45.3-mashq. “O`z-o`zini anglash va burch tuyg`usi” mavzusida matn yarating. Matnda egali va egasiz gaplar navbat bilan almashib kelishiga erishing. Savol va topshiriqlar. 1.Egali gaplarga misollar keltiring. 2.Qanday gaplar ega ishtirok etmagan gaplar deyiladi? 3.Ega ishtirok etmagan gaplar qanday turlarga bo‘linadi? 4.Gapning egasi mavjud yoki mavjud emasligini qanday aniqlash mumkin? Misollar keltiring. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling