45.1.2-topshiriq.
Matn mazmuniga muvofiq bo‘lgan fikrlarni toping.
1. Doim foyda haqida o`ylash kerak emas.
2. Sog` bo`lay desang, parhez qil!
3. O`zingni o`yla, o`zing haqingda qayg`ur!
4. Salomatlik kalitini top!
45.1-mashq
. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. Gaplarni ikki guruhga
ajrating:
1)egasi mavjud gaplar;
2)ega qo‘llanmagan gaplar.
1.O`z vujudingg`a tafakkur aylagil, Har ne istarsen o`zingdin istagil. (A.Navoiy)
2.Burchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o‘zingning kimligingni bilib
olasan. (L.Tolstoy) 3.Kishi o‘z qobiliyatlarini amalda tatbiq etgan taqdirdagina
bilishi mumkin. (Seneka) 4.Burchingni unutma, u birdan bir dil navosidir. Burchsiz
hayot ham, ehtiros ham yo‘q. (A.Blok) 5.O`z burchini bajarishdan mamnun
odamgina erkin yashaydi. (Sitseron) 6.Eng qiyini o‘zingni anglay bilishingdir.
(Fales)
Bilib oling.
Gaplar egali va egasiz bo‘lishi mumkin. Egasi mavjud gaplar egali gaplar
(masalan, Biz bugun Samarqandga jo‘naymiz), egasi mavjud bo‘lmagan gaplar
esa egasiz gaplardir (masalan, Bugun Samarqandga jo‘naymiz.)
Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud:
Shaxsi (egasi) ma’lum gapda ega kesimning shaxs-son shakllaridan
ma’lum bo‘lib turadi. Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha
ko‘kdan chalpak kutadirsan? (I.Mirzo)
Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda gapning umumiy mazmuni barcha
shaxslarga aloqador bo‘ladi: Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. Boshingga qilich
kelsa ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol) Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, odat tusiga
kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan
bo‘ladi. Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
Do'stlaringiz bilan baham: |