Mavzu: Eganing ishtirokiga ko’ra sodda gaplarning turlari. Reja: Egasi ma’lum gap. Egasi umumlashgan gap. Egasi noma’lum gap. Atov gap. So’z gap
Download 218.1 Kb.
|
Ashurova Fazilat ona tili tayyori (
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Egasi ma’lum gaplar: Kishining koʻziga qarab uning kimligini aytib bera olaman. 2. Egasi umumlashgan gaplar
- 5.Soʻz-gap
Mavzu: Eganing ishtirokiga ko’ra sodda gaplarning turlari. Reja: 1.Egasi ma’lum gap. 2.Egasi umumlashgan gap. 3.Egasi noma’lum gap. 3.Atov gap. 4.So’z gap.Sodda gaplar eganing ishtirok etishi va ishtirok etmasligiga koʻra egali gaplar va egasiz gaplarga boʻlinadi. Masalan: Men xushmanzara joylarni yaxshi koʻraman – gapi egali gapdir, chunki unda men egasi grammatik jihatdan ifodalangan. Togʻamlarnikiga boramizmi? gapi esa egasiz gap hisoblanadi, chunki unda ega (Biz) grammatik jihatdan ifodalanmagan. Egasiz gaplar quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Egasi ma’lum gaplar: Kishining koʻziga qarab uning kimligini aytib bera olaman. 2. Egasi umumlashgan gaplar: Berilgan topshiriqni oʻz vaqtida, vijdonan bajaring. 3. Egasi noma’lum gap: Baxtsizni baxtli etishga qanoat, umidvorlik, tirishqoqlik bilan erishiladi. 4. Atov gap: Osmon toʻla yulduz. Biz shu vaqtda dala tomon yurdik. 5.Soʻz-gap: Assalomu alaykum, mehribonim mening! Eganing ishtirokiga ko’ra turlari EGALI GAPLAR EGASIZ GAPLAR EGASI MA’LUM GAP EGASI UMUMLASHGAN GAP EGASI NOMA’LUM GAP ATOV GAP SO’Z GAP Nazariy ma’lumot. Gapning kesimi orqali uning egasini tiklash mumkin boʻlgan gaplar egasi ma’lum gaplar hisoblanadi. Kesim orqali topilgan ega kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi: Qushlarga qarashni yaxshi koʻraman. Qayoqlarda yuribsan? Oʻrtogʻini koʻrgani ketdi. Sizni har doim hurmat qilamiz. Nima dedingiz? Mazmuni har uchala shaxsga tegishli boʻlgan gaplar egasi umumlashgan gaplar hisoblanadi: Suvni isrof qilmang! Bunday gaplarning kesimi, asosan, II,III shaxs shakllarida keladi. Shaxsi umumlashgan gaplar koʻpincha maqollarda uchraydi: Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir. Egasiz gapning bu turi turmush tajribasidan kelib chiqqan xulosalarni, ma’lum, odatdagi hodisalarni umumlashgan shaklda beradi, shunga koʻra uning mazmuni nasihat, maslahat, biror ishning bajarilishidagi zarurlik yoki zarur emaslikni ifodalash xarakterida boʻladi. Masalan: Bu yerda chekilmaydi! Topshiriq. Quyidagi gaplar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
2. Kunduzi yerga qaraydi, kechasi osmonga qaraydi. (Topishmoq) 3. Vaqtingni yoʻqotding-baxtingni yoʻqotding. 4. Haq gap shu: yaxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar. 5. Yaqinda juda katta stadion qurishdi. 6. Ikki soat ichida chinnidek qilib tozalansin. 7. Futbol. Sportning bu turini sevmaydigan bola topiladimi? ESLATMA! Egasi umumlashgan gaplarda undalma qatnashsa, bunday gaplar egasi ma’lum gapga aylanib qoladi. Masalan: Doʻstim, hurmat qilsang, hurmat koʻrasan. Download 218.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling