Glossariy.
Bilim ta’lim-tarbiyaning boshi, insoniyatni boshqa maxluqotdan farqlovchi omil, baxtli yashash asosi.
Qanoat-xarom bilan halolning chegarasini belgilaydigan vijdon qozisi.
Sharm-hayo-e’tiqod chamanining bo‘stoni, or-nomus bulog‘ining zilol suvi, ahloqu-odobning oynasi.
Mas’ullik-ongli faoliyatning zaruriy sharti bo‘lib, inson nomini bezaydi, martabasini yuksaltiradi.
G‘azab-inson ruhiyatidagi zararli va yomon illat.
Qo‘rquv-sabr va irodani susaytiradi.
Yalqovlik-farovonlikning azaliy kushandasi. Ilm-zulmatni yorituvchi ziyo oftobi.
Fazilat-mehr ummoni.
Jasorat-mas’ullik shamchirog‘i.
Mehr-oqibat-insoniylikning asosi.
Do‘stlik-qalblar oynasi.
Tarbiya-ota-ona bilan farzand o‘rtasini ipsiz bog‘lovchi mustahkam rishta, mehr va qattiqqo‘llik, o‘zaro ishonch va samimiyat ramzi.
Do'stlaringiz bilan baham: |