Mavzu: Eganing ishtirokiga ko’ra sodda gaplarning turlari. Reja: Egasi ma’lum gap. Egasi umumlashgan gap. Egasi noma’lum gap. Atov gap. So’z gap


Download 218.1 Kb.
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi218.1 Kb.
#1781735
1   2   3
Bog'liq
Ashurova Fazilat ona tili tayyori (

Egasi noma’lum gaplar
Ish-harakat va holatning bajaruvchisi noma’lum boʻlgan gaplar shaxsi noma’lum gaplar hisoblanadi.
Bunday gaplarning kesimlari quyidagicha ifodalanadi:
  • Majhul nisbatdagi fe’llar bilan

  • 2. Boʻladi (boʻlmaydi), toʻgʻri keladi (toʻgʻri kelmaydi) fe’llari bilan.
    3. –mas qoʻshinchali fe’l bilan.
    4. Fe’lning harakat nomi shakliga kerak, lozim, mumkin, darkor kabi modal soʻzlarni qoʻshish bilan.

Topshiriq. Quyidagi matndagi gaplarni shaxsi noma’lum gaplarga aylantiring.
BAXTLI YASHASH SIRI
Arab donishmandlaridan biri shunday degan ekan:
• Oila a’zolaringga nisbatan qahr va muloyimlik oʻrtasida muomala qilib yashagin!
• Odamlar bilan goh ularga aralashib, gohida ulardan uzlatga chekinib yashagin!
• Birodarlaring bilan jiddiylik va hazil orasida yashagin!
• Shogirdlaring bilan viqor va oddiylik orasida yashagin!
• Farzandlaring bilan qattiqqoʻllik va mehribonlik orasida yashagin!
• Solih hokimlar bilan ular huzuriga qatnash va ulardan uzoq boʻlish orasida yashagin!
• Qorning borasida toʻyish va ochlik orasida muomala qilib yashagin!
• Jisming bilan charchatish va dam oldirish orasida yashagin!
• Oʻz nafsing bilan bermaslik va berish orasida yashagin!
• Robbing bilan qoʻrquv va umid orasida yashagin! Shunda sen baxtli yashaysan!
Atov gaplar va soʻz-gaplar

Ma’lum bir predmet yoki hodisalarning mavjudligini tasdiqlash yoʻli bilan ifoda etgan gaplarga atov gaplar deyiladi.


Atov gap bosh kelishikdagi soʻz va soʻz birikmalari bilan ifodalanadi.
Masalan: Bahor. Hamma yoq koʻm-koʻk. Koʻkda pagʻa-pagʻa bulutlar suzadi. Salqin kecha. Shabada gul hidlarini taratadi.
Atov gaplar shaklan oddiy soʻz va soʻz birikmalariga oʻxshaydi, ammo maxsus gap ohangining boʻlishi bilan va ma’lum bir fikr tugalligining ifodalanishi bilan ulardan farqlanib turadi .
Atov gap oxiriga nuqta qoʻyiladi. U his-hayajon bilan aytilsa, undan soʻng undov belgisi qoʻyiladi: Bahor! Oʻz oti bilan Bahor!
Atov gap
1.Bahor (paytni bildirgan)
2.Go'zal bog' (o'rinni bildirgan)
3.Qattiq shamol (voqea-hodisa)
4.Vazirlik Mahkamasi (mavjudlik)
5.Toshkent,Toshkent(davomlilik)

Download 218.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling