Oson deb o’ylamang oshiq ko’ngliga,goh yonar,goh o’char Goh baxtlidur, gohida g’amgin


Download 85.29 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi85.29 Kb.
#1250694
Bog'liq
Samandarbek Sherlari


Ko’ngil
Oson deb o’ylamang oshiq ko’ngliga ,goh yonar ,goh o’char
Goh baxtlidur , gohida g’amgin.
Ichidan o’tganlarin bilmay ey inson
Oson deb o’ylamang oshiq ko’ngliga.
Odam
Osmon bo’lma ey odamzod
Har bir ishning javobi bordir
Kibrga berilma shaytonni bilib do’st
Yaxshilik qil alloh yo’lida
O’tar bu yomon kunlar
Yaxshi kunlar keladi ishon
Oyning o’n beshi qorong’udur
O’n beshi yorug’.
Go’zal Qalb.
Bir go’zal qalb bo’lsaydi
Alishmasdim dunyolarga
Ko’ngil istar bir vafoli yor
Yetolmasligin bilar lek
Yana va yana seni so’rar ko’nglim.
Sog’inch.
Yurakda sog’inch ,alam, baxt
Hayolimdan ketmaysan hech
Ko’nglim olding ey go’zal
Oshiq bo’ldim jayron ko’zingga
Sevib qoldim butun umrga
Netay yurakdagi so’zlarim
Aytolmay qiynalar ko’nglim
Seni sevdim seni sevdim
Butun umrga.

Yurakdagi so’zlarim


Aytolmay tunlarim bedor
Seni o’ylamasdan o’tmas kunlarim
Seni sevishimni aytolmay bir bor
Qiynalar yurak hijronlaringdan
Aytgil yorim ko’nglingda ne bor
Bilolmay qiynalar bechora yurak
Seni sevishini aytolmay bir bor.
( yuragim egasi , hayollarim o’grisi Oltinoyga❤)

Download 85.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling