1. Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish. E’tirozlar va hayajonlarni engish. Ish kunini yakunlanishi


Oddiy tashkiliy tuzilma tavsifi. Tashkiliy tuzilmalarni muhim turlari


Download 36.81 Kb.
bet9/13
Sana05.02.2023
Hajmi36.81 Kb.
#1168425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu

2.Oddiy tashkiliy tuzilma tavsifi. Tashkiliy tuzilmalarni muhim turlari
Servis industriyasidagi boshqarish jarayonlari va ishlarni bajarish korxonani tashkiliy tuzilmasi doirasida amalga oshiriladi. Bu holda struktura korxonani tashkiliy tuzilishini, undagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish usullarini, shuningdek turli bo’lim ishchilari o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi.
Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi kim, nimani, qayerda, qanday vositalar bilan, qachon va qanday muddatlarda bajarishi kerak degan savollarga javob bera oladi. U korxona xodimlari o’rtasidagi vazifalar va faoliyat turlarini ma’lum taqsimlanish tartibini belgilaydi, shuningdek rejalashtirish, yechimlar qabul qilish, ularni bajarish va nazorat qilish uchun vakolat va mas’uliyat hajmini reglamentlaydi. Tashkiliy tuzilma, amaliy nuqtai nazardan korxonani asosiy bo’lim va bo’lmalari, shuningdek odamlar o’rtasidagi bog’liqliklar va munosabatlar, ishga aloqador informasiya va moddiy resurslar oqimlaridan iborat. O’rnatilgan struktura asosida ishchilarni foliyati yo’naltiriladi va nazorat qilinadi, farmoyish va buyruqlar beriladi, iste’molchilar oqimi tashkil etiladi. Struktura maqsadli ravishda quyidagilar sababli ishlab chiqiladi:
- personal ishini funksiyaviy va mazmun vazifalari bo’yicha oqilona taqsimlash va ixtisoslashtirish imkoniyatini yaratishi;
- jamoa ichidagi, shuningdek ishchilarni iste’molchilar bilan muhim munosabatlar va aloqalar yo’llarini shakllantira olishi;
- har bir ishchini vazifa va majburiyatlarini belgilashi;
- ishchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, shuningdek ularni kasbiy rollarini belgilashi.
Industirlashtirishga qadar va industirlashtirish davrlarida xizmat korxonalari oddiy tashkiliy tuzilmaga ega bo’lib, unda xizmat ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlab chiqarish va asosiy ishlab chiqarishni ish sharoitini yaratishga yo’naltirilgan boshqa bo’lim (ko’p hollarda ishchilar soni va ish hajmi kam) shakllangan. Ko’p hollarda bir ishchi ko’plab ishlab chiqarish – xizmat funksiyalarni birga olib borgan.
Hozirgi vaqtda mayda, o’ta mayda, qisman o’rta servis korxonalarida bu struktura o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Bu yerda tashkiliy tuzilmaga quyidagi tavsiflar xos:

Download 36.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling