Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment
Download 116,55 Kb.
|
MATEMATIK MODELLASHTIRISH, SONLI TAHLIL USULLARINI TIZIMLARDA AMALGA OSHIRISH. HISOBLI EKSPERIMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment.
MATEMATIK MODELLASHTIRISH, SONLI TAHLIL USULLARINI TIZIMLARDA AMALGA OSHIRISH. HISOBLI EKSPERIMENT. REJA:
1. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment. Ilmiy texnika taraqqiyoti hisoblash texnikasini keng qo`llanishi asosida jarayonlar va tizimlarni avtomatik hamda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridan foydalanib, mamlakatimiz halq xo`jaligiga fan texnikaning eng yangi yutuqlarini keng-ko`lamda qo`llab borishni taqazo etadi. Halq xo`jaligini muvaffaqiyatli boshqarish uchun ularning alohida sifat ko`rsatkichlarini hisobga olish etarli emas. Murakkab tizimlarni va jarayonlarni to`la tahlil qilish uchun texnik kibernetikaning usullarini keng qo`llash zarur bo`ladi. Ishlab chiqarishda tobora keng yoyilib borayotgan texnik–kibernetika tadbiqiy fan bo`lib, bu fan nazariy kibernetika ishlab chiqqan vositalar bo`yicha murakkab jarayonlar va tizimlarni EXM yordamida, kompyuterlar yordamida boshqarish usullarini o`rganadi. Hozirgi davrda modellashtirishning regression, korrelyatsion, o`xshash, taqlidiy, argumentlarni guruxlab hisobga olish usullari keng tarqalgan. Matematik modellar ob’yektni nazariy va amaliy tahlil qilish natijasida yaratiladi. Tajribalarni matematik rejalashtirish usullari qaralayotgan jarayon yoki tizimning matematik modelini chiquvchi ko`rsatkichga ta’sir etuvchi faktorlarning o`zgarish miqyosida optimal usulda qurish imkonini beradi Jarayon va tizimlar asosan murakkab operatsiyalarni bajarishni talab etadigan kategoriyani tashkil etadi. Bunday ob’yektlar odatda ko`p sonli o`zaro bog`langan faktorlar, nazorat qilish mumkin bo`lgan ta’sirlar, ba’zi faktorlarni o`lchash xatoliklari va vaqt mobaynida tasodifiy o`zgarishlar bilan baholanadi. SHuning uchun jarayon va tizimlarni ilmiy tadqiqot qilish quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
Tadqiqot natijalari jadval, grafik va tenglamalar ko`rinishlarida bo`lishi mumkin. Hozirgi davrda jarayonlar va tizimlarni keng miqyosda avtomatlashtirilayotganligi tufayli ularning matematik yozuvlarini ishlab chiqishga katta ahamiyat berilmoqda. Jarayon yoki ob’yektning matematik yozuvi- bu kiruvchi va chiquvchi faktorlar orasida bog`lanishni o`rganuvchi matematik modeldir, ya’ni (4.1.) bunda Y – jarayon va tizimning chiquvchi ko`rsatkichlari. Ko`pincha bu ko`rsatkichlarni optimallashtirish mezoni (kriteriysi), maqsad funktsiya, «qora yashik»ning chiqish ko`rsatkichlari yoki dinamik tizimning reaktsiyasi deb ataladi; X- kiruvchi ko`rsatkichlar (faktorlar) to`plami. Kiruvchi faktorlar argumentlar, kirish ko`rsatkichlari, «qora yashik» ning kirish ko`rsatkichlari yoki ob’yektga tashqi ta’sir etuvchilar deb ham ataladi; f{}- simvol jarayon (4.1.) tizimning matematik modelidir. Download 116,55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling