Windows Server 2003 ga mansub mahsulotlar oilasi Windows 2000 Server operatsion tizimi texnologiyasining eng yaxshi xususiyatlarini olgan. Windows Server 2003 texnologiyasi tarkibida server uchun mo‘ljallangan Windows OTdan foydalanuvchi kutgan xavfsizlik, ishonchlilik, erkin foydalanish va masshtablanish kabi muhim masalalarni yechish uchun foydalaniladigan hamma funksiyalar mavjud.
Windows Server 2003 ko‘p masalali operatsion tizim bo‘lib, markazlashtirilgan yoki tarqoq holda turli funksiyalar to‘plamini boshqarish xususiyatiga ega. Server bajaradigan vazifalariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
fayl serveri va bosmaga chiqarish serveri;
veb-server va ilovalar veb-serveri;
pochta serveri;
terminallar serveri;
masofaviy foydalanish serveri/virtual shaxsiy tarmoq serveri (VPN);
kataloglar xizmati, domen nomlar tizimi (DNS), bog‘lamalarni dinamik sozlash protokollari serveri (DHCP) va Windows Internet Naming Service (WINS) xizmati.
Windows Server 2003 ga mansub mahsulotlar oilasining afzalligi. Windows Server 2003 dan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega.
Ishonchlilik. Windows Server 2003 serverli Windows OT oilasidagi eng tez, ishonchli va xavfsiz operatsion tizim hisoblanadi. Tizimning ishonchliligi quyida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
integrallangan infratuzilish bilan;
ishonchlilik bilan;
erkin foydalanish bilan;
tarmoq infra tuzilishining masshtablanishi bilan.
Unumdorlik. Windows Server 2003 maksimal unumdorlik bilan tarmoq infratuzilishini ochish, boshqarish va qo‘llash imkonini beruvchi vositalarni taqdim qiladi.
Aloqa. Windows Server 2003 xodimlar, hamkasabalar, tizimlar va buyurtmachilar bilan o‘zaro aloqani yaxshilash uchun biznes-qaror infratuzilishini yaratishga yordam beradi.
Windows Server 2003 operatsion tizimining bir necha turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |