1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
LOYIHALASH TADBIRLARI
Loyihalashga asoslangan tadbirlar o’z ichiga bir qancha kompleks holdagi masalalarni oladi. Jumladan: a) shahar xududini zonalarga bo’lish; b) tabiiy changlarga qarshi kurashish; v) sanitariya-himoya chegaralarini tashkil qilish; g) turar joylar loyihalarini takomillashtirish;. d) turar joylarni ko’kalamzorlashtirish va boshqalar. Loyihalashga asoslangan chora-tadbirlar asosan chiqindilarni atmosfera havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan. Sanoat korxonalari shahar xududida to’g’ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya normlariga asoslangan holda qurilishi kerak. Sanoat korxonalari qurish uchun yer maydoni ajratilaetganda joyning relyefi, uning iqlim sharoiti, tumanlarning paydo bo’lib turish holatlariga ahamiyat byeriladi. SHahar xududini zonalarga bo’layotganda shamol yo’nalishini hi- sobga olish katta ahamiyatga ega. Odatda sanoat korxonalari yaxshi sha- mollatiladigan joylarga quriladi. Bu turar joylarni tutun va dud-lardan asraydi. SHamol yo’nalishi hisobga olinganda, o’rtacha yillik shamol yo’nalishi bilan bir qatorda yil davomidagi o’zgarishlar ham hisobga olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Odatda, sanoat korxona-lari joylashgan yerlarda qish faslida namlik yuqori darajaga etgan-da yer yuzasining ifloslanishi kutilmagan darajada yuqori bo’ladi. SHaharlarda changlarga qarshi kurashishning birdan-bir yo’li obodonlashtirish, ularni ko’kalamzorlashtirishdir. Ko’chalar ravon, asfal’tlangan bo’lsa, yo’llar chetiga ariqlar o’tkazilsa, manzarali va mevali daraxtlar o’tqazilsa chang ancha kam bo’ladi. Bulardan tashqari, korxonalar atrofida chiqindilar yig’ilib qolishiga 357 yo’l qo’ymaslik lozim. Sanitariya nazorati xodimlari bu borada tadbirkorlik bilan faoliyat ko’rsatishlari lozim, chunki yig’ilib qoladigan axlatlar yuqumli kasalliklar tarqalishiga sababchi bo’lishi mumkin. Bunday zonalarni tashkil qilishdan maqsad turar joylardagi aholi salomatligini saqlashdir. Himoya zonalarining katta-kichikligi sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar miqdoriga bog’liq. Sanitariya-himoya zonasi 5 turga bo’linadi: 1-turga taalluqli sanoat korxonalari uchun sanitariya-himoya chegarasi 1000 m; 2-turdagi sanoat korxonalari uchun 500; 3-turdagi sanoat korxonalari uchun 300; 4-turdagi sanoat korxonalari uchun 100 metr; 5- turdagi sanoat korxonalari uchun esa 50 metrni tashkil etadi. Zarur hollarda mazkur himoya masofalari uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Agar sanoat korxonalari qoshidagi havoni tozalash inshootlari yaxshi ishlamasa yoki tozalash inshootlari umuman bo’lmasa, joylardagi havo muallaq turadigan yoki tumanli bo’lsa himoya zonalari uzaytiriladi. Ayrim sanoat korxonalari, shuningdek, ba’zi ishlab chiqarish komplekslari, ximiya sanoati, neftni qayta ishlash, metallurgiya kombinatlari, issiqlik elektr stanciyalari bilan aholi turar joylari orasidagi himoya masofalari sanitariya-epidemiologiya Bosh boshqarmasi va Davlat qurilish komiteti tomonidan belgilanadi. Bunday xuquq boshqa respublikalardagi sanitariya, epidemiologiya Bosh boshqarmasi va jumhuriyat Davlat qurilish komitetlariga ham byeriladi. Sanntariya-himoya zonalari ko’kalamzorlashtirilishi zarur. SHunday qilinganda daraxtlar zararli moddalar uchun tabiiy to’siq vazifasini o’tab, chang, aerozol va boshqa ta’sirchan moddalarni o’zida ushlab qoladi. YAshil zonalar havodagi chang miqdorini 2—3 marta kamaytiradi. Ular havodagi sul’fit angidrid gazini o’ziga singdirib oladi va sul’fatlarga aylanadi. YAshil qalqonlar nafaqat changlarni, balki zararli gazlarni ham o’ziga 358 singdirib zararsizlantiradi. SHu sababli yashil zonalar tashkil qilinayotganda zararli gazlarga, kislota va ishqorlarga chidamli daraxtlar o’tkazish zarur. Sanoat korxonalari joylashgan atmosfera havosining ifloslanish darajasi yuqori bo’lgan joylarga mevali daraxtlar o’tkazmagan ma’qul. Sanitariya himoya zonasining 70% ini ko’kalamzorlashtirish mumkin. I, II, III darajali sanoat korxonalarining 10% maydonini garaj, kirxona, oshxona va hokazolar uchun, 20% maydonini esa yo’l va yo’lkalarga ajratish mumkin. IV va V darajali sanoat korxonalari, turar joylar oralig’idagi himoya masofasi ochiq qoldirilib, o’tloq.parga, daraxtlarga aylantirilishi maqsadga muvofiq. Sanitariya himoya zonasidagi daraxtlarga eng kuchli ta’sir etuvchi moddalar kimyo, ko’mir sanoati, shuningdek qora va rangli metallurgiya korxonalaridan ajralib chiqadigan sul’fit va sul’fat angidrid, vodorod sul’fit, ftor, ammiak, sul’fat azot, brom va boshqa shu kabi moddalardir. Sanitariya himoya zonasiga o’t o’chirish deposi, hammom, kirxona, garaj, omborlar, konstruktorlik byurolari, o’quv yurtlari, laboratoriyalar, garaj va boshqalarni qurish mumkin. Sanitariya himoya zonasiga havoni qo’shimcha ifloslantiruvchi ob’yektlar, shuningdek sport maydonlari, istirohat bog’lari, bolalar bog’cha va yaslisi, maktab, davolash-profilaktika va sog’lomlashtirish muassasalarini qurishga ruxsat byerilmaydi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling