1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


TURAR-JOYLAR HAVOSINI SANITARIYA JIHATIDAN NAZORAT QILISH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

TURAR-JOYLAR HAVOSINI SANITARIYA JIHATIDAN NAZORAT QILISH 
Atmosfera havosini nazorat qilish Davlat sanitariya xodimlari 
tomonidan bir qator qonuniy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ular 
davlatning qonuniy, direktiv hujjatlari, qaror va farmo-yishlari, yuqori 
tashkilotlarning buyruqlari, davlat standartlari, shuningdek SNiP, SN va 
boshqa hujjatlardir. Qabul qilingan Kon-stituciyaning 18-bandida shunday 
deyiladi. Hozirgi va kelajak av-lodning manfaatini ko’zlab insonni o’rab 
turgan muhitni yaxshilash, tabiiy boyliklardan, suv manbalaridan, yerdan, 
o’simlik va hayvonot dunyosidan oqilona, ilmny asosda foydalanish suv 
havzalarini, at- 
______________ 
*---harorat 400
0
S bo’lganda ishlatiladigan unifikaciyali apparat. 
**—ko’mir changini ushlovchi apparat. 
***—qurumni ushlab qoladigan moslama, 
****—sul’fat kislota bug’ini ushlab qoladigai moslama. 
mosfyera havosini ifloslanishdan saqlashning zaruriy tadbir va choralarini 
amalga oshirish zarur. 
Asrimizning 70-yillaridan boshlab atmosfera havosining muhofazasini 
kompleks ravishda olib borish davlat muassasa-larining maxsus vakillari 
tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan: 
1. Davlat gidrometeorologaya va tabiatni muhofaza va nazorat qilish 
davlat inspekciyasi. 
2. Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Davlat sanitariya-
epidemiologaya Bosh boshqarmasi. 
3. Ichki ishlar vazirligi, Davlat avtomobil inspekciyasi kabi 
tashkilotlarni ko’rsatib o’tish mumkin. 
YUqorida ko’rsatilgan idoralar o’zlariga yuklatilgan vakolatga asosan 


364
faoliyat ko’rsatadilar. 
Atmosfera havosining muhofazasi Davlat nazorati nizomida to’la-
to’kis aks ettirilgan. Bulardan tashqari, har bir idora va tashkilotlar uchun 
atmosfera havosining muhofazasi borasida bajariladigan vazifalar Davlat 
tomonidan tasdiqlangan nizomlarda aniq bayon etib o’tilgan. 
Bu vazifalar quyidagicha: 
1. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun chiqarilgan qonun, qoida 
va normalarning bajarilishini sanitariya nazoratiga olish. 
2. Aholi turar joylaridagi atmosfera havosi tarkibining yomonligani 
o’z vaqtida aniqlab, bu haqda ogohlantirish. 
3. Aholi turar joylari havosining uning turmush sharoitiga, sihat-
salomatligiga ta’sirini o’rganish va unga choralar ko’rish. 
Bu vazifalaryai amalga oshirish uchun sanitariya vrachlari o’z mehnat 
faoliyatlari davomida ogohlantirish va kundalik sanitariya nazoratini 
amalga oshiradilar. Ogohlantirish sanitariya nazorati ilmiy asosda, 
sinchkovlik bilan, qonun va qoidalardan to’g’ri foydalangan holda olib 
borilsa, kundalik sanitariya nazoratini o’rnatish oson bo’ladi. 
Ogohlantirish sanitariya nazorati yangi quriladigan sanoat korxonalari, 
qishloq xo’jalik ob’yektlari, kengaytirishga mo’ljallangan yer 
maydonlariga baho berish va ularga xulosa yozishdir. Bunday vazifaning 
sanitariya-epidemiologiya stanciyasi tomonidan bajarilishi sog’liqni 
saqlash to’g’risidagi qonunning 20-bandida ifodalangan. Sanitariya vrachi 
xulosa yozishdan oldin quyidagi masalalarni ko’rib chiqishi va ularni 
to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlashi shart. 
1. Aholi turar joylari yaqiniga qurilgan ob’yektlar bilan turar joylar 
oraligidagi funkcional zonalarning gigienik jihatdan to’g’ri-noto’g’riligini 
aniqlash. 
2. Atmosfera havosiga tushadigan chiqindilar tarkibidagi zararli 
moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini aniqlash, kelajakda ularning 
kimyoviy tarkibi o’zgarishini belgilash. 


365
3. Sanitariya-himoya zonasini tashkil qilish va ularning masofa-larini 
aniqlash. Bunda ob’yektlar qaysi sinflarga bo’linishini hisobga olish. 
4. Oldindan atmosfera havosining aslidagi tarkibini va unga 
qo’shiladigan ifloslanishni hisobga olish, zararlangan havoning odam 
organizmiga biologik ta’sirini inobatga olgan holda hisob-kitob qilish. 
5. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun ishlab chiqilgan tadbir-
choralar kelajakda zararli moddalarga ishlab chiqilgan ruxsat etiladigan 
miqdorni ta’minlay oladimi yoki yo’qmi ekanligini aniqlash. 
Ogohlantirish sanitariya nazoratining birinchi bosqichi shulardan 
iborat. 
Sanitariya nazoratining keyingi bosqichi —- ob’yektlarni qurish va 
qayta ishlash, ularni kengaytirish uchun ishlab chiqilgan loyihalarni 
sinchkovlik bilan tekshirish va xulosa yozish hisoblanadi. 
Barcha loyihalar sanitariya muassasalari tomonidan ko’rib chiqilishi 
shart emas. Agar ishlab chiqarilgan loyihalar sanitariya normalari va 
qoidalariga zid bo’lsa, sanitariya organlari tomonidan qayta ko’riladi va 
obdon o’rganilib, so’ngra xulosa yozib byeriladi. 
Sanitariya vrachi loyihalarni izchillik bilan ko’rib chiqadi, ularni 
atroflicha o’rganib, belgilangan limit asosida unga xulosa yozadi. U faqat 
bitta loyihani tanlab, uni atroflicha o’rganib unga xulosa yozadi. Bunday 
tadbir qonunga xilof hisoblanmaydi. 
Ogohlantirish sanitariya nazoratining uchinchi bosqichdagi vazifasi 
qurilib bitkazilgan ob’yektlarni foydalanishga topshirish hisoblanadi. U 
sanitariya vrachi ishtirokida bajariladi. 
Sanitariya vrachlari ishchi va davlat komissiyasi a’zolariga 
qo’shiladilar va bunda faol qatnashadilar. Ular komissiya a’zosi sifatida 
aholi turar joylaridagi atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish uchun 
ishlab chiqilgan tadbir-choralarning bajarilishini tekshiradilar. Barcha 
mo’ljallangan ishlar loyiha asosida bajarilganini davlat komissiyasi a’zolari 
ko’rib, ishonch hosil qilganlarvdan so’ng uni akt bilan hujjatlashtiradilar. 


366
Ogohlantirish sanitariya nazorati faoliyatidagi eng mas’uliyatli 
ishlardan biri rayon loyihasiga va uning sxemalariga, shahar va ishchi 
posyolkalarining qurilish loyihalariga, ayniqsa atmosfera havosini himoya 
qilish to’g’risidagi qonunlarning bajarilishiga xulosa yozish hisoblanadi. 
1971 yilda tasdiqlangan (SN-245-71) «Sanoat korxonalarini 
loyihalashning sanitariya normalari»ga asosan sanitariya-himoya zonalari 
va mazkur zonalarga joylashgan ob’yektlar tekshiriladi. 
Lozim topilsa, chiqindilarning havoda tarqalishi tekshiriladi. Ular 
(SN-369-74) sanitariya normalari bo’yicha bajariladi. Mo’ri dudburonlari 
balandligini aniqlash ham muhim hisoblanadi. 
Barcha texnologik jarayonlar vaqtida korxonalardan ajralib chiqadigan
chiqindilar miqdori hisobga olinadi. Loyihada tozalash 
inshootlarining ishlash usuli, agregatlarning soz va nosozligi ham inobatga 
olinadi. 
Mabodo loyihada birorta kamchilik topilgudek bo’lsa, unday loyiha 
qayta ko’rib chiqishga qaytariladi. Agar loyihada ko’zga ko’rinarli 
kamchiliklar topilgudek bo’lsa, u holda loyiha rad etiladi. 
Qurilish qanday ketayotganini sanitariya nazorati xodimlari kuzatib 
boradilar, kamchiliklar kelishilgan holda tuzatiladi. Ob’yekt foydalanishga 
topshirilishidan oldin uning sanitariya-texnik holati yoritilishi, 
ventilyaciyasi va boshqalar bir necha bor yaxshilab tekshirilishi zarur. 
Ularning normal ishlashiga ishonch hosil qilgandan so’ng mazkur ob’yekt 
davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinishi mumkin. 
Atmosfera havosini tekshirish uchun namunalar turar joylarning turli 
zonalaridan olinadi. Mabodo olingan ma’lumotlar gigienik jihatdan talabga 
javob byermasa qo’shimcha tadbirlar ko’riladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling