1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


TUPROQNING ASOSIY XUSUSIYATI VA GIGIENIK AHAMIYATI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

 
TUPROQNING ASOSIY XUSUSIYATI VA GIGIENIK AHAMIYATI 
Tuproqning 90 ga yaqin turi olimlar tomonidan aniqlangan. 7 turdagi 
tuproq ko’proq tarqalgan. 
Tuproqlar foydalanilishiga qarab 3 turga bo’linadi: 
1. Turar joylardan tashqaridagi tabiiy tuproq. Bunday tuproqdan 
qishloq xo’jaligi ekinlarini ekishda, qurilishlarda foydalaniladi. 
2. Turar joylar uchun ishlatiladigan sun’iy tuproq. Bunday tuproqlar 


372
qatoriga aholi turar joylarida hosil bo’ladigan, sanoat korxrnalaridan 
chiqadigan axlat va chiqindi aralash tuproqlarni kiritish mumkin. Bunday
tuproqlar turar joylarning madaniy qavati deb yuritiladi. 
29-rasm. Gofman chegarasi. 
1 — bug’lanish chegarasi; 2 — fil’trlanish chegarasi; 3 
— suqlikning kapillyar bo’ylab ko’tarilish chegarasi; 4 
suv tashuvchi chegara
5 — suvbardosh chegara. 
3. Tuproqlarni sun’iy qoplama, ya’ni 
asfal’t, beton va shag’al bilan qoplash. 
Tuproqlar mexanik tarkibiga qarab 
sinflarga bo’linadi. Tuproqning mexa-nik 
tarkibini o’rganish uning fil’tr-lash 
xususiyati, havo o’tkazuvchanligi va 
boshqalarni o’rganish uchun zarur. Tup-
roqning mexanik tarkibi quyidagicha: 
qumli, qum tuproqli, qumoq tuproqli 
bo’ladi. 
Gigienistlar uchun tuproqning eng 
yuqorigi qavati katta ahamiyatga ega. 
Tuproqning 25—-30 sm li yuqorigi qavati 
haydalib, unga qishloq xo’jalik ekinlari 
ekiladi. SHu qavat orqali atmosfera havosi, 
qishloq xo’jalik ekinlari ifloslanadi. YUza 
suv havzalari, yer osti grunt suvlari ham 
yuza tuproq qatlamidan ifloslanadi. Yerning shu qavatida tup-roqning o’z-
o’zini tozalash jarayoni jadal o’tadi. Tuproqning undan chuqurroq qavati 
ham ancha ahamiyatli. Bu qavatda organik moddalar, axlat va chiqindi 
suvlar zararsizlantiriladi. Tuproqning shu qavatiga kanalizaciya, 


373
vodoprovod trubalari yotqiziladi, grunt suvlaridan foydalanish uchun 
quduqlar kovlanadi, binolarning poydevori qo’yiladi. 
Tuproq qavatida suvlarning shakllanishi ro’y byeradi. Bu qavat 
Gofman zonasi deb ataladi. Suv tuproqning eng yuqori qavatida 
fil’trlanadi.— bu bug’lanish zonasi bo’lib, uning qalinligi 1 metr atrofida 
bo’ladi. Organik moddalarga, gumusga boy shu qavatda o’simliklar ildiz 
otadi, iddizlar suvni so’rib, tuproqning bug’lanishining oldini oladi yoki 
kamaytiradi. Lekin sholi, kunga-boqar kabi o’simliklar borki, ular 
tuproqdagi namni bug’latib, tuproqni namsiz holatga olib keladi. 
Suv bug’lanish zonasidan fil’traciya zonasiga o’tib fil’trlanadi. Bu 
tuproqning eng kuchli qatlami bo’lib, unda fil’trlangan suv ishlanishi 
mumkin. Qatlamning suv shimish xususiyatiga qarab har bir m
3
tuproqda 
150 dan 350 litrgacha suv ushlanishi mumkin. Bu qatlamning qalinligi
1—2 metr bo’lib, yog’in suvlari shu yerda ushlanib qoladi. Qatlamdagi
g’ovaklar yog’in suvlari bilan to’lgandan so’ng, ortiqcha suvlar tuproqning 
pastki qavatiga fil’trlanib o’tadi. Ular qatlamning suv 
o’tkazmas joyida to’planib, yer osti suvlarini (quduq suvlari) hosil qiladi. 
Yer osti suvlarining bir qismi ingachxa suv yo’li naychalari orqali yuqoriga 
ko’tariladi, bu tuproqning nechog’li g’ovakligaga bog’liq. Bu suvning 
kapillyarlar bo’yicha ko’tarilish zonasi deyiladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling