1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
ATMOSFERA HAVOSINING KUNDALIK SANITARIYA NAZORATI
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
ATMOSFERA HAVOSINING KUNDALIK SANITARIYA NAZORATI
Atmosfera havosining tozaligini ta’minlash uchun kundalik sanitariya 367 nazorati o’rnatish zarur. Buning uchun: 1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi barcha manbalar va tozalash inshootlari hisobga olinadi. 2. Tozalash inshootlarining holati vaqt-vaqti bilan tekshirib turiladi. 3. Mabodo tekshirish vaqtida qonunga xilof ishlar kuzatilsa, ularga qarshi choralar ko’riladi. 4. Sistemali ravishda atmosfera havosining kimyoviy tarkibi tekshirib turiladi. Turar joylar havosining zararli moddalardan ifloslanishining oldini olish uchun quyidagilar chuqurroq o’rganiladi va nazorat ostiga olinadi: a) atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo’ladigan texnologik jarayonlar; b) texnologik jarayonlar o’zgarganda yoki chiqindilarni tozalash usullariga o’zgartishlar kiritilganda; v) korxona ishlab turgan davrda chiqindilarni tozalash va zararsiz holatga keltirish usullari o’zgartarilganda; g) korxonaning ishlab chiqarish quvvati oshirilganda; d) aholi turar joylariga iflos chiqindilar: gaz, chang, qurum va boshqa omillarning tarqalishi va mazkur moddalarning havodagi miqdori; e) chiqindilarning havo orqali mazkur joylarda yashovchi aholi sog’lig’iga, ularning sanitariya holatiga, o’simliklarning o’sishiga, iqlim sharoitiga ta’siri; j) atmosfera havosini muhofaza qilish yo’lida olib borilayotgan ishlarning nechog’li samara byerayotganligi va boshqalar. Kundalik sanitariya nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida sanoat korxonalarida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: 1. Gigiena jihatidan talabga javob byeradigan uskunalar ishlatilishi mumkin. 2. Texnologik jarayonlar vaqtida ishlatiladigan quvurlarni mustahkam qilib byerkitish, ular orqali gaz, chang, aerozol, qurum va boshqa zararli omillarning atmosferaga ajralib chiqishining oldini olish. 3. Xom ashyo va reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy 368 moddalardan rasamadi bilan foydalanish. 4. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qadoqlash (qoplarga joylash) va boshqa jarayonlar avtomatlashtirilishi zarur. 5. Umuman ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizaciyalashtirish zarur. 6. Texnologik jarayonlarni byerk sistemaga o’tkazish, iloji boricha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik zarur. Mahsulotlar changiydigan bo’lsa, ularni donachalarga aylantirish kabi tadbirlar havoning chang bilan zararlanishining oldini oladi. 7. Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlash hisoblanadi. VI BOB Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling