1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Tuproqni ifloslantiruvchi manbalar. Tuproqning ifloslanishiga
insonning hayot faoliyati davomida hosil bo’ladigan turli chiqindilar, xo’jalik va sanoat chiqindilari sabab bo’ladi. Ular organik va noorganik moddalarga, yuqumli kasallik tarqatuvchi manbalarga aylanib qoladi. Ifloslantiruvchi moddalar ochiq suv havzalarini, yer osti suvlarini zararlaydi. Ular qishloq xo’jalik ekinlari orqali hayvonlar va odamni zararlashi mumkin. Xo’jalik chiqindilari anaerob sharoitda chiriy boshlaydi. Bio-ximik reakciyalar oqibatida qo’lansa hidli vodorod sul’fid, am-miak, indol, skotol, myerkaptan kabi zaharli moddalar hosil bo’ladi. Ular atmosfera havosini ifloslantiradi. CHiriyotgan axlatda yoz kunlari pashsha ko’payadi. Ular o’z navbatida turli infekcion kasalliklar tarqalishiga yordam byeradi. Tuproqni ifloslantiruvchi, kasallik chaqiruvchi mikrofloralarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin. 381 1. Odamlardan ajraladigan, boshqa shaxslarga ifloslangan tuproq yoki oziq-ovqatlar orqali o’tadigan biologik omillar. 2. Hayvonlardan ajraladigan va tuproq orqali odamga to’g’ridan- to’g’ri o’tadigan biologik agentlar. 3. Ba’zi patogen mog’orlar, botulizm tayoqchalari va boshqalar tuproqda yashovchi tabiiy mikroorganizmlardir. Tuproq keyingi vaqtda zaharli moddalar bilan kuchli ifloslanmoqda, bular sanoat korxonalaridan chiqadigan qattiq va suyuq chiqindilardir. Masalan, rangli metallurgiya sanoatidan rangli metall tuzlari- mashinasozlik korxonalaridan — cianidlar, byerilliy birikmalari, margimush; plastmassa ishlab chiqarish korxonasidan benzin, efir, fenol, metilakrilat; azot ishlab chiqarish zavodidan polistirol, xlorbenzol, kancyerogen smolalar; cellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish sanoatidan fenol, metil spirti, skipidar va boshqalar ajralib chiqadi. Bularning hammasi atmosferaga ko’tarilib, mazkur joy havosini ifloslantiradi. Hamma zaharli chiqindilarni sanab o’tish qiyin. Lekin shunga qaramay, iloji boricha havoni ifloslantiruvchi manbalar sonini kamaytirish yoki unga qarshi choralar ko’rish zarur. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling