1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
TURAR JOYLARNI AXLATLARDAN TOZALASHNING GIGIENIK VA
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogen mikroblarning tuproqda yashash muddati Kasallik qo’zgatuvchi infekciyalar CHiqindilar YAshash muddati (kun hisobida)
TURAR JOYLARNI AXLATLARDAN TOZALASHNING GIGIENIK VA
EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI SHahar, posyolka va qishloqlardagi turar joylarni toza tutishning epidemiologik va gigienik ahamiyati juda katta. Turar joylarning tozaligi, ko’kalamzorlashtirilganligi turli yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam byeradi. Turar joylar tozaligini ta’minlash uchun bir qancha tadbirlar ishlab chiqilgan. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya nazoratining roli katta. SHahar, posyolka va qishloqlarning aholi yashaydigan joylari ko’pincha turli xo’jalik chiqindilari va axlatlar bilan ifloslanadi. Bu tuproqlarning patogen mikroblar bilan ifloslanishiga yordam byeradi. Aholi turar joylarini toza tutish uchun axlatlar o’z vaqtida yig’ilishi, ular o’z vaqtida olib chiqib ketilishi va zararsiz holatga keltirilishi zarur. Qog’oz, latta, paxta, temir, shisha va oyna kabi chiqindilar alohida yig’ilgani ma’qul. 37-j a d v a l Patogen mikroblarning tuproqda yashash muddati Kasallik qo’zgatuvchi infekciyalar CHiqindilar YAshash muddati (kun hisobida) 1 2 3 386 Vabo vibrioni Qorin tifi tayoqchasi Paratif tayoqchasi Ichburug tayoqchasi Tubyerkulyoz mikrobi Kuydirgi tayoqchasi Najasda Hojatxona chiqindisida CHiqindi suvlarda Najasda Hojatxona chiqindisida CHiqindi suvlarda Oshxona chiqindilarida Uy supurindisida Oshxona chiqindilarida Uy supurindisida Oshxona chiqindilarida Uy supurindisida Balg’amda Uy supurindisida 20—210 7—12 2—15 30—100 30—150 6 4 42 24 107 5 24 120—200 80 Axlatlar o’z vaqtida zararsizlantirilmasa, tashqi muhitni zararlashi mumkin. Uy-xo’jalik chiqindilari, oziq-ovqat chiqin-dilari, yuvindi suvlar va boshqalar juda ko’p organik moddalarni ushlagani uchun ular tez chiriy boshlaydi. Oqibatda turli gazlar; ammiak, vodorod sul’fid, metan, indol, skatol va boshqalar paydo bo’ladi. YOg’ingarchilik vaqtida axlatlar yer yuzasidan yuvilib daryolarni, kichik ariq suvlarini, ko’llarni ifloslantiradi. Suyuq chiqindilar yer osti suvlariga sizilib o’tib ularni ifloslantirishi mumkin. Ba’zan chiqindi – axlatlarda ham turli mikroorganizmlar topilishi mumkin. Ular uzoq vaqt yashaydi. Bular qorin tifi, paratif, ichburug’, tubyerkulyoz, kuydirgi va boshqa mikroorganizm-lardir. Poliomielit va Botkin kasalligini tarqatishda pashshalarning roli katta. Ular axlatda ko’payadi. Axlat va chiqindilarning to’planib turishi faqatgana turli infekcion kasalliklarni keltirib chiqarmay, balki odamning ko’nglini xira qiladi. SHahar husnini buzadi. Axlatlardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan: uy axlatlaridan ikkinchi darajali xom ashyo olish mumkin. b) axlat yoqish o’choqlaridan ko’p miqdorda issiqlik enyergiyasi, shlak va boshqa chiqindilar ajralib chiqadi. Ulardan xalq xo’jaligida, 387 qurilishda foydalanish mumkin. v) oziq-ovqat chiqindilaridan fyermalarda ozuqa sifatida foydalaniladi. g) najas va go’nglar o’simliklar uchun qimmatbaho o’g’it hisobla- nadi. Ularning tarkibida fosfor, kaliy va azot bor. 38-jadval Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling