1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mukammallashtirilgan axlatxonalar
CHiqindi-axlatlarni
issiqxonalarda (parniklarda) zararsizlantirish. CHiqindi-axlatlarni olimlarning isbotlashicha bemalol issiqxonalarda zararsizlantirish mumkin. Axlatlar tosh, temir, latta, oyna siniqlaridan tozalangach issiqxonalarga (parnik) fevral’ — mart oylarida solinadi. Axlatdagi bioximik jarayonlar ekzotyermik holda o’tishi natijasida hosil bo’lgan yuqori harorat issiqxonani isitadi, bu issiqlikdan unumli foydalanib, unga turli erta pishar ekinlar ekish mumkin. 399 Axlatdan hosil bo’lgan chirindi o’simliklar uchun yaxshi ozuqa bo’ladi. Bu usuldan faqat bahor va qish oylarida foydalanish mumkin. Mukammallashtirilgan axlatxonalar. SHu narsa ma’lumki, aholi turar joylardan yig’ilgan axlatlardan har doim ham qishloq xo’jaligida foydalanilmaydi. SHuning uchun ham ortiqcha axlatlarni zararsiz holatga keltirish maqsadida mukammallashtirilgan axlatxonalarni shahardan 1000 metr uzoq masofada quriladi. Axlatxonaga ko’milgai axlatlar ustidan 0,25—0,5 metr qalinlikda tuproq yotqiziladi. Bu, axlatlarni pashshadan, atrof muhitni esa noxush hidlardan asraydi. Tuproqqa ko’milgan axlatda bioximik jarayonlar bo’lib o’tadi. Bu jarayonlar harorat ko’tarilishiga bog’liq holda bo-radi. Harorat bunda 60—70°S ga ko’tarilib, organik moddalar gumusga aylanadi, patogen mikroblar va gijja tuxumlari qiriladi. Mukammallashtirilgan axlatxonalar to’ldirilgandan so’ng ular ustiga tuproq tortilib, tekislanadi, so’ng daraxtlar ekiladi. So’nggi yillarda axlatlarni mexanizmlar yordamida qayta ishlash uchun maxsus zavodlar qurilmoqda. Masalan, yiliga 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodi Sankt-Petyerburgda qurilgan. Bu zavodni loyihalashda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ishga tushirilgan «Dono», «Sifal’» «Djon-Tompson» firma loyihalaridan va tajribalaridan foydalanilgan. Zavodda hishloq xo’jaligi uchun azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi. Zavodda axlatlarni qabul qilish va xillarga ajratish bo’limlari bo’ladi. Zavodga keltirilgan axlatlar temir-tyersak, toshlardan va boshqa narsalardan tozalangach biobarabanlarga (diametri 4 m, uzunligi 60 metrli) solinadi. Biobarabanlarda axlatlar 1—3 kun shamollatiladi, so’ng ma’lum darajada namlik byerilgach, biobaraban aylanib ularni aralashtiradi. Aylanish natijasida chiqindilar qizib ularning harorati 50—60° S ga ko’tariladi. Bu tyermofil mikroblarning va organik moddalarning birgalikdagi bioximik jarayonlari natijasida yuzaga keladi. Harorat 50—60°S ga ko’tarilganda patogen mikrofloralar va gel’mint 400 tuxumlari qirila boshlaydi. SHu yo’l bilan axlat kompostga, deyarli zararsizlangan chirindiga aylanadi. Albatta, bunda umumiy mikroblar soni kamayadi, koli-titr 0,1—0,01 ga keladi, pyerfrings titri ham ko’tariladi. Ammo bu usulda axlatni zararsizlantirish darajasi yuqori bo’lmaydi. SHuning uchun bunday kompostlarni qo’shimcha kolxoz yer maydonlarida g’aramlar tashkil qilinib zararsizlantiriladi va etiltiriladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling