1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
CHiqindi-axlatlarni yoqish yo’li bilan zararsizlantirish
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
CHiqindi-axlatlarni yoqish yo’li bilan zararsizlantirish. Bu
usulning boshqalaridan afzalligi shundaki, bunday zararsizlantirilgan chiqindi-axlatlar epidemiologik, gigienik tomondan xavf tug’dirmaydi. SHu bilan birga chiqindi-axlatlarni uzoq masofaga olib borish uchun ketadigan transport xarajatlari tejaladi hamda bu usulda chiqindi-axlatlar tez va tugal zararsizlantiriladi. Axlat yonishidan hosil bo’lgan issiqlik, shlak va bug’lardan xalq xo’jaligida foydalanish mumkin. Axlat yoqish zavodlarini qurish quyidagi-hollarda tavsiya qilinadi. 1) katta shaharlarda axlat miqdori juda ko’p bo’lganda, yer maydonlarini ajratish qiyin bo’lsa hamda axlatxonalar shahar xududidan ancha uzoq bo’lganda; 2) dam olish uylari qurilgan shaharlarning chiqindilarini tez yo’qotish maqsadida; 3) sanoat korxonalari joylashgan joylarda, ko’mir ishlatiladigan joylarda hosil bo’ladigan axlatlar tarkibida juda ko’p yonmagan ko’mir chiqindilari bo’lsa; 4) epidemiologik jihatdan xavf tug’diradigan shifoxona, sanatoriy, vetyerinariya muassasalari va boshqalarning chiqindi-axlatlarini kuydirib zararsizlantirish tavsiya etiladi; CHiqindi-axlatlarni yoqish yo’li bilan zararsizlantirishda ular quruq, yangi, chirimagan, namligi 45% dan yuqori bo’lmasligi, hosil bo’ladigan kul 45% lar atrofida bo’lishi kerak. Hozir respublikamizda kam va shu bilan birga ko’p miqdordagi 401 chiqindi-axlatlarni yoquvchi stanciyalar mavjud. SHuningdek markaziy shaharlarda sutkasiga 600—700 tonnagacha axlat yoquvchi maxsus zavodlar bor. Bunday zavodlarni aholi turar joylaridan 300—500 etr uzoqroqda qurish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy texnika bilan jihozlangan zavodlar o’chog’ida chiqindilar 1000°S — 1300°S da yondiriladi. Axlat bunday haroratda yonganda tutun chiqmaydi, kuli esa maxsus kul ushlagichlar yordamida ajratib olinadi. CHiqindilar yonishidan hosil bo’lgan issiqlikdan hammomlarni, kirxonalarni isitishda yoki elektr enyergiya olish uchun foydalanish mumkin. 1 kg chiqindi-axlatdan 0,5—1,0 kg bug’ hosil bo’ladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling