1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Planli tozalashni uyushtirish
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XO’JALIK CHIQINDI-AXLATLARINI YIG’ISH VA ULARII CHIQARIB TASHLASHNI UYUSHTIRISH
Planli tozalashni uyushtirish. Bunda hovli-joylarda yig’ilgan chiqindi-
axlatlar sanitariya talablariga asosan planli ravishda, do- im bir vaqtda maxsus transportlar yordamida olib chiqib ketiladi. Bunda turar joylarning sanitariya holatini saqlash shu yerda yashovchilar va turar joylarni boshqarish idoralarining boshliqlari zimmasiga tushadi. Tozalashni planli ravishda uyushtirish anchagina tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun har bir turar joydagi aholi sonini, paydo bo’ladigan chiqindi-axlatlar miqdorini aniqlash, ularni kerakli jihozlar bilan jihozlash zarur bo’ladi. Axlat, tashiydigan mashikalar, axlat yigish uchun maxsus idishlar va ishchilar bilan ta’minlash ham ular zimmasiga yuklatiladi. XO’JALIK CHIQINDI-AXLATLARINI YIG’ISH VA ULARII CHIQARIB TASHLASHNI UYUSHTIRISH Xo’jalik chiqindi-axlatlarini yig’ish va chiqarib tashlash turar joy sharoitiga qarab alohida-alohida hal qilinadi. Yil boshida plan tuzilib, bu plan hozir va kelajak uchun mo’ljallanadi. Plan tuzishda kommunal xo’jalik idoralarining texnik anjomlar bilan jihozlanganligi, turar joylarning obodonlashtirilganligi, chiqindilar olib borib tashlanadigan joylarni aniqlash, turar joylar orasidagi masofalarni aniqlash va boshqalar hisobga olinadi. Hozirgi vaqtda bu maqsadlar uchun konteynyerlar va maxsus axlat yig’ish sietemasidan foydalaniladi. Konteynyer sistemasida bajariladigan hamma og’ir ishlar mexanizmlar yordamida bajariladi. Axlatga to’lgan konteynyerlar ko’tarish kranlari bilan konteynyer 394 tashuvchi maxsus mashinalarga ortiladi, axlatlar birin-ketin mashina platformasini bir tomonga qiyshaytirgan holda bo’shatiladi. Qattiq axlatlar hajmi 0,12—0,25 t/m 3 ga teng bo’lsa, konteynyerlar hajmi 0,75 m 3 bo’lishi kerak. 0,6 t/m 3 ozuqa chiqindi uchun 0,55 m 3 li. konteynyer kerak bo’ladi. Bunday sistema ko’p qavatli binolar uchun mo’ljallangan. Aholisi kam rayonlarda axlat mashinasi kira olmaydigan ko’chalarda axlatlar baklarga yig’iladi va maxsus mashi-nalarga ortiladi. O’rtacha, kichik, transport qatnovi kam shaharlarda chiqindi axlatlar to’g’ridan-to’g’ri mashinalarga ortiladi. Bunday sistemada xonadonlardan chiqqan axlatlar ma’lum vaqtda, grafik bo’yicha mashinalarga ortilib olib ketiladi. Bunda axlatlar xonadondagi idishlarga yig’iladi. Bu aholi uchun ancha qulay usul hisoblanadi. Ammo tajriba shuni ko’rsatadiki, mashinalar o’z vaqtida kelmaydi, natijada axlatlar haftalab ko’chada qolib ketadi. Bu bir tomondan kommunal xo’jalik xodimlarining javobgarlikni his qilmasligi bo’lsa, ikkinchi tomondan sanitariya-epidemiologiya standiyasi xodimlari nazoratining kuchsizligidir. Keyingi yillarda konteynyer tashiydigan zamonaviy M-9, M-30 markali, axlat tashiydigan M-50, KO-40, M-585, M-93 markali hamda ko’cha supuradigan mashinalar mavjud. CHiqindi axlatlarni zararsiz holatga keltiradigan joylar uzoq bo’lsa, unda axlatlar rayonlararo axlat yig’iladigan joyga to’planadi va katta axlat tashuvchi mashinalarga qaytadan ortilib rayonlararo zararsizlantirish ob’yektlariga olib boriladi. Keyingi yillarda ko’pgina shaharlarda yig’ilgan axlatlarni havo yordamida ma’lum masofaga haydaydigan byerk truboprovodlar ishlab chiqildi. Bu usul ishchilar qo’l mehnatini ko’p talab qilmaydi, axlatni ortish va tushirish avtomatlashtirilgan bo’ladi. Bunday sistema yordamida yiliga 500 000 m 3 axlat olib chiqib ketiladi. Bunday sistemadan mikrorayonlarda 395 foydalansa bo’ladi, epidemiologik va sanitariya nuqtai nazaridan juda ishlatsa bo’ladigan sistema. Bir sutkada axlat yig’ish va zichlash uchun mo’ljallangan joyga vakuum trubalari orqali 3—4 marotaba axlat oqizish mumkin. Kelajakda bunday sistemalardan keng foydalanish ko’zda tutiladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling