1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
AXLATLARNI ZARARSIZLLNTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axlatlarni kompostlash
AXLATLARNI ZARARSIZLLNTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH
Aholi turar joylaridan chiqadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash inson sog’lig’iga zararli ekani gigiena fani tomonidan isbotlangan. Lekin shunga qaramasdan bu masalaga befarq qarab kelinmoqda. Axlatxonalarda axlatlarni zararsizlantirmay ulardan foydalanib bo’lmaydi. Axlatlarni ikki yo’l bilan zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin: a) biotyermik usul, axlatni kompost qilish, ya’ni axlatni maxsus axlatxonalarda zararsizlantirilib, so’ng ulardan parniklarda foydalanish; b) axlatki kuydiradigan, xillaydigan zavodlarda zararsizlantirish; Biotyermik usul tuproq bilan zararsizlantirish usuliga o’xshaydi, bunda organik moddalarning bioximik parchalanish jarayonlari mikroorganizmlar hisobiga bo’ladi. Axlatlarni kompostlash. Bu murakkab aerobli biologik jarayon bo’lib, bu jarayonda organik moddalarning tez chiriydigan qismi, o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladigan minyeral moddalarga parchalanadi. Jarayon chirindi hosil bo’lishi bilan tugaydi. Tabiiy holatda kompost jarayoni bir yil davom etishi mumkin. Mexanizmlar yordamida esa ikki-uch kunda tugashi mumkin. Agar kompostlash uskunalari to’g’ri loyihalangan bo’lsa, unda axlatlarning tyermofil mikroblar yordamida harorati oshib, qattiq axlatlar yaxshi zarar-sizlantiriladi. Kompost usulida axlatning harorati 60—75°S ga ko’tarilib, undagi inson organizmiga zararli bo’lgan va uning sog’ligiga xavf tug’diruvchi barcha mikroorganizmlar o’z-o’zidan qiriladi. 396 CHiqindi axlatlarni zararsizlantirishda eng asosiy omillar axlatning tarkibiy qismi, uning fizik xususiyatlari, namligi, shamollatish tartibi, harorati hisoblanadi. 30 - rasm. Axlatni kompostlash maydoni. 1 — kompost maydoniga keladigan yo’l; 2 — tosh bilan shibbalangan yo’l; 3 — o’tish ko’priklari; 4 — suvlarni oqizib ketuvchi kanallar; 5 — kompost g’aramlar; 6 — ik-kinchi darajali xom ashyo; 7 — mashina va asbob- uskunalar; 8 — xo’jalik maydoni. Kompostlashning biotyermik jarayonida uch bosqich kuzatiladi: 1) haroratning ko’tarila borishi; 2) haroratning juda yuqori darajaga ko’tarilishi; 3) haroratning asta-sekin pasaya borishi. Birinchi bosqichda sporasi bo’lmagan mezofil mikroorganizmlar jadal ko’payavyeradi. Ularning yashashi va ko’payishi uchun 25—30°S eng qulay harorat hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar uchun issiqlik enyergiyasini axlat tarkibidagi parchalanayotgan organik birikmalar, ya’ni 397 karbon suvlar, organik kislotalar, oqsillar va boshqalar byeradi. Demak, kompostlashning birinchi bosqichida harorat sekin-asta ko’tarilib, organik moddalarning parchalanish jarayoni boshlanadi. Bu bosqichda ayni shu haroratga moslashgan sporali tyermofil mikroorganizmlarning ko’payishiga va rivojlanishiga sharoit tug’iladi. Mezofil mikroblar o’z-o’zidan qirila boshlaydi. Tyermofil mikro-organizmlar esa taxminan 42—45°S da ko’paya boradi. Kompostlashda haroratning ko’tarilishi bir kundan o’n kungacha davom etishi mumkin. Kompostlash jarayonining ikkinchi bosqichi-da yuqorida aytganimizdek harorat ko’tarila borib mezofil mik-roorganizmlar tyermofil mikroblarining ko’payishiga sharoit tug’diradi. Bunday sharoitda bu baktyeriyalar tez rivojlanib, harorat har 10°S ga ko’tarilganda ularning ko’payishi ham 2—3 barobar ortib boradi. Bu jarayon kompost harorati 70°S ga ko’tarilguncha davom etadi. Kompostlashning uchinchi bosqichida harorat sekin-asta pasaya bo- radi, ammo mikroorganizmlar soni kamaymaydi. Agar axlat tarki-bini ko’proq oziq-ovqat chiqindilari tashkil qilsa va uning namligi 65% bo’lsa bunday axlatni kompostlash yo’li bilan zararsizlantirib bo’lmaydi. CHiqindi axlatlarda namlik bo’lsa, ularda shamollash jarayoni buziladi. SHuning uchun ham chiqindi-axlatlarning namligi 45—55% atrofida bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Kompostlash maydonlari shahardan tashqarida yoki aholi turar joylaridan 500 metr uzoqlikda sanitariya-himoya chegarasida joylashtiriladi. Kompostlash maydoni tekis, yog’ingarchilik vaqtada suv bosmaydigan bo’lishi kerak. Kompost maydonlarining atrofi halqob suvlar oqib ketadigan aylanma ariqlar bilan o’raladi. Ariqlar cheti 25—30 sm ko’tarilgan bo’lib, kompost g’arami atrofiga manzarali daraxtlar ekiladi. 398 Har bir 1000 aholiga 0,13 ga yer maydoni kerak bo’ladi. Axlat g’aramlarini tashkil qilish uchun yer maydonlari oldindan rejalashtiriladi. Bu maydonning uzunligi 25—30 metr, eni — 3 metr bo’ladi. G’aramning balandligi esa 1—1,5 metr bo’lib, kompost tagiga shox-shabba yoki hashak yoyilib uning ustiga axlat bosiladi (30-rasm). G’aram faqatgina axlatlardan iborat bo’lib, usti va yon atrofi 15—20 sm qalinlikda tuproq bilan byerkitiladi, mabodo ilgarigidan qolgan gumusli kompost bo’lsa unda yangi kompost gumus bilan byerkitiladi. Tuproq va gumus bilan kompostlashda maxsus mikrofloralar qo’shiladi. Bunday qilinsa kompostga pashsha kirolmaydi, qo’lansa hidli gazlar tashqariga chiqmaydi. S. Aglickiyning o’n uchta tajriba uchun tashkil qilgan kompostlari etilganda qilingan baktyeriologik analizlar shuni ko’rsatdiki, kompost harorati 45°S ko’tarilganda 1 gramm kompostda mikroblar soni 3,5—28 mln dan 0,2—3 mln gacha kamayadi, koli-titr 0,00001— 0,001 dan 1, hatto 10 gacha ko’tariladi, gijja tuxumlari ham o’la-boshlaydi. Kompost tarkibida azot — 0,75; fosfor - 0,4—0,86; kaliy — 0,5—0,75% ni tashkil qiladi. Kompost 5—12 oyda etiladi. Kompost etilganda rangi qoramtir jigarrang tusga kirib hidsiz, pashshalarni o’ziga jalb qilmaydigan moddaga aylanadi. Kompost etilgach to’r ogmda elanib, ulardan tosh, temir bo’laklari, oyna siniqlari ajratib olinadi. Hosil bo’lgan unsimon kompost bir gektar yerga 25—50 tonna atrofida tuproq unumdorligini oshirish uchun solinadi. Hosildorlik 6—9 c gacha oshadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling