1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
CHIQINDI
SUYUQ AXLATLARNI TUPROQ YORDAMIDA ZARARSIZLANTIRISH Gigienaga bag’ishlangan adabiyotlarda yozilishicha, xo’jalik chiqindi suyuq axlatlarni tuproq yordamida zararsizlantirish masalasi XIV asr boshlarida hal qilingan. SHuningdek, 1893 yilda sanitariya vrachi P. P. Belousov o’zining «Suyuq axlatlarni tuproq yordamida zararsiz holatga keltirish va rus shaharlarida assenizaciya yo’li bilan zararsizlantirish yo’llari» deb nomlangan dissyertaciyasida bu muammoni hal qilib berdi. Tuproq juda kuchli o’z-o’zini tozalash xossasiga ega bo’lib, bu ayniqsa najasni zararsizlantirishda sanitariya talabiga javob byeradi. Tuproqqa solinadigan, organik moddalarga boy bo’lgan axlatlar miqdori belgilangan normada bo’lsa, ular tezda minyerallashadi 418 (noorganik), axlatdagi mikroblar tez qiriladi. Suyuq najas —axlatlar tuproq yordamida zararsizlantirilsa tuproqning fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi o’zgaradi. YA’ni, tuproqda azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar miqdori ortadi, bunday tuproq qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshiradi, unga yuqori darajadagi issiqlikda etishtiriladigan ekinlar ekiladi, ammo bunday tuproqda etishtirilgan ekinlar hosili gijja tuxumlari bilan zararlanishi mumkin. Najas —axlatlar tuproq bilan zararsizlantirilganda sanitariya qoidalariga jiddiy amal qilish talab qilinadi. Uzoq olib borilgan kuzatishlardan va qishloq xo’jaligida orttirilgan tajribalardan ma’lum bo’lishicha, najasni tuproq bilan ikki xil usulda zararsizlantirish mumkin. 1. Assenizaciya (zararsizlantirish) shudgorlari. Bunday shudgorlarda najas tuproq yordamida zararsizlantiriladi va bu tuproqqa ekinlar almashlab ekiladi. 2. Haydash shudgorlari — bunday shudgorlardan bo’sh yerlar kamroq bo’lgan nohiyalarda foydalaniladi va bu shudgorlarga ekin ekilmaydi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling