1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
SUYUQ AXLATLARNI YIG’ISH VA TASHIB CHIQIB KETISH
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
SUYUQ AXLATLARNI YIG’ISH VA TASHIB CHIQIB KETISH
Najas (axlat va siydik) suyuq axlatlar turiga kiradi. U insonning normal fiziologik faoliyati orqasida organizmdan ajraladigan chiqindi bo’lib hojatxonalarda yig’ilsa, organizmni shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish maqsadida — yuvinish, kir yuvish va boshqa faoliyat oqibatida hosil bo’ladigan suyuq chiqindilar kirxonalarda, yuvindi tashlanadigan o’ralarda yig’iladi. Kanalizaciya tarmoqlari o’tkazilgan xonadonlarda esa suyuq chiqindi-axlatlar kanalizaciya orqali oqiziladi. Hojatxonalar shaxsiy va jamoa hojatxonalariga bo’linadi. Hojatxonalar kanalizaciya tarmoqlariga ulangan va ulanmagan bo’lishi mumkin. Hojatxonalar ichida sanitariya talablariga javob byeradigan, isitilgan hojatxonalar (lyuftklozetli) binolarga taqab qurilsa bino havosini, atrofdaga tuproqlarni, grunt suvlarini gazlar va sizilgan suvlar bilan ifloslantirmaydi. Bunday hojatxonalarni bir va ikki qavatli binolarga o’rnatib qurish mumkin. Najasdagi namlikning bug’lanishini hisobga olib, hojatxonani yil davomida 1—2 marotaba tozalash tavsiya qilinadi. 414 Kanalizaciyasi bor turar joylardagi suvli hojatxonalar (vatyerklozet) sanitariya talablariga javob byeradi. Bunday hojatxonalar birinchi 1810 yilda Angliyada qurilgan. Jamoa hojatxonalari o’zining tashqi va ichki ko’rinishi bilan gigiena va estetik talablarga javob berishi kerak, ya’ni hojatxonaning ichki tomoni silliq plitalar, poli esa metlaxs plitalari bilan qoplangan bo’lib, devorlariga ko’zgular hamda chig’anoqlar o’rnatilgan bo’lishi, najas va siydikni yuvib yuboradigan moslamalarning bo’lishi hojatxonalarni toza tutish imkonini byeradi. Ularda kiyim iladigan ilgaklar va oyoq kiyimlarni moylaydigan moslamalar bo’lsa yanada gigiena va sanitariya talablariga mos bo’ladi. Odatda jamoa hojatxonalari obodonlashtirilgan maydon-bog’larda, aholi syerqatnov bo’ladigan ko’chalarda, vokzallarda, dengiz va daryo portlarida, bozorlarda, istirohat bog’larida, stadionlarda, plyajlarda va boshqa odamlar gavjum bo’ladigan joylarda qurilishi kerak. Jamoa hojatxonalarini aholi gavjum joylarga ma’lum ajratilgan yerlarga yoki katta binolarning yerto’lasi (podvali)ga va birinchi qavatlariga qurish ayni muddaodir. Hojatxonalar isitiladigan va etarli yorug’lik bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Ularga havoni almashtirib turadigan maxsus moslamalar o’rnatiladi. Katta hojatxonalarda ikki-uch barobar toza havo tortilsa, besh barobar iflos havo chiqazib tashlanadi. 415 33 - rasm. Vodoprovod tarmoqlari orqali yuvishga mo’ljallangan hojatxona. ________________________________ 34- rasm. Lyuftklozet. 1 — o’ra; 2 — o’raning pishiq g’ishtdan yoki betondan ishlangan devori; 3 — pishitilgan loy; 4 — o’raning ikki qavatli qopqog’i; 5 — o’raning temir betonli tomoni; 6 — chiqindi suyuqlik oqishi uchun truba; 7 — sanitariya jihozi (asbobi); 8 — oshxonadan havo tortuvchi truba; 9 — o’rani shamollatuvchi kanal; 10 — deflektor. Hojatxona xonalari uchun 2,75 m 2 va har bir pissuar uchun 1,50 m 2 joy ajratiladi. Xonalarning eshiklari poldan 15 sm balandlikda bo’ladi. Jamoa hojatxonalarining atroflari obodonlashtiriladi. Agar hojatxona yer yuzasidan chuqurroqda joylashgan bo’lsa, u holda uning tomiga turli gullar ekilib gulzorga aylantiriladi. Hojatxonalar farroshlar tomonidan vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi. Hozir, juda ko’p jamoa hojatxonalarining ijaraga olinishi ularning gigienik talab darajasi ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bunday hojatxonalarda kiyim- kechaklarni changdan tozalash uchun cho’tka, oyoq kiyimlarni moylash 416 uchun moy va maxsus cho’tkalar, soqol olish uchun elektr mashinalari va boshqalar bo’ladi. Qisqasi, sanitariya talabiga javob byeradi. Kanalizaciya tarmoqlari bo’lmagan aholi turar joylarida suyuq axlatlarni assenizaciya mashinalarida tashqi muhitni ifloslantirmay olib chiqib ketiladi. Suyuq axlatlarni tortib olishga mo’ljallangan assenizacion mashinalariing hajmi 2,5—4 m 3 bo’ladi. Bunday mashinalar sutka davomida tinmay ishlasa, aholiga ancha qulaylik tug’iladi. Assenizacion mashinalarning soni suyuq chiqindi- axlatlarning har 100 m 3 tonnasiga qarab belgilanadi. 42 - j a d v a l Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling