1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
SHAHAR KO’CHALARINI TOZA TUTISHNING GIGIENIK AHAMIYATI
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
SHAHAR KO’CHALARINI TOZA TUTISHNING GIGIENIK AHAMIYATI
SHahar sharoitida ko’cha va maydonlarni toza tutish, aholi turar joylarini tozalashning majburiy tadbirlarining bir qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, yoz va kuz fasllarida ko’chalarda juda ko’p axlatlar to’planadi. Masalan, 1000 m 2 maydonda bir yilda 15 m 3 axlat yig’iladi, bularning tarkibiy qismi asosan qum, tuproq, qog’ozlar, xazonlar, papiros qoldiqlari va boshqa narsalardan iborat. SHuning uchun ko’cha va maydonlar har kuni tozalanishi kerak, aks holda bu shahar ko’rkini buzish bilan birga inson salomatligiga yomon ta’sir qiluvchi hasharot va kemiruvchilarning ko’payishiga sabab bo’ladi. YOz oylarida ko’cha-kuylarni vaqtida supurib-sidirish ko’chalarimizning orasta va ozoda bo’lishini ta’minlasa, qishda esa qor va muzlardan tozalash yo’l harakati halokatlarining oldini oladi. Kuz oylarida esa ko’chalarimizni xazonlardan tozalash zarurati tug’iladi. Xazon va axlatlarni ko’cha va maydonlarda yoqish mutlaqo man etiladi. Ko’cha va maydonlarni suv sepilgandan so’ng supurish havoga chang va zararli mikroblar ko’tarilishining oldini oladi. Ko’cha va maydonlarni tozalashni bolalar maktabga, kattalar esa ishga ketgan 410 vaqtlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Supurindi axlatlar ko’chalarga qo’yilgan maxsus axlat solish uchun mo’ljallangan idishlarga solinadi. Ko’cha va maydonlarni supurishni mexanizaciyalashning ahamiyati katta bo’lib, bu yo’l bilan bir vaqtda ham suv sepishni, ham supurishni amalga oshirish mumkin. Odamlar yurishi uchun mo’ljallangan yo’lkalar KO-78 yo’lka supurgich avtomobillari yordamida supuriladi. Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda ko’cha va maydonlarni ozoda va orasta tutish imkoni bor. Ammo, ayrim kommunal xo’jalik xodimlarining o’z ishlariga bo’lgan sovuqqonliklari tufayli ba’zi bir shahar va qishloqlarda buning aksini ko’rish mumkin. Bu o’z navbatida sanitariya nazorati xodimlari ustiga katta mas’uliyat yuklaydi. 1960—70 yillarda Respublika sog’liqni saqlash vazirligining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasida ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda sanitariya miliciya guruhlari tuzilgan edi. Ular ko’cha- kuylarda yig’ilib qolgan axlatlarni o’z vaqtida olib ketilishini tekshirish bilan birga axlatlarni suvga tashlamaslikni ham qattiq nazorat qiladilar. Hozir bu masalaga e’tibor umuman yo’qolib, shahrimiz ko’chalarida bir necha kunlab olib ketilmayotgan uyum-uyum axlatlarni ko’ramiz. Bu esa atrof-muhitning va suv havzalarining ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. YOz oylarida ko’cha va maydonlarga suv sepish havoni mikrob va changlardan tozalash bilan birga muayyan iqlimni yaxshilaydi ham. SHuning uchun ko’chalar namligini uzoq saqlash maqsadida ba’zi bir shaharlarda 1 m 2 maydonga 1 litr kal’ciy xlorid sepiladi, bunday eritma namlikni uzoq vaqt saqlaydi. Qishloq sharoitida turar joylarning tozaligini saqlash shahar talabi darajasida bo’lishi kerak. Lekin, qishloq sharoitida turar-joylar tozaligini saqlashning o’ziga xos qiyinchiliklari bor. Jumladan, qishloq aholisining mehnat sharoiti xoh uyda, xoh dalada bo’lsin yer bilan bog’liq. Bahor 411 boshlanipsh bilan yerni chopish yoki haydash, yerga go’ng solish, ekin ekishga tayyorgarlik ko’rish hamda har bir xonadonda uy hayvonlari va parrandalarning bo’lishi o’z-o’zidan odamlarni doimo yer va hayvonlar bilan muloqatda bo’lishini taqozo qiladi. SHuning uchun qishloq sharoitida tuproqning turli mikroorganizm va gel’mint tuxumlari bilan ifloslanishining oldini olish zarur. Qishloqdagi uy-joylarning katta yer maydonlariga yaqinligi turar joylarning sanitariya holatini saqlash normasi talabiga javob byermaydi. Qishloq uy-joylarini loyihalashda ularning sanitariya holatini saqlash kerak bo’ladi. Qishloq sharoitida nohiya markazlarida, kichik maydonlarda ikki, uch qavatli turar joylar va ma’muriy binolar qurilib ularga kanalizaciya shohobchalari o’rnatilishi va ularning birlashtirilishi bu shohobchalarda hosil bo’ladigan chiqindi suvlar ma’lum tozalanish jarayonidan o’tgandan so’ng sug’orish maydonlariga oqizilishi mumkin. Kolxozchilar uchun uy-joylar qurilganda hojatxonalarning qurilishiga alohida ahamiyat byeriladi. Ayniqsa lyuftklozetlar qurish amalda keng tarqalgan usuldir. Respublikamiz qishloqla-rida hojatxona qulayroq joyga, turar joylardan 10—15 metr nariga qorong’iroq qilib quriladi. Hojatxona qorong’i bo’lganda bu joyga pashsha kirmaydi. So’ngga yillarda hojatxonalarni qorong’i qilib qurish sekin-asta yo’qolib bormoqda. Tekshirish-lardan ma’lum bo’lishicha, qishloqdagi yer maydonlarining ko’pchiligi (tuprog’i) mikroorganizmlar — gel’mint tuxumlari, ki-myoviy moddalar bilan zararlanar ekan. Sababi, har qanday chiqindi-axlatlar to’g’ridan-to’g’ri zararsizlantirilmay yer maydonlariga tashlanavyeradi. Vaholanki, zararli chiqindi-axlat- 412 32 - rasm. Yirik chorvachilik fyermasi atrofidagi ammiak gazi miqdori. larni uy sharoitida olti oy kichik o’ralarda kompost qilinib, zararsizlantirilgandan keyin undan o’g’it sifatida foydalanish mumkin. Kanalizaciyasi bo’lmagan jamoa muassasalaridaga hojatxonalar lyuftklozet usulida quriladi. YAna to’lib qolgan hojatxonalarning ustiga tuproq solib, komtostlab ma’lum muddatdan so’ng ulardan o’g’it sifatida foydalanish mumkin. Qishloq sharoitida uy hayvonlarining axlatini yig’ishni to’g’ri tashkil qilish yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini oladi. Jumladan, trixinellez, exinokokkoz, tenioz va boshqalar. Uy hayvonlarining go’ng axlatlarini tomorqalardagi maxsus shibbalangan maydonga yig’iladi va uning atrofi sim to’r bilan yoki taxta bilan o’rab qo’yiladi. Katta molxonalarda maxsus go’ng saqlaydigan joylar bo’ladi. Go’nglarni o’z vaqtida kompostlash gigiena jihatidan katta ahamiyatga ega. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, go’nglarning o’z vaqtida kompost- 413 lanmay yig’ilib qolishi atrof-muhitga, tuproqning sanitariya holatiga va suv havzalariga salbiy ta’sir qiladi. Jumladan katta molxonalar atrofida yig’ilib qolgan go’nglardan atrof-muhitga ammiak, vodorod sul’fid va shu bilan birga inson salomatligiga putur etkazuvchi mikroblar tarqalishi mumkin. Masalan, cho’chqa boqi-ladigan fyermalar atrofida 1 m 3 havoda 1000— 2125 ga yaqin mikrob tarqalishi mumkinligi aniqlangan. Jumladan, cho’chqaxonadan 2000 metr naridagi muhit havosiga ham ta’siri bo’lib, u yerdagi 1m 3 havoda 1350 gacha mikrob tarqalgani isbotlangan. Mikroblardan tashqari, yana ammiak gazi ham ajralib chiqadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling