1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
XO’JALIK SUYUQ CHIQINDI-AXLATLAR KANALIZACIYASI
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
XO’JALIK SUYUQ CHIQINDI-AXLATLAR KANALIZACIYASI
Uy-joylardan xo’jalik suyuq chiqindi-axlatlarni olib chiqib ketish, ularni tozalash inshootlariga oqizish — turli inshootlarni, qurilmalarni o’z ichiga oladi. Bu esa o’z navbatida talay muammolarni hal qilish imkonini byeradi. 1. Kanalizaciya shohobchalari bilan ta’minlangan uy-joylarning sanitariya holati tubdan o’zgaradi. 2. CHiqindi suyuq axlatlar turar joylarni bulg’atmay, hech qanday qiyinchiliksiz trubalar yordamida tozalash inshootlariga uzatiladi. 3. Bunday chiqindi suvlar ochiq suv havzalariga oqizilishidan oldin turli usullar bilan tozalanadi va zararsizlantiriladi. Oqibatda suv havzalarining sanitariya holati anchagina yaxshilanadi. Kanalizaciya inshootlari tarkibiga: a) xonadonlarda, jamoa idoralarida chiqindi suvlarni quyish uchun mo’ljallangan kanalizaciya asbob- uskunalari, chig’anoq (rakovina), unitaz va boshqalar hamda kanalizaciya tarmoqlari; b) ko’cha kanalizaciya tarmoqlari; v) kollektorlar; g) kanalizaciya tarmoqlariga o’rnatilgan uskunalar; d) chiqindi suvni haydash uchun mo’ljallangan nasosli stanciyalar; e) chiqindi iflos suvlarni zararsizlantirish inshootlari; yo) tozalangan, zararsizlantirilgan chiqindi suvlarni suv havzalariga oqizish moslamalari kiradi. Ba’zi hollarda yuqorida zikr qilingan inshootlarning ayrimlari bo’lmasligi ham mumkin, jumladan yer relyefi qiya bo’lsa, nasos stanciyalarini hojati yo’q (yoki tozalash inshootlarining tarkibi, qurilishi 428 turlicha bo’lishi mumkin va hokazo. Ammo, kanalizaciya inshootlari qaysi turda qurilmasin talab bitta), ya’ni chiqindi suvlar tozalanmog’i va zararsizlantirilmog’i kerak. Hozirda loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan turar joy binolaridan suyuq va qattiq chiqindi axlatlarni olib chiqib ketish uchun yangi moslamalar, asbob-uskunalar o’rnatilayotgani uy xonalarining chiroyini yanada ochmoqda. Odatda, xonaning asbob-uskunalari haqida gap borganda, unitaz, yuvinish uchun o’rnatilgan barcha uskunalar, oshxonaga o’rnatilgan (rakovina) idishlarni yuvishga mo’ljallangan chig’anoq va cho’milish uchun o’rnatilgan vanna ko’zda tutiladi. Jamoat hojatxonalarida pissuarlar ham o’rnatiladi. Bular chiqindilarni oqizish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu asbob-uskunalar sanitariya fayanslaridan tayyorlanadi. Bunday fayanslar mustahkam, yuzasi yaltiroq va silliq bo’ladi. Oshxona va vannalarga o’rnatiladigan asbob-uskunalar oq rangdagi emal’ bilan qoplangan metallardan tayyorlanadi. Keyingi yillarda bu maqsadlarda plastmassalardan ham foydalanilmoqda. Uy xonalariga o’rnatiladigan asbob-uskunalarning pastki qismida suv to’xtalib o’tadigan tambalari bo’lib, ular ishlatilishi bilan suv almashinishi ta’minlanadi. Bunday tambalar kanalizaciya shohobchalarida hosil bo’ladigan qo’lansa hidlarning xonalarga tarqalishidan asraydi. Jamoat hojatxonalarida pissuar va unitazlarning avtomatik holda toza yuvilishi gigiena talablariga javob byeradi. Hojatxonaga o’rnatilgan unitazlarni yuvish uchun suv baklari o’rnatiladi. Keyingi yillarda suv baklari unitazning ustki qismiga pastroq qilib o’rnatilmoqda. Bu baklarning hajmi anchagina katta bo’lib, yuvish quvuri ham kengroq ishlangan. CHig’anoqni yuvish trubasi to’g’ridan- to’g’ri vodoprovod sistemasiga ulanadi. Bunda ham o’tirish chig’anoqlari toza yuviladi, baklar uchun sarflanadigan xarajatlar iqtisod qilinadi. Bunday moslamalarni ishlatish ancha qulay. 429 CHiqindi suvlarni oqizib ketadigan trubalarga teshiklar qilinib, ularga qopqoq buraladi, suv oqizish naylariga biror narsa tiqilib qolgudek bo’lsa, ularni tozalash shu buralgan qopqoqlar orqali amalga oshiriladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling