1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Kanalizaciya tarmoqlari. Bu tarmoqlar barcha turar joy binolariga,
jamoat muassasalariga va shuningdek ko’chalarga o’rnashtirilgan trubalardan iboratdir. Bu trubalar yordamida chiqindi iflos suvlar tozalash inshootlariga oqiziladi. Kanalizaciya tarmoqlariga bo’lgan umumiy sanitariya talabi shuki, ularni bir-birlariga qattiqroq biriktirish, butunligini saqlash, tuproq va turar joylarni ifloslanishdan yoki kanalizaciya trubalariga biror narsa tiqilib qolishidan asrash va boshqalar. Kanalizaciya trubalarida suyuq chiqindi axlatlargana harakatlanadi, shuning uchun ham ba’zan kanalizaciyaga paxta, latta, qog’oz, po’choq kabi narsalarning tiqilib qolishi suv o’tmay qolishiga sabab bo’ladi. SHu sababli, kanalizaciya trubalarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish uchun 30—50— 100 metr masofada yerning relyefiga qarab nazorat qilib turish quduqlari o’rnatiladi. Bu quduqlar yordamida trubalar yuqorida aytganmmizdek vaqti-vaqti bilan tozalanib turiladi. Kanalizaciya trubalarining bir-biridan farqi ularning qanday matyerialdan tayyorlanganida va ularning tuzilishida bo’ladi. Xonadonlardan yig’ilgan chiqindi suvlar trubasi umumiy suvlarni yig’ish trubasiga, so’ngra uylarning qavatlarini bog’lovchi yo’g’on tik trubalarga ulanadi. Uyning eng pastki qavatining tagiga o’rnatilgan kattaroq diametrli trubalar yordamida chiqindi suvlar nazorat qilinuvchi quduqqa tushiriladi. Qavatlararo o’rnatilgan tik trubaning uchki qismi tomning yuqori qismiga, tashqarisiga chiqariladi. Bu truba kanalizaciya trubalarida hosil bo’ladigan qo’lansa hidlarni tashqariga olib chiqib ketadi. Agar uy binolari ko’chaning qizil chizig’i deb ataluvchi chiziqqa yaqin bo’lsa, chiqindi suvlar to’g’ridan-to’g’ri nazorat qudug’iga oqizilavyeradi. Nazorat qudug’i orqali bu chiqindi suvlar shoh ko’chalar kanalizaciya shoxobchalariga qo’shiladi. SHox ko’chalarga o’rnatilgan kanalizaciya shoxobchalari yo’l o’qi bo’yicha joylashtirilib, ular o’z navbatida 430 kollektorlarga ulanadi. Nohiya kanalizaciya kollektorlari shahar bosh kollektorlariga birlashib, oxir pirovardida chiqindi suvlarni kollektorlar yordamida tozalash inshootlariga oqiziladi. Xullas chiqindi suvlar shunday usul bilan shahar chekkasiga chiqaziladi. Xonadonlardagi chiqindi suvlar uchun cho’yan trubalar ishlati-ladi. Kanalizaciya trubalarini qulay o’rnatish kerak bo’ladi, shunday qilinganda ularni kerak bo’lganda nazorat qilish, ishdan chiqsa tuzatish mumkin bo’ladi. SHuning uchun ularni devor tashqarisiga o’rnatiladi. Bu maqsadda ko’pincha ichki tomoni silliqlangan, kyera- mikadan tayyorlangan trubalar ishlatiladi. Kanalizaciya trubalari qiya qilib o’rnatiladi. Unda chiqindi suvlarning oqish tezligi sekundiga 70 sm ga teng bo’ladi. Trubalarda chiqindi suvlarning oqishi shu tezlikda bo’lsa trubalar o’z-o’zidan tozalanadi, ularning devorlarida quyqumlar hosil bo’lishi oldi olinadi. Kanalizaciya trubalarida hech qachon suyuqlik to’lib oqmaydi. Trubalarda suyuq chiqindilarning to’lib oqmasligi tarmoqlarda kuchli bosim bo’lishining oldini oladi va qo’shimcha chiqindi suvlarni vaqt- bevaqt qabul qilish imkonini yaratadi hamda trubalarda havo oqimining bemalol bo’lishini ta’minlaydi. Nazorat quduqlari har 50—100 metr masofada binolardan chiqadigan kanalizaciya trubalari ulangan joylarda o’rnatiladi. Quduqning tag tomoniga yarimoysimon tarnov o’rnatiladi, bu tarnov orqali quduq tubidan chiqindi suvlar oqib o’tadi. SHuning uchun ham chiqindi suvlarni oqizib keladigan trubaning og’zi va suyuqlikni olib chiqib ketadigan trubaning teshigi tarnovga to’g’ri kelishi kerak. Tarnovni yuqori joylashtirish mumkin emas, aks holda suv yig’ilib, cho’kma hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Xo’jalik chiqindi suvlarining harorati yuqoriroq bo’lgani uchun kanalizaciya tarmoqlari sovuq iqlimli nohiyalarda 1,5—1,7 metr 431 chuqurlikda yotqiziladi. O’rta Osiyo, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli territoriyalarda 550 mm li quvurlar eng kamida 50 sm chuqurlikda yotqiziladi, kichik diametrli trubalar — 30 sm chuqurlikda, ya’ni yerning muzlash qavatidan pastroqda, eng uzog’i bilan yer yuzasidan 70 sm chuqurlikda yotqiziladi. Sanitariya nuqtai nazaridan kanalizaciya tarmoqlari vodoprovod trubalaridan pastda yotqizilishi kerak. SHunday qilinganda kanalizaciya trubalari tasodifan yorilib ketganda vodoprovod suvlari zararlanishining oldi olinadi. Kanalizaciya trubalari vodoprovod trubalari bilan 1,5—3 metr oraliq masofada joylashtiriladi. Kanalizaciya tarmoqlarini va tozalash inshootlarini loyiha-lashda yer yuzasi relyefini hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda chiqindi suvlarning o’z holicha oqishini ta’minlaydigan qiya relyef bo’lsa kanalizaciya trubalari yer yuzasiga tozalash inshootlari oldi-dan chiqariladi, boshqa vaqtda chiqindi suvlarni haydash uchun maxsus nasoslar qurilishi kerak bo’ladi. Nasoslar yordamida chiqindi suvlar o’zi oqib ketishi mumkin bo’lgan joygacha oqiziladi. Ammo chiqindi suvlar nasos yordamida oqizilganda trubalarda ma’lum darajada bosim hosil bo’ladi. SHuning uchun kanalizaciya trubalarining bir-biriga ulangan joyi mustahkam bo’lishi, chiqindi suvlar sizib o’tmaydigan qilib o’rnatilishi kerak. Nasos stanciya- lari qurishda nasos oldiga qo’pol chiqindilarni ushlab qolish uchun simli to’r taroqlar o’rnatiladi. Nasos stanciyalari odatda aholiga halal byermasligi uchun turar joy binolaridan uzoqroqda quriladi. Nasos stanciyalari oldiga chiqindi suvlarni qabul qilish uchun temir-beton moslama — suv yig’iladigan hovuz quriladi. Nasos stanciyalari qurilgan joylar obodonlashtirilib, daraxtzorlarga aylantiriladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling