1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
KANALIZACIYA SHOXOBCHALARI ULARNING SOG’LOMLASHTIRISH
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
KANALIZACIYA SHOXOBCHALARI ULARNING SOG’LOMLASHTIRISH
VA EPIDEMIK KASALLIKLARNI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI 425 Kanalizaciya tarmoqlari va quvurlari yer ostiga joylashgan bo’lib, chiqindi iflos suvlarni, insondan ajraladigan fiziologik chiqindilar (siydik, najas)ni, xo’jalik-chiqindi suvlarini aholi turar joylaridan shahar tashqarisiga, tozalash inshootlariga oqizib uzatadigan turli shoxobchalardan iborat. Kanalizaciya shoxobchalarining bo’lishi aholi turar joylarini suyuq axlatlardan holi qilib, uning ifloslanishiga yo’l qo’yilmaydi. Jamoat turar joylaridagi chiqindilar (najas, siydik va boshqalar) bir zumda trubalardan oqib tozalash inshootlariga tushadi. Kanalizaciya ichki va tashqi kanalizaciyaga bo’linadi. Ichki kanalizaciyaga xonadondagi kanalizaciyaga tegishli bo’lgan asbob- anjomlar; oshxona chig’anog’i (rakovina), o’tirish tozi (unitaz) va boshqalar kiradi. Tashqi kanalizaciyaga esa aholi turar joylardagi truba tarmoqlari va tozalash inshootlari kiradi. Turar joylarda kanalizaciya shoxobchalarining bo’lishi aholining shaxsiy gigiena talabiga javob berish bilan birga ana shu maqsadda ketadigan suv miqdorini aniqlashga ham yordam byeradi. Turar joylarda kanalizaciyaning bo’lishi turli yuqumli kasalliklarni, ayniqsa oshqozon-ichak kasalligi tarqalishining oldini oladi va suyuq chiqindilarni tozalashning boshqa usuliga nisbatan ancha arzon tushadi. Hozirda yuqorida zikr qilinganlarni hisobga olib, barcha aholi turar joylarida kanalizaciya tarmoqlarini o’tkazish nazarda tutilmoqda. Hozirda yangi shaharlar qurilishini va eski shaharlarni ta’mirlashni kanalizaciya shoxobchalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kanalizaciya shoxobchalarini qurish boshqa kommunal inshootlarga ham bog’liq. SHulardan eng muhimi vodoprovod tarmoqlarining o’tganligidir. SHox ko’chalarning kanalizaciya trubalari yerning qiya tomoniga yotqiziladi. Bunda chiqindi suvlarni oqizish engil ko’chadi. Zarurat tug’ilsa nasoslar ishlatiladi. Kanalizaciya shoxobchalarini 426 loyihalashda kelajakda shahar aholisining ko’payishi hisobga olinadi. YOtqiziladigan trubalar diametri hosil bo’ladigan iflos chiqindilarni sig’dirishini o’ylab ish tutiladi, aks holda kanalizaciya tarmoqlarini qaytadan qurishga to’g’ri keladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling