1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


PESTICIDLARNING GIGIENIK TA’RIFI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

PESTICIDLARNING GIGIENIK TA’RIFI 
Respublikamizda joriy qilingan tartibga muvofiq qishloq xo’jaligi 
hosildorligini oshirish uchun qo’llaniladigan har qanday yangi pesticid 
modda oldin toksikologik jihatdan sinab ko’rilishi zarur. YAngi moddani 
shu tariqa o’rganish asosida uni qishloq xo’jalgida ishlatish mumkin yoki 
mumkin emasligi to’g’risidagi masala hal bo’ladi, shu bilan birga preparat 
qanday sharoitda foydalanilganda butunlay xavfsiz bo’lishi belgilab 
byeriladi. Mazkur kimyoviy modda bilan ishlash vaqtida uning qanday 
koncentraciyasini havoda bo’lishiga yo’l qo’yilishi, qishloq xo’jalik 
mahsulotlarida ko’pi bilan qancha bo’lishiga ruxsat etilishi aniq belgilab 


455
byeriladi. Bunday tadbirlarning barchasi Sog’liqni saqlash vazirligining, 
davlat Sanitariya-epidemiologaya bosh boshqarmasi chiqarib turadigan 
tegishli hujjat-instrukciyalar va qarorlar asosida amalga oshiriladi. Qishloq 
xo’jaligida zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash ustidan dastlabki 
sanitariya nazorati shu tariqa olib boriladi. Mazkur vazifa Sog’liqni saqlash 
vazirliganing bosh sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi qoshida 
pesticidlar reglamentaciyasi yuzasidan tuzilgan maxsus davlat 
komissiyasining planiga ko’ra davlat ko’lamida o’tkazib turiladi. 
Zaharli kimyoviy moddalar zaharliligiga qarab bir necha guruhlarga 
ajratiladi: 
1. 
Me’daga (kuzatuvda bo’lgan hayvonlarning) yuborilganida 
ko’rsatadigan ta’siriga qarab: 
a) 
o’ta kuchli ta’sir ko’rsatadigan — LD
50
mg/kg dan kam zaharli 
moddalar
b) 
juda zaharli moddalar — LD
50
—200 mg/kg; 
v) 
o’rtacha zaharli moddalar — LD
50
—200—1000 mg/kg; 
g) 
kam zaharli moddalar — LD
50
—1000 mg/kg. 
2. 
Tyeridan so’rilib ta’sir qilishiga qarab: 
a) 
ta’siri juda kuchli moddalar — LD
50
—300 mg/kg dan kam; 
tyeri-og’iz koefficienti birdan kam; 
b) 
ta’siri kuchli moddalar — LD
50
—300—1000 mg/kg; tyeri-
og’iz koefficienti 1—3; 
v) 
ta’siri sust moddalar — LD
50
—1000 mg/kg dan ko’p; tyeri-
og’iz koefficienti 3 dan ortiq: 
3. 
Uchuvchanligiga qarab: 
a) 
juda xavfli moddalar — to’yingan koncentradiyasi toksik 
koncentraciyasidan katta yoki unga teng. 
b) 
xavfli moddalar — to’yingan koncentraciyasi bo’sag’a 
koncentraciyasidan katta; 
v) 
xavfi kam moddalar — to’yingan koncentraciyasi bo’sag’a 
koncentraciyasidan kichik. 


456
4. 
To’planishi (kumulyaciyalanishi)ga qarab: 
a) 
haddan tashqari ko’p to’planadigan moddalar — kumulyaciya 
koefficienti 1 dan kam; 
b) 
sezilarli darajada to’planib boradigan — kumulyaciya 
koefficienti 1—3 bo’lgan- moddalar; 
v) 
o’rtacha to’planib boradigan — kumulyaciya koefficienti 3—5 
bo’lgan moddalar; 
g) 
sust to’planib boradigan — kumulyaciya koefficienti 5 dan 
ortiq bo’lgan moddalar; 
5. 
CHidamliligiga qarab: 
a) 
juda chidamli — zaharsiz tarkibiy qismlarga parchalanish 
vaqti ikki yildan ortiq bo’lgan moddalar; 
b) 
chidamli — zaharsiz tarkibiy qismlarga parchalanish davri 
bir yil bo’lgan moddalar; 
v) 
o’rtacha chidamli — zaharsiz, tarkibiy qismlarga parchalanish 
vaqti 1—6 oydan oshmaydigan moddalar; 
g) 
kam chidamli — zaharsiz, tarkibiy qismlarga
parchalanish vaqti 1 oydan oshmaydigan moddalar; 
6. 
Xavfli o’smalar paydo qilishi (kancyerogenliga)ga qarab: 
a) 
ro’y-rost kancyerogen moddalar — odamlarda rak paydo 
qilishi ma’lum bo’lgan, hayvonlar ustidagi tajribalarda kuchli kancyerogen 
ta’sir ko’rsatishi aniqlangan moddalar; 
b) 
kancyerogen moddalar — kancyerogenligi hayvonlar
ustidagi tajribalarda isbot etilgan-u, biroq odamlarda isbot etilmagan 
moddalar; 
v) 
kancyerogen ta’siri sust moddalar — hayvonlar ustidagi 
tajribalarda sust kancyerogen ta’sir ko’rsatadigan moddalar. 
7. 
Mutagenligiga qarab: 
a) 
o’ta mutagenlar — o’simlik va hayvonlarda 100% va 
bundan ko’proq mutaciyalar paydo qiladigan moddalar (100% deb 
100 ta xromosomada paydo bo’lgan 100 ta mutaciya qabul qilinadi); 
b) 
kuchli mutagenlar — drozofilda 5—100% mutaciya hosil 
qiladigan moddalar; 


457
v) 
o’rtacha mutagenlar — drozofidda 2—5% mutaciya hosil 
qiladigan moddalar; 
g) 
kuchsiz mutaciya hosil qiladigan — drozofilda 1—2% 
mutaciya hosil qiladigan moddalar. 
d) 
juda kuchsiz mutagenlar — drozofilda 0,5—1% mutaciya 
paydo qiladigan moddalar. 
8. 
Tyeratogenligiga qarab: 
a) 
tyeratogenlar-bolalarning mayib-majruh bo’lib tug’ilishiga 
(tajriba hayvonlarda sinab ko’rilganda bu nuqsonlar kuzatilgan) sabab 
bo’ladigan moddalar. 
b) 
tyeratogenligi asorat berishi gumon moddalar — hayvonlar 
ustidagi tajribalarda aniqlangan moddalar. 
9. 
Embriotropligiga qarab: 
a) 
selektiv embriotrop ta’sirga ega moddalar — ona organizmi 
uchun zaharli bo’lmagan dozalarda embriotrop ta’sir ko’rsatayigan 
moddalar; 
b) 
o’rtacha embriotrop moddalar — embriotrop ta’siri boshqa 
toksik ta’siri bilan birga yuzaga chiqadigan moddalar. 
10. 
Allyergik xossalariga qarab: 
a) 
kuchli allyergenlar — turmushda uchrab turadigan kichik 
dozalarda ta’sir qilganda ham ko’pchilik odamlarda allyergiya holatini 
keltirib chiqaradigan moddalar; 
b) 
kuchsiz allyergenlar — ayrim kishilarda allyergaya holatlarini 
hosil qiladigan moddalar. 
Atroflicha chuqur o’rganib chiqilgan modda mazkur tasnif (klassi-
fikaciya)da keltirilgan ko’rsatkichlarning birortasidagi «a» bandiga to’g’ri 
keladigan bo’lsa, uni amalda ishlatishga joriy qilinmaydi. Mabodo hozir 
amalda ishlatilib kelinayotgan moddalar orasida shundaylari chiqib qolsa, 


458
tezda bularni qo’llashni taqiqlab qo’yish va o’rniga bexatar bo’lgan 
pesticidlarni qo’llash zarur bo’ladi. 
Odatda pesticidlar organizmga turli yo’llar bilan: nafas yo’llari, hazm 
yo’llari, tyeri va shilliq pardalar orqali tushishi mumkin. Mehnat 
sharoitlari, ularning fizik-kimyoviy va toksikologik xususiyatlariga qarab, 
bu moddalar asosan nafas yo’llari orqali organizmga kirsa, ba’zilari boshqa 
yo’llar bilan kirishi mumkin. Biroq ularning nafas yo’llari orqali 
organizmga kirishi qishloq xo’jalik amaliyotida ko’proq kuzatiladi. 
Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligi o’simliklariga purkash, 
changlatish, urug’larni dorilash va ba’zi boshqa ishlar vaqtida qattiq yoki 
unli pesticid zarralaridan iborat aerozollar hosil bo’ladi. SHuningdek, 
pesticidlar bug’ holida havoga ko’tariladi, demak ular aerozollar va bug’ 
holida nafas olinganda havo bilan aralashib organizmga kirishi mumkin. 
Pesticidlar havo yo’llariga tushganidan keyin ular yuqori nafas yo’llarining 
shilliq pardasiga ham so’riladi. O’pka al’veolalari orqali ham pesticidlar 
so’rilishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, o’pka al’veolalari yozib 
ko’riladigan bo’lsa, ularning umumiy sathi taxminan 100 m
2
ga boradi, al’veola membranasining qalinligi esa atigi 1 - 4 mikron atrofida 
bo’ladi. 
Ravshanki, o’pka al’veolalari yuzasining haddan tashqari katta 
bo’lipsh, o’pka to’qimasida qanchadan-qancha limfa tomirlari borliga 
tufayli nafasga olingan havo bilan kirgan gazlar, buglar, zarralar, 
shuningdek organizm muhitqda eriydigan zaharli moddalar o’pka 
al’veolalaridan tez so’rilib o’tib, organizmning zaharlanib qolishiga sabab 
bo’lishi mumkin. CHanglanuvchi pesticidlarning nafas yo’llari orqali 
nechog’li tez va ko’p o’tishi havoda muallaq holatda bo’ladigan 
zarralarning katta-kichikligiga bog’liq. Mazkur zarra qanchalik mayda 
bo’lsa, organizmga shunchalik chuqurroq kiradi va tezroq so’rilib boradi. 


459
Kattaliga 50—30 /g (mikron) keladigan zarralar burun, tomoq va traxeya 
shilliq pardalarida o’tirib qoladi, kattaligi 30—10 mikron ke-ladigan 
zarralar bronxlarga, 10—5 (I keladiganlari bronxiolalarga etib boradi, 
kattaligi 3—1 /l keladigan va bundan ham maydaroq bo’lgan zarralar 
al’veolalarga o’tadi. Diametri 1—2 mikron keladigan zarralar al’veolalarda 
ko’proq ushlanib qoladi, Umuman o’pkaga tushgan har qanday zarra 
ushlanib qolavyeradi. 
Nafas yo’llari orqali organizmga kiradigan pesticidlar shilliq 
pardalarga hamda o’pka to’qimasiga mahalliy ta’sir ko’rsatishi, shuningdek 
talaygina intyeroreceptorlarni ta’shrlan-tarib, reflektor yo’l bilan butun 
organizmga ham ta’sir qilishi mumkin. O’pka sezuvchi nyerv oxirlariga 
boy refleksogen zonadir, shu sababdan o’pkada patologak reflekslar paydo 
bo’lishi mumkin. 
Pesticidlarning ingalyacion yo’l bilan organizmga kirishi juda 
xavflidir. Nafas yo’llari orqali organizmga kiradigan pesticidlar me’da-
ichak yo’li shilliq pardasidan so’rilib o’tadigan pesticidlarga qaraganda 
odatda birmuncha kuchliroq ta’sir ko’rsatadi, chunki bular katta qon 
aylanish doirasiga o’zgarmagan holda tushadi va jigar to’sig’i 
(bar’yerini)ni chetlab o’tadi. Mana shu narsa bu pesticidlar bilan ishlash 
vaqtida ularning havodagi koncentraciyasini yo’l qo’yiladigan darajaga 
kamaytirish, nafas yo’llarini pesticidlar kirishidan saqlash choralarini 
ko’rishni muhim qilib qo’yadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarning organizmga me’da-ichak yo’li orqali 
kirishi ham yomon oqibatlarga sabab bo’ladi. Og’iz orqali nafas olinganda 
ham zaharli moddalar og’iz bo’shlig’iga tushib, so’lak bilan yutib 
yuborilishi mumkin. Bundan tashqari, pesticidlar ovqat eyish va tamaki 
chekish vaqtida ifloslangan qo’llar orqali og’izga tushishi mumkin. Qishloq 
xo’jalik mahsulotlari iste’mol qilinganda agar mazkur mahsulotlar pesticid 
qoldiqlari bilan ifloslangan bo’lsa, kishi organizmiga bevosita tushishi 


460
mumkin. 
Me’da-ichak yo’liga tushgan pesticidlar asosan ichakda so’riladi. 
Lipoidlarda eriydigan ayrim pesticid namunalari esa og’iz va me’da shilliq 
pardasidan ham so’rnlish xususiyatita ega. Ichak shilliq pardasidan esa 
lipoidlarda eriydigan zaharli moddalar ham, bularda erimaydiganlari ham 
so’rilavyeradi. Suvli eritmalar asosan yo’g’on ichakda so’riladi. 
Og’iz orqali tushib, me’da-ichak yo’lidan so’rilib o’tgan zaharli 
moddalar qon va limfa tomirlari bilan butun organizmga tarqalib boradi. 
Ular katta qon aylanish doirasiga tushishidan oldin darvoza vena orqali 
jigarga keladi, bu yerda ularning bir qismi ushlanib qolishi va shu bilan 
zaharsiz holga kelishi mumkin. Jigarning to’siq — «bar’yer» faoliyati ana 
shundan iborat. Zaharli moddalar jigarda shu tariqa o’zgarishlarga 
uchraydigan hamda pesticidlarning bir qismi ichakdan so’rilmay, najas 
bilan birga tashqariga chiqib ketadigan bo’lgani uchun zaharli 
moddalarning hazm yo’li orqali organizmga kirishi ularning ingalyacion — 
havo yo’li bilan o’tishiga qaraganda kamroq xavf tug’diradi. 
Pesticidlarning mahalliy, reflektor va umumiy (rezorbtiv) ta’siri 
tafovut qilinadi. 
Mahalliy ta’sir deganda pesticidlar qaysi joyga tekkan bo’lsa, ular 
organizmga so’rilib o’tmasdan turib o’sha joydagi to’qimalarning 
ta’sirlanishi natijasida ro’y byeradigan o’zgarishlar tushuniladi. Kimyoviy 
moddalarning to’qimalarni nobud qiladigan (nekrozlaydi-gan), quritib, 
bujmaytiradigan ta’siri ana shunday mahalliy ta’sir jumlasiga kiradi. 
Geksaxloran, natriy ftorid, kremniy ftorid, kal’ciy cianamid, erkin cianamid 
va boshqalar tyerini achishtirib, yallig’lantiradi va kuydiradi. Biroq, zaharli 
ximikatlar har qanday mahalliy ta’sir ko’rsatganida ham markaziy nyerv 
sistemasi orqali har xil reflektor reakciyalarni keltirib chiqaradi (nafas 
yo’llari, me’da-ichak yo’lidagi shilliq pardalar, tyeri yuzasi, tomirlar 
sistemasida receptorlar bilan ko’p ta’minlangan, ayniqsa umumiy uyqu 


461
artyeriyasining tashqi va ichki uyqu artyeriyasiga bo’linish joyidagi karotid 
koptokcha kimyoviy moddalarga juda sezgir). 
Organizmga qanday yo’l bilan bo’lmasin tushgan pesticid umumiy 
(rezorbtiv) ta’sir ko’rsatadi, ya’ni qonga so’rilib o’tganidan keyin 
organizmdagi to’qimalarga tarqalib, butun organizmga ta’sir ko’rsatadi. 
Zaharli moddalar organizmga tushgach, turli o’zgarishlarga uchraydi 
(oksidlanish, qaytarilish reakciyalari, gidroliz reakciyalari va boshqalar). 
Aksariyat zaharli kimyoviy moddalar organizmga tushganidan keyin 
bir qancha kimyoviy o’zgarishlar oqibatida turli moddalar hosil qiladi. 
Mazkur moddalar dastlabki birikmalarga nisbatan fiziologik jihatdan 
kamroq yoki ko’proq aktiv bo’lishi, ya’ni kamroq yoki ko’proq zaharli 
ta’sir ko’rsatishi mumkin. SHu boisdan ham moddalarning ta’siri har xil 
bo’lishi qayd etiladi. 
Zaharli mrddalarni organizmdan chiqib ketishi haqida so’z 
yuritilganda, ularning organizmdan o’zgarmagan holda chiqib ketishini 
emas, balki turli kimyoviy o’zgarishlarga uchragandan keyin boshqacha 
moddalar holida chiqib ketishini nazarda tutish zarur. Masalan, 
metilmyerkaptofos sul’fooksid va sul’fongacha oksi-dlanadi hamda 
preparatning 97—98 foizi shu birikmalar holida organizmdan 15 soat
mobaynida ajraladi. Oktametil organizmda 
aminooksidaza fyermenti ta’sirida fosforaminooksidazagacha oksidlanadi 
va shu holida organizmdan chiqib ketadi. Ajratish organlari parchalanib 
o’zgargan ximikatlarning organizmdan chiqishida katta rol o’ynaydi. 
Suvda eriydigan moddalar asosan buyrak orqali chiqariladi. 
Gazsimon, bug’simon va uchuvchan moddalar nafas yo’llari orqali chiqib 
ketishi mumkin. 
Bir qator pesticidlar, metall birikmalari va boshqa ba’zi moddalarning 
organizmdan tyeri orqali chiqib ketish xususiyati bor. YOg’simon 


462
moddalarda yaxshi eriydigan ba’zi moddalar, xususan xloroorganik 
moddalar: DDT, geksaxlorciklogeksan, geptaxlor, ba’zi bir fosfororganik 
moddalar qondan sut beziga o’tib, sut bilan birga ajralishi ham mumkin. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling