Mikroorganizmlarni shakllari


Download 318.75 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi318.75 Kb.
#1165726
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 laboratoriya mashg\'ulot (1)




MIKROORGANIZMLARNI SHAKLLARI

Mikrorganizmlarga bakteriyalar, zamburug’lar, aktinomitsetlar, spiroxetalar, viruslar kiradi, shakliga qarab bir necha guruhlarga: sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimonlarga bo’linadi.


Mikroblar orasida bakteriyalar tabiatda ko’p tarqalgan bo’ladi. Bakteriyalar xujayrasining tuzulishiga qarab bir necha xil shaklda bo’ladi. Bakteriyalar
xujayrasining kattaligi 0,2 mikrondan 70 - 100 mikrongacha bo’ladi. Tanasining eni esa 0,1 mikrondan 1 mikrongacha bo’ladi.
Sharsimon bakteriyalar yoki kokklar. Mikrokokklar - yakka-yakka bo’lib turadi; diplokokklar - ikkitadan bo’lib turadi; tetrakokklar - to’rttadan bo’lib turadi; streptokokklar - munchoqqa o’xshab tizilib turadi; sartsinalar - to’p-to’p bo’lib kub shaklida joylashgan bo’ladi.
Tayoqchasimon bakteriyalar: bakteriyalar - spora xosil qilmaydigan tayoqchalar; batsillalar - spora xosil qilmadigan tayoqchalar. Xar bir batsilla xujayrasida faqat bitta spora xosil bo’ladi. Aksari batsillalar spora xosil qilish paytida shaklini o’zgartirmaydi.
Bazi batsillalar spora xosil qilganda tayoqcha shakli o’zgaradi, chunki tayoqchaning spora xosil bo’lgan joui kengayadi. Agar spora tayoqchaning o’rtasida xosil bo’lsa, tayoqchaning o’rta qismi kengayib, limon yoki urchiq shakliga kiradi. Batsillalarning bunday shakli klostiridiy deyiladi.
Spora tayoqchaning bir uchida xosil bo’lsa, tayoqcha faqat shu uchidan kengayib, baraban tayoqchasining shaklini oladi. Batsillaning bunday shakli plentridiy deb ataladi.

4
Buramali bakteriyalar: vibrionlar - vergulga o’xshash bir buramali tayoqchalar; spirillalar - lotincha S xarfiga o’xshaydigan, ikki-uch buramali tayoqchalar; spiroxetalar - spiral yoki shtoporga o’xshaydigan serburamali tayoqchalar








B.




A.




  1. Download 318.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling