Mikroorganizmlarni shakllari


Download 318.75 Kb.
bet6/6
Sana04.02.2023
Hajmi318.75 Kb.
#1165726
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 laboratoriya mashg\'ulot (1)

Kapsulalarni bo’yash. Kapsulalarni Jon, Giss va Omelyanskiy usullari kabi bir necha xil usulda bo'yash mumkin, bulardan asosan Omelyanskiy usulidan ko'proq foydalaniladi.
Ba'zi bakteriya hujayralari shilimshiq kapsulalar bilan o'ralgan. Bunday kapsula bakteriyalarni qurib qolishdan va boshqa noqulay sharoitdan saqlaydi. Kapsulalar yorug'lik nurlarini aksini sindiradi va preparat maxsus usulda bo'yalgandagina yaxshi ko'rinadi. Negativ qilingan kapsulalar Omelyanskiy usulida quyidagicha bo'yaladi: buyum oynasiga yarmigacha suv qo'shib suyultirilgan Sil fuksinidan bir tomchi tomizib, tekshiriladigan bakteriyalar mikrobiologik sirtmoq bilan aralashtiriladi. 2-3 daqiqadan keyin fuksin tomchisiga suyuq tush tomchisi qo'shiladi va oynaga yaxshilab yoyiladi. Preparat havoda quritilib, mikroskopda immersion ob'ektiv bilan tekshiriladi. Ayni vaqtda buyum oynasi tush bilan bo'yalib, qora tusda ko'rinadi, bakteriyalarning hujayralari qizil bo'lib ko'rinadi, kapsulalar esa rangsiz bo'ladi.









Download 318.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling